1-Laboratoriya ishi a Neftdagi suv miqdorini Dina va Starka usuli yordamida aniqlash


b) Neft moylari tarkibidagi suvni kalsiy-gidridli usul bilan aniqlash



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#134623
1   2
1-laboratoriya ishi

b) Neft moylari tarkibidagi suvni kalsiy-gidridli usul bilan aniqlash.

Kerakli idishlar va asboblar, reaktivlar: Kalsiy gidrid (germetik yopiq idishda saqlanadi).


Sulfat kislota, zichligi 1,84 g/sm3.
Ishdan maqsad: Neft moylari tarkibidagi suv miqdorini kalsiy gidrid ishtirokida aniqlash. Bu usul neft moylari tarkibidagi suvni kalsiy gidrid bilan reaksiyaga kirishishiga asoslangan:



Gaz byuretkasida ajralib chiqayotgan vodorod miqdoriga asosan, tekshirilayotgan moy tarkibidagi suv miqdori hisoblanadi.


Namuna tarkibidagi suv miqdorini aniqlash uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan asbob yig‘iladi. Yig‘ilgan asbobni germetikligi tekshiriladi. Buning uchun 6 kran yordamida pribor atmosfera bilan ulanadi, 5 kran yordamida esa byuretka 7 kolba 1 bilan ulanadi. 8-chi asbob yordamida byuretkadagi suyuqlik satxi shkaladagi nolga keltiriladi. 6-chi kran yopiladi, pribor atmosferadan o‘chiriladi tenglashtiruvchi asbobni pastki satxigacha tushiriladi va shu xolatda 10 minut ushlab turiladi. Bunda byuretkadagi suyuqlik pasga tushishi va aniq bir satxni ko‘rsatishi kerak. Ana shunda yig‘ilgan asbobni germetikligiga ishonch hosil qilinadi.
Ish bajarish usuli. Tekshiriladigan moy namunasi havoda 2 saot qoldiriladi, so‘ngra yaxshilab aralashtarilgan holda 1 kolbani shlifigacha quyiladi va moyli kolba 0,1 g aniqlikda tortiladi. Moyli kolba va kolbani og‘irliklari ayirmasi asosida moyning og‘irligi topiladi, Harorat va barometr bosimi o‘lchanadi. Retorta 2 ga taxmivan 1 g kalsiy gidrat solinadi va 3 qopqoqqa ulanadi. Rezina trubka yordamida kolbaning qopqog‘i asbobning boshqa qismi bilan biriktiriladi.
Asbobni germetikligi ikkinchi bor tekshirilgandan so‘ng byuretkadagi suv satxi nol qiymatga keltiriladi va pribor atmosferadan o‘chiriladi. So‘ngra 2 shlifli retortani 180o ga buriladi va tekshirilayotgan moyga kalsiy gidrid solinadi. Reaksiya vatijasida ajralayotgan vodorod byuretkaga yig‘iladi. Bunda tenglashtiruvchi idish asta-sekin pastga tushiriladi. 5 minutdan so‘ng kolbani extiyotlik bilan chayqatiladi va byuretkadagi suv satxi yozib olinadi, tenglashtiruvchi idishdagi suyuqlik satxi o‘zgarmasligi kerak. Ajralib chiqayotgan vodorod xajmi o‘zgarmas qiymatga kelguncha kolbani silkitish jarayonini bir-necha marta takrorlanadi.
Tekshirilayotgan moy namunasidagi suv miqdori formula yordamida hisoblanadi:



bu yerda: x-namunadagi suv miqdori, % og‘irlik


Vt- t haroratda byuretkadagi ajralib chiqayotgan vodorod xajmi, ml
0,000804–normal sharoitda ajralayotgan vodorodni 1 ml ekvivalent bo‘lgan suv miqdori;
G-tekshirilayotgan moy namunasi, g;
r-barometrik bosim, mm.sim.ust;
b-tajriba haroratdagi suv bug‘lari bosimi, mm.sim.ust.
t-tajriba harorati, oS
NAZORAT SAVOLLARI.

1.Neftni texlologik klassifikatsiyasi.


2.Neft va neft mahsulotlari tarkibidagi suvni ajratish usullari.
3.Neftni qazib olgandan so‘ng nima uchun stabillash kerak?
4.Diva va Starka usuli bilan suv miqdorini aniqlash.
5.Neft qanday paydo bo‘ladi?
6.Neft paydo bo‘lishi haqida organik va anorganik gipotezalar.
7 Neftni qazib olinish usullari.
8.Neftni ilmiy klassifikatsiyasi.





Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə