1-Лаборатория иши


Oksidli va gidroksidli minerallar



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Oksidli va gidroksidli minerallar 
Minerallarni aniqlashda mis sim, shisha bo„lagi, temir sim, xlorid 
kislotasidan foydalaniladi. 
Oksidli minerallar. Oksidlarga anionlari - kisloroddan tuzilgan 
minerallar kiradi. Gidroksidlarda esa anion o„rnini gidroksid (OH) guruh 
egallaydi. Gidroksidlar, odatda oksidlar suv bilan o„zaro reaksiyaga kirishi 
natijasida hosil bo„ladi. Ularning qattiqligi juda past, ammo ular Yer 
qobig„ining tuzilishida muhim o„rin tutadi.
Kvars
- SiO
2
. U eng ko„p uchraydigan mineral bo„lib, u Yer qobig„i 
massasining deyarli 12% ini tashkil etadi. 
Kristallari odatda cho„ziq prizma shaklida bo„ladi. Singoniyasi 
geksagonaldir. Agregatlari donador zichlangan va jo„ra kristallardan 
iborat, ba‟zan ayrim kristallari juda katta bo„lib o„sadi.
Kvarsning yashirin kristallari turi xalsedon ko„pincha po„st, 
buyraksimon oqiq, yoki sferolit, ko„proq kremen deb ataladigan 
konkretsiyalar tarzida uchraydi. Xalsedon agregatlarining turli rangdagi 
yo„l-yo„l konsentrik zonal turi agat deb yuritiladi.
Bunday tuzilish turli rangli xalsedon, ba‟zan kvarsdan iborat 
qatlamlarning navbatma-navbat joylanishidan vujudga keladi. Kvarsning 
rangi xilma-xildir. Uning navlari ham ko„p. Masalan, ravshan kristalli tiniq 
kvarsni tog„ xrustali, binafshasini tog„ xrustali ametist; rangi tutunsimon 


29 
shaffof xilini rauxtopaz, qorasini marion va tillarang sarg„ishini sitrin deb 
yuritiladi
Xalsedon ham xilma-xil tuslarda bo„ladi. Agatlar yoki onikslar tabiatda 
konsentrik zonal, yoki bir tekis, parallel juda yupqa xalsedon 
qatlamlaridan tuzilgan bo„lib, har xil tus va ranglarda uchraydi. 
Kvars shishadek yaltiraydi, xalsedon esa mum kabi, goho xira 
tovlanadi, qattiqligi 7, solishtirma og„irligi 2,65 g/sm
3
. Ulanish tekisligi 
yo„q. 
Kvars kristallari pyezoelektrlanish xususiyatiga ega, ya‟ni mexanik 
kuchlar ta‟sirida elektr zaryadlari hosil bo„ladi. Erish harorati 1713°C. 
Kvars va xalsedon zeb-ziynat buyumlari, tilla asboblar uchun aniq 
mexanikada, radiotexnikada, kislotaga va o„tga chidamli idishlar, kvars 
lampalari yasashda, oyna sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi. 
Kremnezyomning suvli oksididan iborat bo„lgan amorf modda opal - 
SiO

· nH
2
O deb aytiladi. Ohaktosh, bo„r va boshqa cho„kindi jinslarning 
ichida dumaloq holda uchraydigan kir (gil va opal aralashgan) xalsedonli 
jins kremen (chaqmoq tosh) deb ataladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə