1-Лаборатория иши



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/92
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#132214
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Geologiya gidrogeologiya va razvetka

Korund

A1
2
O
3
.
Korund sof alyuminiy oksidi, ya‟ni suvsiz 
giltuproqdir. Kristallari bo„chkasimon, ustunsimon piramidal va plastinka 
shaklida uchraydi. Rangi ko„proq ko„kish va sargish-kulrang bo„lib, xilma-
xil rangli shaffof kristallari ham bo„ladi. Qimmatbaho shaffoflari: 
leykosapfir - rangsiz, rubin - qizil, sapfir- ko„k, yoqut - qizil, sharq ametisti 
- binafsha, sharq zumradi - yashil. Ulanish tekisligi yo„q, shishasimon 
yaltiraydi. Mayda xillari najdak deb yuritiladi. Qattiqliligi - 9, solishtirma 
og„irligi 3,95-4,10 g/sm
3
. Ba‟zan magmatik jinslarda va pegmatitlarda, 
asosiy qismi esa ohaktoshlarda va gilli tog„ jinslarida metamorfizm 
natijasida hosil bo„ladi. 
Sanoatda va xalq xo„jaligida abraziv material sifatida ishlatiladi. 
Sapfirlar va rubinlar qimmatbaho toshlardir. 
Limonit - Fe
2
O
3
.nH
2
O
(qo„ng„ir temirtosh). Ko„pincha buyraksimon, 
yoki stalaktit (sumalak) shakllarida, yoki zich, yaxlit, g„ovak shlaksimon, 
kukunsimon massalar tarzida uchraydi. Rangi qo„ng„irdan qoragacha. 
Kukunsimon limonit yoki limonit oxrasi ancha ochsarg„ish, qo„ng„ir rangli 
bo„ladi. Chizig„i och qo„ng„ir yoki sariq qo„ng„ir.
Buyraksimon limonit smolasimon qora rangda yaltiraydi. Qattiqligi 1 
dan 4 gacha, solishtirma og„irligi 3,3 dan 4 gacha g/sm
3
. Muhim temir 
ma‟dani. 


32 
Nazorat savollari: 
1 Oksidlarga nimalar kiradi? 
2. Oksidli minerallarni ta‟riflab bering. 
3. Gidrooksidlarga nimalar kiradi? 
4. Gematit so„zi nima ma‟noni anglatadi? 
5. Gidrooksidli minerallarni ta‟riflab bering. 
4-amaliy mashg‘ulot 
Galoid, sulfat va fosfor minerallari 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə