1. Mahsulot va uning sifati haqida umumiy tushunchalar


Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi



Yüklə 55,03 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü55,03 Kb.
#157588
1   2
sifat

Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo‘linadi:

  • 1. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot; 2. 0 ‘z resursini sarflaydigan mahsulot. 1 - turkum mahsulotlari vazifasi bo‘yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi: (xomashyo, materiallar, yarimfabrikatlar), yoqilg‘ining yonishi, oziq - ovqat mahsulotlarining o‘zlashtirilishi, ayrim vaqtda qaytariluvchi jarayon ham bo‘lishi mumkin (masalan, erituvchilarni rekuperatsiya va regeneratsiyasi). Vazifasi bo‘yicha 2 - turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma’naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi

Mahsulot sifatining ko‘rsatkichlari nomenklaturasining tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:

  • • Mahsulotning ishlatilishidagi sharoitlarni va vazifasini; • Iste’molchilar talablarining tahlilini; • Mahsulot sifatini tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini; • Sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan asosiy talablarni. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin: 1. Texnikaviy; 2.Tashkiliy; 3.Iqtisodiy; 4.Ijtimoiy

Mahsulotning sifatini baholash

  • Mahsulot sifatining darajasini baholashda turli usullardan foydalaniladi: differensial, kompleks, aralashgan va statistik usullar. Differensial usul deb, mahsulotning birgina ko‘rsatkichidan foydalanishga asoslangan mahsulot sifatining baholash usuliga aytiladi. Differensial usul baholanuvchi mahsulot sifatining ko‘rsatkichiga asos bo‘luvchi ko‘rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo‘luvchi qiymat asos bo‘luvchi qiymatga nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko‘rsatkichga uning ishlash muddatining yaxshilanishi natijasida erishilgan.
  • Mahsulot sifatining kompleks ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishiga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli - kompleks usul deb ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashtirilgan sifat ko‘rsatkichi - bu ularning yillik unumdorligi tushuniladi. Aralashgan usul - bu bir vaqtning ichida ham birgina ko‘rsatkichidan, ham kompleks ko‘rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi. Statistik usul bilan mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi.
  • Mahsulot sifatini boshqarish o‘zida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi: • Oldindan aytib berish va rejalashtirish; • Ishlarni tashkil qilish; • 0 ‘zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish; • Faol harakatga keltirish va rag‘batlantirish; • Nazorat, hisob - kitob va tahlil qilish.
  • Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko rsatkichi deyiladi. Sifat ko‘rsatkichlarini tanlash - mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir
  • Sifat ko‘rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: • Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi; • Iste’molchi talablarining tahlili; • Mahsulot sifatini boshqarish masalalari; • Tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi; • Sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘yilgan asosiy talablar
  • Xalqaro amaliyotda bunday holatlar ko‘p uchrab turdi va shuning uchun Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) 176- komiteti 1987 yili VS 5750 asosidagi qator standartlarni nashr qildi, bu ISO 9000 standartlarining bazaviy seriyasi edi. 1987 yildan boshlab 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish davom etdi. Yangi 9000 seriyali ISO standartlarini ishlab chiqish bilan bir qatorda, 1987 yil qabul qilingan asos bo‘luvchi standartlarni qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi. Qayta ko‘rib chiqish ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchisi 1994 y. va ikkinchisi 2000 yilda. ISO 9000:2000 seriyali ISO standartlarining uchinchi tahriri quyidagi standartlardan iborat: ISO 9000:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at; ISO 9001:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Talablar; ISO 9004:2000 - Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiflar.
  • ISO 19011:2002 standartida auditorlar uchun tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar keltirilgan. Auditorlar rahbarlik uchun qabul qiladigan tamoyillar: 1) 0 ‘zini madaniyatli tutish 2) Vijdonan, xolisona bayon qilish 3) Har bir xodimyoki jarayongayetarli e ’tibor 4) Ijobiy yondashuv Tekshirish jarayoniga taalluqli tamoyillar: 1) Mustaqillik - audit xolisligi va audit natijalari bo ‘yicha xulosalar obyektiv asosga ega ekanligi. Audit natijalari obyektivligini ta’minlash uchun auditorlar o‘zlari tekshirayotgan faoliyatdan mustaqil bo‘lishlari kerak. 2) Isbotlarga asoslangan yondoshuv - audit natijalari bo ‘yicha ishonchli xulosalarni olishning ratsional usuli.

Yüklə 55,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə