1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsad



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix28.11.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#138439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uz

MEN NIMA QILA OLAMAN?
Bosib chiqarmang. 
Internetda biror qiziq ma’lumot ko‘rib, uni eslab 
qolmoqchimisiz? Yon daftaringizga yozib oling yoki, 
yaxshisi, raqamli belgi qo‘ying, qog‘ozni tejang. 
Chiroqni o‘chiring. 
Televizor yoki kompyuter ekrani yaxshi yoritiladi
shuning uchun, agar zarur bo‘lmasa, boshqa yoritish 
vositalarini o‘chirib qo‘ying.
Avtomashinangizni vaqtida tekshirib turing. 
Yaxshi parvarish qilinadigan avtomobil havoga 
zaharli gazlarni kamroq chiqaradi.
Inson faoliyati tufayli iqlimning o‘zgarishi bizning 
turmush tarzimizni hamda sayyoramiz kelajagini xavf 
ostiga qo‘yadi. Iqlim o‘zgarishi muammosini hal etib
biz har birimiz uchun barqaror dunyo qura olamiz. 
Biroq hozirdan harakat qilish lozim.
Agar hech qanday chora ko‘rilmasa, nima sodir bo‘ladi?
Agar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashilmasa, 
so‘nggi yillarda taraqqiyot sohasida erishilgan ko‘pgina 
yutuqlardan mahrum bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan 
tashqari, hozir kuzatayotganimizdek, iqlim o‘zgarishi 
oziq-ovqat hamda suv tanqisligi kabi mavjud xavf-
xatarlarni kuchaytirishi va bu holat mojaroga olib 
kelishi mumkin.
Harakatsizlik natijada bizga ko‘proq ish o‘rinlari 
yaratish, farovonlik darajasini oshirish, odamlarning 
hayotini yaxshilash, issiqxona gazlarining chiqarilishini 
qisqartirish va iqlim o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatishni 
ta’minlash imkonini beradigan tezkor chora ko‘rishga 
nisbatan ancha qimmatga tushadi.
Agar imkoniyati yagona bo‘lgan usulni qo‘llash 
ta’minlanmasa,
atmosferada issiqxona gazlari 
to‘planishining hozirgi darajasini hamda bunday 
gazlarning chiqarilishi davom etishini hisobga 
olganda, ehtimol, asrimiz oxiriga kelib sayyoramizdagi 
havo haroratining ko‘tarilishi 1850-1900 yillarda qayd 
etilgan, Selsiy bo‘yicha 1,5 gradusga teng belgidan 
oshib ketadi.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə