1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsad


foizini , hajmi  bo‘yicha sayyoramizning umumiy maydonining 99  foizini tashkil qiladi. Uch milliarddan ziyod kishining



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix28.11.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#138439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uz

97 foizini
, hajmi 
bo‘yicha sayyoramizning umumiy maydonining 99 
foizini tashkil qiladi.
Uch milliarddan ziyod kishining 
hayot tarzi dengiz 
hamda qirg‘oq bo‘yi hududlarining biologik xilma-
xilligiga bog‘liq.
Global miqyosda dengiz va qirg‘oq bo‘yi zaxiralari 
hamda sanoat tarmoqlarining bozor narxi yiliga 3 
trillion AQSh dollariga baholanmoqda yoki dunyo 
YaIMning deyarli 5 foiziga teng.
Okeanlarda 
200 000 ga yaqin identifikatsiyalangan 
tur mavjud,
biroq haqikiqiy raqam milliondan oshishi 
mumkin.
NIMA UCHUN BU MUHIM?


MAQSADNING MOHIYATI 
NIMADAN IBORAT?
O‘rmonlardan oqilona foydalanish
cho‘llashishga qarshi kurashish, yer 
tanazzuli holatlariga chek qo‘yish va 
yer unumdorligini qayta tiklash hamda 
biologik xilma-xillikning yo‘qolib 
ketish xavfini bartaraf etish.
36
Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon 
daryolari bo‘yidagi o‘rmonlarda 
istiqomat qiluvchi Buxoro bug‘usi 
(Xongul)
Fotosurat: BMTTD O‘zbekiston


37
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Yovvoyi tabiatga hurmat bilan munosabatda bo‘lish 
hamda uning tabiiy mavjudligiga putur yetkazmaslik 
uchun ekoturizmning yovvoyi tabiatga hurmat va 
axloqiy munosabatlarga asoslangan imkoniyatlaridan 
foydalanish lozim.
Aql bilan boshqariladigan, qo‘riqlanadigan hududlar 
ekotizimlarning sog‘lomligini qo‘llab-quvvatlashga 
ko‘maklashadi, bu esa, o‘z navbatida, insonlarning 
salomatligini saqlash uchun muhim.
O‘z-o‘zidan, bunday qo‘riqlanadigan hududlarni 
rivojlantirish va ularni boshqarishda mahalliy 
hamjamiyatlarning ishtirokini ta’minlash o‘ta muhimdir.
Sayyoramiz quruqligining taxminan 31 foizi 
o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlar bizni muhim 
hayotiy zaxiralar – havodan tortib ichimlik suvi va oziq-
ovqat mahsulotlarigacha – bilan ta’minlaydi.
Nochorlik chegarasi ortida yashayotgan Yer 
aholisining deyarli 75 foizi yerlar tanazzulining 
ta’sirini bevosita his qilmoqda. Biologik xilma-xillik va 
unga bog‘liq ekotizim xizmatlari, shuningdek, iqlim 
o‘zgarishiga moslashish hamda falokatlar xavfini 
kamaytirish bo‘yicha strategiyalarning asosi bo‘lishi 
mumkin, zero ular insonlarning iqlim o‘zgarishi 
oldidagi zaifligini kamaytirishga qaratilgan ustunliklar 
yaratishga imkon beradi.
O‘rmonlar va boshqa tabiiy zonalar hordiq va 
ruhiy xotirjamlik uchun ham muhim. Ko‘pchilik 
madaniyatlarda tabiiy manzaralar ma’naviy qadriyatlar, 
din va an’anaviy ta’limot bilan chambarchas bog‘liq.
O‘rmonlar
1,6 milliardga yaqin kishi, jumladan ikki mingdan 
ziyod tub xalqlar, o‘rmon hisobiga kun ko‘radi.
Yer usti jonzotlari, o‘simlik va hasharotlarining 80 
foizi o‘rmonlarda yashaydi.
Cho‘llashish
2,6 milliard kishi bevosita qishloq xo‘jaligi bilan 
bog‘liq, biroq bunda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 
yerlarning 52 foizi tanazzuldan qisman yoki kuchli 
jabrlangan.
Qurg‘oqchilik va cho‘llashish oqibatida har yili 20 
million tonna don yetishtirish mumkin bo‘lgan 12 million 
gektar yer (har bir daqiqada 23 gektar) yo‘qotiladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə