|
1-maqsad. O‘ta qashshoqlikka barham berish 2-maqsadYoshlar munosib ishga o‘tish imkoniyatiga ega17 Целей устойчивого развития Преобразование нашего мира uzYoshlar munosib ishga o‘tish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari uchun
eng yuqori sifatli ta‘lim va kasbiy
tayyorgarlikka sarmoya kiritish zarur, zero sifatli
ta’lim va kasbiy tayyorgarlik yoshlarga mehnat bozori
talablariga mos ko‘nikmalarni egallash, shartnoma
turidan qat’i nazar, ijtimoiy himoya va asosiy
xizmatlardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishga
yordam beradi. Bundan tashqari, teng imkoniyatlar
yaratiladiki, natijada yoshlar jinsi, daromadi darajasi
yoki ijtimoiy-iqtisodiy maqomiga qaramasdan, o‘zlariga
muvofiq mahsuldor ish topa oladilar.
Hukumatlar
yoshlar bandligi hamda ayollarning
iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish,
shuningdek, barcha kishilarni munosib ish bilan
ta’minlashni rag‘batlantirish orqali dinamik, barqaror,
innovatsion va insonlar manfaatlarini ko‘zlaydigan
iqtisodiyot yaratish bo‘yicha ish olib borishlari mumkin.
Mahalliy hokimiyat va jamoalar jamiyatning
birdamligi va har bir kishining shaxsiy xavfsizligiga
ko‘maklashish, shuningdek innovatsiyalar va bandlikni
rag‘batlantirish uchun konsepsiyalarini yangilashlari va
o‘zshaharlari tuzilishini optimallashtirishlari mumkin.
Yangi ish o‘rinlari yaratishdan tashqari, mehnat
bilan band bo‘lgan, lekin o‘zlari va oilalarining
qashshoqlik changalidan qutilishi uchun yetarli
mablag‘ topmayotgan 780 million ayol va erkakning ish
sharoitlarini yaxshilash zarur.
Shu bilan birga, ishga joylashishda ayollar va qizlar
uchun erkaklar va o‘g‘il bolalar bilan teng imkoniyatlar
yaratish lozim.
2016 yildan 2030 yilgacha dunyo mehnat bozorining
yangi ishtirokchilari uchun
470 million
ish o‘rni yaratish
lozim bo‘ladi.
Dunyoda ishsizlar soni
2007 yildagi 170 milliondan
2012 yilda 202 millionga yetdi,
bunda 75 million kishini
yosh ayol va erkaklar tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|