Sifatli ta’lim: islohatlar, muammolar, yechimlar va istiqbollar



Yüklə 22,74 Kb.
tarix04.09.2023
ölçüsü22,74 Kb.
#121285
rjyathtywbz ,f`yyjvfcb


Toshkent amaliy fanlar universiteti
Informatika kafedrasi

Sifatli ta’lim: islohatlar, muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida o’tkazilgan Respublika ilmiy -amaliy konferensiya bayonnomasi .




28.04.2023 yil Toshkent shahri




Moderator :N.M.Alieva

Qatnashdilar:


Kun tartibi:

Eshitildi: Informatika kafedrasi katta o’qituvchisi Aliyev N.M.:
Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, universitetimiz professor-o’qituvchilari va talabalari! Toshkent amaliy fanlar universiteti Informatika kafedrasi tomonida o’tkazilayotgan “Sifatli ta’lim: islohatlar, muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga xush kelibsiz!
Hammamizga ma’lumki, 2023 yil O’zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilingan. O’zbekistorn Respublikasi Prezidentining 28.02.2023 yildagi Farmoni bilan esa 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Dasturi O’zbekiston Respulkasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasida keltirilgan so’zlari asosida yaratildi.
Murojaatnomada oly ta’lim sohasida qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlarga ham e’tibor qaratildi. Xususan, so’ngi yillarda mamlakatimizdagi oliygohlar soni 2,5 barobarga (ularning umumiy soni 198 taga yetdi), qamrov darajasi esa 4 barobardan ziyodga ortgani ta’kidlandi (9 foizdan 38 foizgacha). Bugungi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada Sifatli ta’lim: islohatlar, muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusida o’z fikr va mulohazalarimiz bilan o’rtoqlashamiz. Marhamat!
Moderator so’z navbatini Toshkent amaliy fanlar universiteti ilmiy kengash kotibi f.f.d., prof. Qayumov O.S. ga berdi.
Qayumov O.S.:
Toshkent amaliy fanlar universitetining Informatika kafedrasi tomonida o’tkazilayotgan “Sifatli ta’lim: islohatlar, muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyani ochiq deb e’lon qilaman.
Moderator dastur asosida ma’ruzachilarni e’lon qilib bordi.
Pedagogik innovatsiyalar instituti “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, PhD Qodirova Gulnora Xasanovna Zoom orqali “Ijobiy ta’lim muhitini tashkil etish” mavzusida doklad qildi:
Hozirgi globallashuv davrida axborotlar oqimi ko‘lami kengaygan. Bu esa ta’lim oluvchilar bilan faoliyat olib borishda bir qator murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Ta’lim oluvchini o‘rab turgan olamda turli yo‘nalishdagi shaxsning rivojlanishiga salbiy va ijobiy ta’sir ela olishi mumkin bo‘lgan axborot oqimlari mavjud. Bugungi kundagi ta’lim beruvchining asosiy kasbiy kompetenligi safiga turli axborot oqimlari qurshovidagi ta’lim oluvchini ta’lim muhitiga olib kira olish va shu muhitda faolligini ta’minlash komponentini kirita olamiz. Bu esa o‘z navbatida ta’lim beruvchilar oldiga ta’lim jarayonida ijobiy muhitni tashkil etish muammosini yuzaga keltiradi.
Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri pedagogika fanlar doktori Axmedova Malohat Ergashevna “Sifatli ta’lim pedagogik muammolar va yechimlar” mavzusida doklad qildi:

Guliston davlat Instituti Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Xoliqov Umidjon Kuchqarovich “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining shaxmat o’rgatish jarayonida mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik ahamiyati“ mavzusida doklad qildi:


Boshlang’ich sinf o’quvchilarni ijtimoiy taraqqiyotga mos holda tarbiyalash, ularning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zamon talablari darajasida shakllantirish borasida bir qancha olimlar o’z tadqiqot ishlarida ilmiy asoslangan fikrlarini bayon qilishgan.
-shaxmat o’yinlari asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarning mantiqiy fikrlash, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda milliy metodologik, tarixiy va mantiqiy ilmlarga tayanish;
-boshlang’ich sinf o’quvchilarda shaxmat o’yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda nisbatan yangicha yondashishni qaror toptirish;
Shaxmat bilan muntazam shug’ullanayotgan o’quvchilarda mardlik, qat’iyat, o’z-o’zini nazorat qilish, umumiy faollik, vijdonlilik singari shaxsiy sifatlarining takomillashishiga yordam beradi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti Tillar kafedrasi mudiri pedagigika fanlari nomzodi, dotsenti, Norboyeva Feruza Raxmatullayevna “Nofioligik ta’lim yo’nalishida xorijiy tillarni o’qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligimavzusida doklad qildi:


Toshkent amaliy fanlar universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri psixologiya fanlar nomzodi, dotsent To’ychiyeva Saodat Melikuziyevna “Эффективность учебного процесса и диагностика психологической устойчивости к учебному процессу” mavzusida doklad qildi:


Психологическая устойчивость — это «качество личности, отдельными аспектами которого являются стойкость, уравновешенность, сопротивляемость. Оно позволяет личности противостоять жизненным трудностям, неблагоприятному давлению обстоятельств, сохранять здоровье и работоспособность в различных испытаниях». Ученые описали три аспекта психологической устойчивости: стойкость, стабильность; соразмерность, уравновешенность; сопротивляемость (резистентность).
Необходимо отметить то, что качество образования зависит от того, насколько педагог психологически раскрепощается, работает по устранению профессиональных нарушений. Огромную роль в этом плане играет курсы повышения квалификации, психологический настрой, психологические тренинги, аутотренинги, упражнения и чтение новой литературы. Кроме того устранение может происходить очень медленно и незаметно для самого педагога. В этих случаях коллектив должен повлиять на педагога не затрагивая его личность, жизненный опыт и компетентность.
Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi, v. b. dotsent Kucharova Inobat Sharafovna “Respublikamizda sifatli ta’limni joriy etishda innovatsion texnologiyalarning roli” ” mavzusida doklad qildi:
Ma`lumki, respublikamizda yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs sifatida shakillanishi va yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirilishi borasida O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirilishi asos bo`ldi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilinishi va turli hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ning ish boshlashi yuqorida ta`kidlangan fikrimizning yaqqol dalilidir.

Toshkent Davlat Yuridik universiteti PhD, dotsent Yunusova Minavvarxon Sabirovna Zoom orqali “Elektron resurslar o'quv vositasi sifatida qo'llanish usullari” mavzusida doklad qildi:


Toshkent amaliy fanlar universiteti, "Kompyuter injiniringi" kafedrasi o’qituvchisi To'rayev Yunusbek Shavkatovich Zoom orqali “ISSUE OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION AND TRANSPARENCY IN THE TEACHING OF PHYSICS IN HIGHER AND SECONDARY EDUCATION SYSTEMS” mavzusida doklad qildi:
Darsliklar bilan bog’liq kamchiliklar:
Darsliklardagi mavzularning mantiqiy ketma-ketligi
Fizikadagi mavzularning matematika bilan bog’liqligi
Umumiy va maxsuslashtirilgan sinflar uchun fizika darsliklari
Maxsus maktablar va prezident maktablari uchun darsliklar
Baholash sistemasi:
O’rta umum ta’lim maktablaridagi baholash sistemasi
Kollej va litseylardagi baholash sistemasi
Joyga, o’qituvchining shaxsiyatiga bog’liq jihatlar
O’rta ta’lim sistemasidagi barcha o’quvchilar fizikadan egallashi kerak bo’lgan minimum bilimlar
Virtual laboratoriyalar va mobil ilovalar yaratish:
Mavjud offline o’qishga moslashgan laboratoriyalar
Virtual laboratoriyalar va ulardan foydalanish
Mobil ilova yaratish va undan foydalanish
Toshkent amaliy fanlar universiteti MT2201U02 guruh talabasi G'ayratova Lobar O'ktamovna “Google Sites ilovasi yordamida web sayt yaratish” mavzusida doklad qildi:
Google Drive fayllarni Internetda va qattiq diskda saqlash va ularga istalgan joydan kirish imkonini beradi. Internetda, kompyuterda yoki mobil telefon orqali faylga kiritilgan o'zgarishlar Google Drive o'rnatilgan barcha qurilmalarda aks etadi. Google Sites - bu veb sahifa yaratish platformasi bo’lib, turli ko’rinishdagi web saytlaryaratish davomida saytga turli matn hujjatlarini, taqdimotlarni, hattoki testlarni ham joylash mumkin.
Yüklə 22,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə