1. Marjinalizm metodologiyasi. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi


Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi



Yüklə 65,08 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü65,08 Kb.
#156823
1   2   3
1 Marjinalizm metodologiyasi Marjinalizmning vujudga kelishi fayllar

Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi.


Shu davrdagi AqSh dagi talimotlar togrisida fikr yuritmadi, chunki bunday goyalar faqat X1X asr oxirida vujudga keldi.
XIX asrning oxirlari (so‘nggi 35 yili)da AqSh monopolistik rivojlanish bosqichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko‘payib bordi, (masalan, 1% monopoliyalar qo‘lida 60 % boylik to‘plandi).
Iqtisodiyotda ularning tanho hukmronligi kuchayib bordi. Kolumbiya dorilfununining professori Jon Beyts Klark (1847-1938) boshchiligidagi yetakchi iqtisodchilar guruhi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavqeini egalladi, mana shu guruh siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu davrdan AqSh iqtisodichilarining tadqiqotlari jahon bo‘yicha yetakchidir (Nobel mukofotlari sovrindoriga e’tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik falsafasi» (1886), «Boylikning taqsimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» (1907) asarlari o‘ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o‘ynaydi. Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o‘ziga qurol qilib oldi. J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo‘ldi. U mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi.
Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga ustunligini ko‘rsatish masalari yetakchidir.
Klark iqtisodiyotda ma’naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab, Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo‘shiladi. U ishlab chiqarish munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo‘lib o‘zining qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan va ishlab chiqarishning har bir omiliga o‘zi yaratgan boylik yig‘indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan boshqariladi, deb isbotlashga urindi.
J.Klark avvalgi iqtisodiy ta’limotlarni metodologik va nazariy jihatdan yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o‘xshatib siyosiy iqtisodni uch bo‘limga:
1) universal iqtisodiyotga,
2) iqtisodiy statikaga va
3) iqtisodiy dinamikaga bo‘ldi.
Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik (harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar amal qilishini ko‘rsatadi.
Siyosiy iqtisodni bunday bo‘limlarga bo‘lish, iqtisodiy fan vazifalariga yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan holi qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‘nalishga e’tibor bering).
Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo‘tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi. Iqtisodiy dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo‘ldi, chunki u iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz’iy hodisa deb hisoblaydi.
J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‘l qo‘ygan kamchiliklardan qat’iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta ahamiyatga egadir.
Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar tajribasida qo‘llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‘zgacha, ya’ni makroiqtisodiyotni o‘rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik» nazariyasida qo‘llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika maktabining yuksak ilmiy ahamiyatini belgilaydi.
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo‘llash yuksak darajagi ko‘tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida rivojlangan.
Neoliberal yo‘nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o‘sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o‘rniga (1970) kelgan bu yo‘nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi.
Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob 1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor ommaviy ishsizlik va inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi)ni ko‘rish mumkin. Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g‘oyalar o‘rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta’siri) aralash g‘oyalar kuzatilmoqda.

Yüklə 65,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə