1. Marjinalizm metodologiyasi. Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi


Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi



Yüklə 65,08 Kb.
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü65,08 Kb.
#156823
1   2   3
1 Marjinalizm metodologiyasi Marjinalizmning vujudga kelishi fayllar

Marjinalizm iqtisodiy ta’limotining shakllanishi, umumiy ta’rifi
XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishi (evolyutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning so’nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo’ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro’y berdi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o’zgarish yuz berib aynan shu davrda Evropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta’limot fanda «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o’z mavqeini saqlab turdi.
Marjinalizm frantsuzcha «marginal» so’zidan olingan bo’lib «eng yuqori», (chegaraviy) degan ma’nonibildiradi.
Bu boradagi o’zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish»nomli ma’ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag’ishlangan fundamental asar bo’lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari»nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik»nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi.
1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to’liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo’nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va frantsuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo’lib o’rganish maqsadga muofiqdir.
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o’z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g’oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu inson psixalogik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o’rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta’limotlardagi «sub’ektiv yo’nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to’g’ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko’pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta’limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug’lari sub’ektiv-psixologik yo’nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g’oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya’ni neoklassik iqtisodiy ta’limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo’shdilar. Marjinal iqtisodiy g’oyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin.
Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o’zlarining sub’ektiv oqimlarida asosiy e’tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o’rnini o’rganishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo’ydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda o’rganib ancha mukammal ta’limot yaratdilar.
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari sub’ektiv yo’nalish vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo’llab ularning g’oyalarini ma’lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq sub’ektiv maktab qo’llagan iste’mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O’z navbatida marjinalistlarning neoklassik yo’nalishi funktsional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish va iste’molni yaxlit holda o’rganib meyoriy iqtisodiy o’lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar.
Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funktsional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari «erkin» raqobat yordamidagi iqtisodiy o’sishni haligacha avtomatik avishda qo’llab kelinmoqda degan fikrga keldilar.
To’rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta’limotlar tarixida alohida o’rin egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funktsional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.


Yüklə 65,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə