Universiteti



Yüklə 84,24 Kb.
səhifə1/14
tarix08.06.2022
ölçüsü84,24 Kb.
#89109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
maruzalar-matni


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


BERDAX NOMIDAGI QARAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI


«Algebra va differentsial tenglamalar» kafedrasi


«Matematika tarixi va matematika o`qitish metodikasi» fanidan
MA`RUZALAR MATNI
Matematika mutaxassisligi uchun


Tuzuvchilar: Allambergenov X.S Nurjanov O.D


NUKUS – 2008

1-ma`ruza. Matematika o`qitish metodikasi uquv fani sifatida.


REJA:
  1. M.O`.M. ning predmeti, mazmuni, maksadi va vazifalari.


  2. Matematika o`qitish metodikasining rivojlanish tarixi.

Matematika suzi kadimgi grekcha - mathema suzidan olingan bulib, uning maonosi «fanlarni bilish» demakdir. Matematika fanining urganadigan narsasi (oboekti) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi mikdoriy munosabatlardan iboratdir.
Xozirgi davrda matematika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi: 1)elementar matematika;
2) oliy matematika.
Elementar matematika xam mustakil mazmunga ega bulgan fan bulib, u oliy matematikaning turli tarmoklaridan, yaoni nazariy arifmetikadan sonlar nazariyasidan, oliy algebradan, matematik analizdan va geometriyaning mantikiy kursidan olingan elementar matematika asosiga kurilgandir.
Oliy matematika fani real olamning fazoviy formalari va ular orasidagi mikdoriy munosabatlarning tula xamda chukur aks ettiruvchi matematik konuniyatlarni topish bilan shugullanadi.
Elementar matematika fani maktab matematika kursining asosini tashkil kiladi. Maktab matematika kursining maksadi ukuvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda matematik bilimlar sistemasini maolum usullar (metodika) orkali ukuvchilarga etkaziladi, (metodika suzi grekcha suz bulib «yul» degan maononi beradi).
Urta umum taolim maktablarida matematika ukitishining maksadi kuyidagi 3 omil bilan belgilanadi:

  1. Matematika ukitishning umum taolimiy maksadi;

  2. Matematika ukitishning tarbiyaviy maksadi;

  3. Matematika ukitishning amaliy maksadi.

Matematika ukitishning umum taolimiy maksadi uz oldiga kuyidagi vazifalarni kuyadi.
A). Ukuvchilarga maolum bir dastur asosida matematik bilimlar sistemasini berish. Bu bilimlar sistemasi fan sifatidagi matematika tugrisida ukuvchilarga etarli darajada maolumot berishi, matematika fanining yukori bulimlarini urganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashkari, programma asosida ukuvchilar ukish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga urganishlari, yaoni isbotlash va nazorat kilishning asosiy metodlarining egallashlari kerak.
B).Ukuvchilarning ogzaki va ezma matematik bilimlarini tarkib toptirish. Matematikaning urganish ukuvchilarning uz ona tillarida xatosiz suzlash uz fikrini anik,ravshan va lunda kilib baen eta bilish malakalarini uzlashtirishlariga erdam berish kerak.
V). Ukuvchilarning matematik konuniyatlar asosida real xakikatlarni bilishga urgatish. Bu erda ukuvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda xodisalardan tortib to murakkab xodisalargacha xammasining fazoviy formalari va ular orasidagi mikdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan xajmda bilimlar berish kuzda tutiladi. Bunday bilimlar berish orkali esa ukuvchilarning fazoviy tasavvur kilish formalari shakllanadi xamda mantikiy tafakkur kilishlari yanada rivojlanadi.
Maktabda matematika ukitishning maksadlaridan biri xam ukuvchilarning tafakkurini ustirish, mantikiy fikrlash kobiliyatlarini tarbiyalash, bilimlarni egallashdagi mustakilligini va aktivligini taominlashdan iboratdir.
Matematika taolimi uzining bu vazifasini amalga oshirishi uchun ukuv materialini ukuvchilarga etkazishning maxsus yullarini izlashi
zarur buladi. Ukuvchilarning mantikiy fikrlash kobiliyatlarini tarbiyalash ularning matematik madaniyati saviyasini ustirishning bir kismidir. Matematik fikrlash umumiy tafakkurning maxsus turini tashkil etadi va matematika taolimi jarayonida shakllanadi.

  1. Matematika ukitishning tarbiyaviy maksadi uz oldiga kuyidagilarni kuyadi:

  1. Ukuvchilarda ilmiy dunekarashni shakllantirish. Bu bilish nazariyasi asosida amalga oshiriladi.

Bilish jarayoni ikki xildir.

  1. Xissiy bilish (sezgi, idrok, tasavvur).Bunda inson sezgi aozolari vositasida real dunyo bilan alokada buladi. Tashki olamdagi narsa va xodisalarni sezadi va idrok kiladi, maolum iz koldiradi.

  2. Mantikiy bilish (tushuncha, xukm, xulosa). Xar kanday mantikiy bilish xissiy bilish orkali amalga oshiriladi. Shuning uchun xam urganilaetgan oboekt seziladi, idrok kilinadi va sung tushuncha xosil buladi.

  1. Ukuvchilarda matematikani urganishga bulgan kizikishlarini tarbiyalash.

Matematika ukituvchisining vazifasi ukuvchilarda mustakil mantikiy fikrlash kobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning konuniyatlarini urganishga bulgan kizikishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
v). Ukuvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida urganiladigan xar bir matematik tushuncha va ular orasidagi konuniyatlar ukuvchilarni atroflicha fikrlashga urgatadi.
Ukuvchilarni biror matematik konuniyatini ifoda kilmokchi bulgan fikrlarini simvolik tilda tugri ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda ifoda kilgan konuniyatini uz ona tillarida ifoda kila olishlariga urgatish orkali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.

  1. Matematika ukitishning amaliy maksadi uz oldiga kuyidagi vazifalarni kuyadi:

  1. Matematika kursida olgan nazariy bilimlarini kundalik xaetda uchraydigan elementar masalalarni echishga tadbik kila olishga urganish.

  2. Matematikaning ukitishda texnik vosita va kurgazmali kurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bundan ukuvchilarni darslarda texnik vositalaridan, kurgazmali kurollar, jadvallar va xisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptiriladi.

v). Ukuvchilarning mustakil ravishda matematik bilimlarini egallashga urgatish. Bunda asosan ukuvchilarni ukuv darsliklaridan va ilmiy ommaviy matematik kitoblardan mustakil ukib urganish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Matematika ukitish metodikasini pedagogikadan birinchi marta shvetsar pedagogi G.Pestalotsii (1746 - 1827 yillar) ajratib aloxida fan sifatida karadi. Bu uning 1803 yilda e`lon kilingan «Son xakida kurgazmali taolimot» asarida namoyon buldi.
Sungra XIX asrning ikkkinchi yarmida matematika ukitish fan sifatida rivojlana boshladi uning rivojida rus matematiklari S.E.Guroev, N.I.Lobachevskiy larning xissalari katta buldi. Bundan tashkari I.N.Uloyanov, L.N.Tolstoy (1828 - 1910) va atokli metodist matematik S.I.Shoxon-Trotskiy (1813 - 1923), A.N.Ostrogradskiy va boshkalar shugullandilar keyinchalik MUM sining turli yunalishlari bilan N.A.Izbavskiy, V.M.Bradis, S.E.Lyapin, I.K.Andropov, S.I.Novoselov, N.F.Chetveruxin, A.N.Kolmogorov, A.I.Markushevich, A.I.Fetisov kabilar shugullandilar. 1970 yillardan boshlab maktab matematika kursining mazmuni yangi programma asosida uzgartirildi, natijada uning ukitish metodikasi xam ishlab chikildi. Bu vaktda ilgor tajribali metodistlardan A.A.Stolyar, Yu.M.Kolyagin, R.S.Cherkasov, J.Ikromov,
N.Sotvoldievlar shugullandilar. Xozirgi kunda esa Sh.Alimov, J.Ikromov, O.Yusupov, A.Ortikboevlar shugullanmokdalar.



Yüklə 84,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə