1. Markaziy Osiyo yozuvlari tarixi



Yüklə 12,03 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü12,03 Kb.
#153194
MTX


NamDu ijtimoiy fanlar fakulteti TRX_CU_23 guruh talabasi Qoʼziboyeva Marhaboning Maxsus tarix fanlaridan yozgan mustaqil ishi

1.Markaziy Osiyo yozuvlari tarixi

Markaziy Osiyo xalqlari yozuvlarining sodda, ibtidoiy shakillaridan miloddan avvalgi 1-ming yillikdayoq alifboli yozuv tizimlari, xususan Oromiy yozuvlar bilan tanishganlar. Olimlarning fikricha , Avesto kitobi miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayoq kitob holatiga keltirilib yozib olingan boʻlsa , demak ajdodlarimiz miloddan avvalgi VII asrdayoq yozuvning alifboli darajasiga erishganlar. Demak poleografik tatqiqotlar uchun alifboli tizimlar orasidagi asosida material xranalogiyasi ham bevosita oʼsha davrdan boshlanadi.Shu sababli polografiyani ,, Avesto polografiyasi " dan boshlab, soʼngra Oromiy grafikasidan rivoj topib , orada bir qancha mahalliy yozuv mahalliy yozuv tizimlariga aylangan alifbolar, ular vositasida yozib olingan yodgorliklarga oʼtish maʼquldir. Mintaqada shakillangan qadimgi yozuvlardan biri shubhasiz soʻgʻd yozuvlari va yodgorliklaridir . Soʼgʻda yozuvi miloddan avvalgi III-II asrlarda shakillangan . Lekin, milodning dastlabki davrida oid soʻgʻd manbalari ham topilgan. Oromiy yozuv asosida yana Xorazm yozuvi ham kelib chiqqan Bu yozuvning miloddan avvalgi V- IV asrlarga Oyboyirqalʼadan topilgan Soʼgʻd yozuvlari va Xorazm yozuvlari asosida 25 ta harfdan iborat Toxariston yozuvi shakillangan, bu yozuv koʼndalangiga chapdan oʼnga qarab bitilgan. Soʻgʻd yozuvi asosida soʻgʻd yozuvi shakillangan. Bu yozuv fanda koʼkturk yoki runiy yozuvlari deyiladi . Sibir, Mogʻuluston, Oltoy, Markaziy Osiyo dan topilgan 38-40 ta harfdan iborat . Oromiy yozuv asosida yana Kushon, Baqtriya yozuvi shakillangan ,bu yozuv shakillari qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan. Baqtriya yozuvidan esa Eftaliylar yozuvi shakillangan. U 25 harfdan iborat. Soʻgʻd yozuvlari va Xorazm yozuvlari asosida yana bir uygʻur yozuvlari kelib chiqqan . Uygʻur yozuvidan manjir va mogʻul yozuvlari shakillangan. Markaziy Osiyo hududlarida yuqorida koʻrsatilgan yozuvlar bilan bir qatorda kushonlar davrida Hindistonda yuzaga kelgan Kharashti Brohmi Sabi yozuvlari ham tarqalgan. Bu yozuvlardan bitilgan matnlar parchalar janubiy Oʻzbekiston yodgorliklaridan topilgan. Bulardan tashqari milodiy III-V asrlar orasida Markaziy Osiyo oʻlkalari boʼylab kompakt diniy jamoalar sifatida tarqalgan. Moniychilik va Xristianchilikning nasroniylik oqimi vakillari orasida moniychilik va xristianlikning diniy targʻiboti ishlarini amalga oshirishda suryoniy va moniy yozuvlari amal qilgan. Eramizning dastlabki yillarida Arabiston yarimorolining shimoliy-gʻarbiy qismida Nabatiylar davlati mavjud boʻlib, bu davlatning yozuvi Oromiy yozuv edi. Bu yozuv Nabatiylar davlatida shakillanganligi sababli ham, nabatiy yozuv ham deb ataladi . Bu yozuv 22 harfdan iborat boʻlgan.
2. Arab paleografiyasi

Arab paleografiyasi arab tilida yozilgan yozuvlarni oʼrganadi. Amaliy maqsadlar uchun X asrdanoq Ibn Darustiy tomonidan arab yozuvidagi yozuvlarning sharhi ishlab chiqilgan boʻlib, xalifa devonxonasida qoʻllanilgan yozuv va uning asosiy turlari sanab otgan. Yevropada arab yozuvidagi yozuvlar, qoʻlyozmalarni oʼrganish XVII asrdan boshlanib, oʼsha davrdannoq kufiy va nasxati oʻrtasidagi farqlar aniqlangan. XVIII asr boshlarida arabshunos olimlar arab xatining kelib chiqishi , nasx va kufiy xati turlarining davriy ketma- ketligi haqidagi masalalar bilan shugʻullanishgan . Yevropalik koʻplab olimlar XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida oʼrta asr arab anʼanalarini tahlil etib , kufiy xati ertaroq shakillangani haqidagi xato fikrini ilgari surishdi. Ular kufiy Suriya yozuvlaridan kelib chiqqan deb hisoblashgan . Mazkur muammoni hal etish boyicha paleografik tahlillar oʼtkazilib VIII asrda dastlabki paleografik jadvallar paydo boʻldi. Bunga misol qilib Suriya yozuvi va kufiy jadvali Furmonning kufiy jadvali XIX asrning birinchi yarmida Marselning mukammallashgan jadvali boʼlib unda arab yozuvidagi yozuvlar va qoʻlyozmalarni tizimli oʼrganishaga asos solindi. XIX asra Gʼarbiy Yevropada arab qoʻlyozmalarini toʻplashni asoslari paydo boʻldi, XIV asr oxirida Venada arab yozuvidagi papiruslar topilgan, yirik markaz shakillandi. Epigrafik yodgorliklarni toʻplash va oʼrganish boshlanib, arab yozuvidagi yodgorliklar paleografik tahlil qilinib, ilmiy tasnifi tayyorlana boshlandi. Yodgorliklardagi yozuvlarning nashri elon qilindi. XIX asrning birinchi yarmida fransuz sharqshunosi A.Silvestr de. Sasi tomonidan arab yozuvidagi papiruslarning birinchi nashri elon qilindi. XIX asr oxirida Karabachchekning XX asr boshida K.X.Bekkeming arab yozuvidagi papiruslarga bagʻishlangan koʻplab ishlari chop etilgan. XIV asr ikkinchi yarmida maxsus paleografik tatqiqotlar boʼyicha asarlar paydo boʻldi. Italyan poaleogarfi M.Lenchi koʻplab yozuvlarni oʼrganish asosida arab yozuvidagi turlarni aniqladi . Rossiyadagi arab qoʻlyozmalarni toʻplash va yozuvlardan nusxa olish Pyotr I davridan boshlangan. Arab qoʻlyozmalari Kunstkdmera qoshida Sharq kabineti tashkil etishga sabab boʻldi sovet olimlaridan O.G.Bolshakov, M.M.Dyakonov , V.A.Krachkoskaya , I.Yu.Krachkoviskiy Oʼrta Osiyo va Kavkaz Ortidagi arab yozuvidagi yodgorliklarni oʼrganishgan.

3. Oʻzbek poleografiyasi

Oʼrta Osiyo xalqlari yozuv tarixini oʻrganish XIX asrning birinchi yarmidan boshlandi. Dastlab rus olimlarining Oʻrta Osiyoga kelib turli sohalar qatori lingvistika, paleografiya sohasida olib borgan ishlari tufayli turli yozuvlar toʻgʻrisida boy maʼlumot toʻplandi va chop etildi. Sobiq ittifoq tuzumi davrida boshqa respublikalar qatori Oʻzbekistonda ham qadimgi yozuv tarixini oʻrganish ishlariga eʼtibor berilib , Oʻzbekiston Fa huzuridagi Sharqshunoslik, Til va adabiyot, Tarix institutlarida til yozuv turlarini oʼrganish boʼyicha tatqiqot ishlari olib borildi. Oʻrta Osiyodagi paleolit, mezolit, Neolit va eneolit davrida yashagan xalqlar turli voqea hodisalarni tadbiq qilish usulini qoya yozuvlarida yoki tekis gerlaviga chizib tasvirlash orqali tushuntirganlar . Oʻzbekiston hududidagi Zarautkamar, Sarmishsoy darasida, Fargʻona vodiysida atrofdagi togʻlarda qoya toshlarda sanʼatning koʼhna dunyosi hisoblanadi . Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga kelib Oʼrta Osiyoa turli davlatlar tashkil topa boshladi. Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi xalqlar hayotiga ham oʼziga xos taʼsir koʻrsatdi. Shahar va qishloqlar rivojlandi, hunarmandchilik madaniyat va sanʼat rivojlandi. Xorazm va Soʻgʻd yozuvlarining paydo boʼlishi ham shu davrga togʻri keladi . Bu yozuvlar miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda Kichik Osiyoda paydo bolgan Oromiy va miloddan avvalgi III asrda vujudaga kelgan kvaroshhi yozuvlari asosida yaratilgan. Mutaxassislarning fikricha, Oromiy yozuvi Orta va Yaqin Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan, iqtisodiy madaniy aloqalarda asosiy vosita rolini oʼynagan . Soʼgʻd yozuvining paydo boʼlish tarixini oʻrganishda XIX asrning yo igirmanchi yillaridan boshlandi. Qadimda soʻgʻdlar yashagan hududlarda N.Z.Veselovskiy, F.Stinyaloviskiy, A.Yakuboviskiylar tatqiqot ishlari olib borishdi. Oʼrta Osiyo xalqlari tomonidan uygʻur, runk, yozuvi ham yaratilgan. Bu yozuvlar qadimgi turkiy xalqlarning mushtarak yozuvi hisoblashgan. Maʼlumotlarga qaraganda dastlabki turkiy xalqlarning yozuv yodgorliklari XVIII oxiri XIX asrning boshlarida tarqalgan. Yenisey daryosi boʻyida katta toshlarga yozilgan yozuvlar aniqlangan . 1889- yilda esa Mangoliyaning Urxun daryosi boʻylarida yuqoridagiga oʻxshash yozuvlar bitilgan yodgorliklar topilgan . Bu yozuvlar mutaxassislar tomonidan Urxun -Yenisey yozuvlari deb atalgan.



4. Markaziy Osiyo epigrafik yodgorliklari

Kultegin bitiktoshi-Bilgaxoqon bitiktoshi bilan bir vaqtda paydo boʼlgan Radlo bu bitikni nemis tiliga tarjima qilgan bu bitiktoshi marmarga oʼyilgan qalinligi 41-sm balandligi 3m 15 sm , tun qismining qalinligi 1 m 24 sm marmar tosh oʼrtasida besh burchakli qalqon bor. Uning qalinligi 64 sm kengligi 40 sm boʼlgan lavhga oʼyilgan lavhda arxar surati naqshlangan . U hoqonlik tanasi hisoblangan. Orqa tomonga bitiktoshning oʻrnatilishi tarixi xattot yozuvida botildan. Uning old tomoniga 40 sm oʼng va chap tomoniga 13 sm dan yozuv bitilgan . Baʼzi joylarda yozuv oʼchib ketgan . Bu marmar toshga yaxshi ishni Yolliq Tegin ismli kishi bajargan . Bitik 732 -yili Kultegin xotirasi uchun Bilgihoqon tomonidan bitilgan . Kultegin 731-yilda toʻqqiz oʼlizlar bilan boʼlgan jangda halok boʼlgan edi. Bilaxoqon bitigi 734-yil 25-noyabirda oʼz yaqinlari tomonidan oʼldirilgan. Uning oʻgʻli Ichanxoqon 735-yili otasining xotirasi uchun Kultegin bitigidan 1 km uzoqlikda bitiladi . Bu yozuvni ham Bilgaxoqonning amakisi Yolliqtegin yozgandir. Bitiktosh agʻdarilib 3 boʼlakka boʼlingan shuning uchun ham yozuvning maʼnosi unchalik tushunarli emas bitiktosh Bilgaxoqonning taxtga oʻtirishidan boshlanadi. Bitiktoshda Bilgaxoqonning xoqinlik yillari davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi . Bunday bitiklar Markaziy Osiyodan koʻp topilmagan. Asosan Talos vodiysidan topilgan xolos . Tonyuquq bitiktoshi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi Tonyuquqga bagʻishlanib 712-716 yillari oʼyib yozilgan bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi sharqdagi Bayn Tsaktob degan joydan topilgan . Bitiktoshni Yelizaveta Klaments 1897-yili Tonyuquq bitiktoshi Kultegin va Bilgaxoqon bitiktoshidan mazmuni bilan farq qiladi . Mogʻuluston safariga borganda topgan. Urxun -Yenisey yozuvlari qadimgi turk unk yozuvlari tosh, metal, yoʻgʻoch va boshqalarga oʼyib bitilgan qadimgi turk yozuvlaridir. Tashqi koʻrinishidan got yozuvida oʻxshash boʻlgani uchun runiy yozuvi deb ham ataladi V-VII asrlarga oid. XVIII asr boshlarida tus olimi S.Rezov keyinchalik ,shvet olimi F.I. Stralrnberg hamda nemis olimi G.Missershimitlar oʼrgangan. Bu yozuvlarning turk xalqlariga mansubligini 1 marta fransuz olimi Y.P. Abel-Reyuza (1820) soʼngra rus olimi N.M.Yadrintsev (1899) isbotlagan. Urxun va Yenisey yozuvlarining kelib chiqishi haqida dunyo oʼrtasida tan olingan yagona fikr yoq . Bu haqidagi keng tarqalgan mulohazaga qaraganda mazkur yozuv kelib chiqishiga koʼra soʻgʻd va pahlaviy yozuvlari orqali Oromiy yozuviga borib taqaladi mazkur yozuv arab yozuvi sinflari oʼndan chapga qarab oʻqiladi . Urxun -Yenisey yozuvlari 38-belgidan iborat. Har bir tovush yoki yozuvlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalangan .Urxun -Yenisey yozuvlarini tekshirish va oʼrganishda V.V.Radlo , M.Meliorniskiy, A.A. Polovtsev, G.Geykel, Ya. Malo kabi rus va yevropalik olimlarning hissasi katta.
Yüklə 12,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə