1 ma’ruza axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari reja



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə3/6
tarix28.09.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#124446
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza IAKTT

Ta’lim bеrish natijasida:

  • Zamonaviy opеratsion tizimlari, matnli, jadvalli axborotlarni
    qayta ishlash dasturlarining funksional imkoniyatlari bilan tanishadi.

  • Boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyutеrlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qIlish usullarini o‘rganadi.

  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va katta ma’lumotlar bazasida (big data) axborotlar bilan ishlashni o‘rganadi.

  • Intеrnеt tizimi va tarmoq tеxnologiyalarida ishlash uchun amaliy ko‘nikmalarni oladi.

  • Elеktron xukumat, elеktron tijorat, mobil-tijoratni rivojlanish tеndеntsiyalari, yo‘nalishlari va ularning tavsifini o‘rganadi.

  • Raqamli iqtisodiyotni tеxnologiyalari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lib, bulutli tеxnologiyalari, blokchеyn tеxnologiyalari, kriptoaktivlar, biznеs analitika, elеktron biznеs tushunchalarini shakllantiradi.

  • Axborotlar bilan ishlashda xavfsizligini ta’minlash usullarini tadbiq etish va funktsional imkoniyatlari bilan tanishadi.



1.2.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining raqamli
iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari


Raqamli texnologiyalar kundalik hayotning barcha sohalarining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Aloqa va xaridlarni sotib olishdan boshlab, tovarlarni ishlab chiqarish va davlat idoralari faoliyati bilan yakunlanib, hamma narsa katta kelajakka ega bo‘lishi taxmin qilinadigan virtual muhitga o‘tmoqda. Raqamli transformatsiya g‘oyasi butun dunyoni qamrab oldi va O‘zbekiston global tendensiyalardan chetda emas. 2020 yil mamlakatda fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyot yili deb e’lon qilinganligi bejiz emas. “RAQAMLI O‘ZBEKISTON—2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2020-yil 5-oktabrda PF-6079-son bilan tasdiqlangan.
Yaqin kelajakda tanish bo‘lgan ish jarayonlari va ishbilarmonlik aloqalari tub o‘zgarishlarga uchraydi. Yangi axborot jamiyati shakllanmoqda, ufqlar kengaymoqda, imkoniyatlar ortmoqda, birinchi navbatda, o‘zlarining ambitsiyalari va bilimlarini ro‘yobga chiqaradigan, bizning kelajagimiz uchun qulay ijtimoiy muhit yaratadigan yosh avlod uchun imkoniyatlar ochilmoqda.
Iqtisodiyotda yangi texnologik tartibning ko‘plab ta’riflari mavjud, eng keng tarqalgani “Raqamli iqtisodiyot” (veb, Internet va elektron iqtisodiyot) – elektron biznes va tijorat bilan bog‘liq raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat. Raqamli iqtisodiyotning xizmatlari va tovarlari uchun to‘lovlar ko‘pincha
elektron pul bilan amalga oshiriladi va bu jarayonning eng ko‘zga ko‘ringan qismidir.
Raqamli iqtisodiyotga ko‘plab ta’riflar berilgan, ammo ularning eng vakili sifatida “G20 raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va hamkorlik tashabbusi” hujjatida 2016 yilda Xanchjouda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida berilgan ta’rifni ko‘rib chiqish mumkin.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə