1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 O„zbekiston davlat standartlashtirish tizimi bo„yicha me‟yoriy hujjatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

2.3 O„zbekiston davlat standartlashtirish tizimi bo„yicha me‟yoriy hujjatlar 
Asosiy qoidalar 
Asosiy 
qoidalar 
O‗zbekistonda 
standartlashtirish 
bo‗yicha 
ishlarni 
tashkillashtirish va olib borishga umumiy talablarni o‗rnatadi, O‗z SDT ning 
me‘yoriy hujjatlari majmuida asos bo‗ladi va O‘z DSt 1.0:1998 bilan 
reglamentlanadi. 
Asosiy qoidalarda keltirilgan asosiy maqsadlar ―Standartlashtirish to‗g‗risida‖ 
Qonunda o‗rnatilganlarga o‗xshaydi.
Standartlashtirish tarmoklararo tizimining davlat va rus tillarida qisqartirilgan 
nomlari belgilangan: 
O‘z StDT – O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi – (GSS Uz – 
gosudarstvennaya sistema standartizatsii Uzbekistana); 
KNT – konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi – (YeSKD – yedinaya 
sistema konstruktorskoy dokumentatsii); 
TNT – texnologik hujjatlarining yagona tizimi – (YeSTD – yedinaya sistema 
texnologicheskoy dokumentatsii); 
MST – mahsulotni sinash tizimi – (sistema ispыtaniy produksii); 
MSKT – mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining tizimi – (SPKP – sistema 
pokazateley kachestva produksii); 
O‘zSMT – O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi – (NSS Uz – 
natsionalnaya sistema sertifikatsii Uzbekistana); 
NVT – hujjatlarning birxillashtirilgan tizimi – (USD – unifitsirovannaya sistema 
dokumentov); 
NKAST – nashriyot, kutubhona va axborot bo‘yicha standartlar tizimi – (SIBID 
– sistema standartov po informatsii, bibliotechnomu i izdatelskomu delu); 
O‘z O‘DT – O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini taminlash davlat tizimi – (GSI 
Uz – gosudarstvennaya sistema obespecheniya yedinstva, izmereniy Uzbekistana); 
MBZEHT – materiallar va buyumlarni zanglash va eskirishdan himoyalash 
yagona tizimi – (YeSZKS – yedinaya sistema zaщitы ot korrozii i stareniya 
materialov i izdeliy); 
MNStT – mehnat havfsizligi standartlari tizimi – (SSBT – sistema standartov 
bezopasnosti truda); 
ITTT – ishlab chiqarishni tehnologik tayorlashning yagona tizimi – (YeSTPP – 
yedinaya sistema texnologicheskoy podgotovki proizvodstva); 


61 
DHT – dasturiy hujjatlarining yagona tizimi – (YeSPD – yedinaya sistema 
programmoy dokumentatsii); 
QLHT – qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi – (SPDS – sistema proektnoy 
dokumentatsii dlya stroitelstva); 
TR – texnika puhtaligi – (NT – nadyojnost v texnike); 
MYaT – mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkillashtirish tizimi – 
(SRGSh - sistema razrabotki i postanovki produksii na proizvodstvo); 
O‘z AT – O‘zbekiston akkreditatlash tizimi – (SA – sistema akkreditatsii 
Uzbekistana); 
ST – sifat tizimi – (SK – sistema kachestva); 
TKT – texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni tasniflash va kodlash yagona tizimi 
– (YeSKK TESI – yedinaya sistema klassifikatsii i kodirovaniya texniko-
ekonomicheskoy i sotsialnoy informatsii) 
Asosiy 
qoidalarda 
standartlashtirishning 
asosiy 
vazifalari 
keltirilgan: 
iste‘molchilar va davlat manfaatlarini ko‗zlab, chiqariladigan mahsulotning sifati va 
nomenklaturasiga maqbul talablarni o‗rnatish; parametrik va xil o‗lchamlari 
qatorlarini, asos konstruksiyalarni, konstruktiv-birxillashtirilgan buyumlarning blok-
modul tarkibiy qismlarini belgilash va qo‗llanish asosida birxillashtirish; mahsulot, 
uning elementlari, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallarning ko‗rsatkichlari va 
tafsilotlarini kelishib olish va o‗zaro muvofiqlashtirish; metrologik me‘yorlar, 
qoidalar, nizomlar, talablarni o‗rnatish va b. 
Standartlashtirishning 
asosiy 
prinsiplari 
ifodalangan, 
jumladan: 
standartlashtirishning maqsadga muvofiqligi; standartlashtirishning kompleksligi; 
barcha darajadagi me‘yoriy hujjatlarning o‗zaro bir-biriga bog‗likligi va 
kelishilganligi; o‗xshash standartlashtirish ob‘ektlariga boshqaruvning turli 
darajalarida me‘yoriy hujjatlarni takror ishlab chiqishga yo‗l qo‗ymaslik va h.k. 
Standartlashtirishning tashkiliy asoslari o‗rnatilgan. Standartlashtirish bo‗yicha 
milliy idora – O‗zstandart Agentligining vazifalari belgilandi: 
– standartlashtirish sohasida milliy siyosatni shakllantiradi va amalga oshiradi; 
– davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralarining standartlashtirish bo‗yicha 
faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
– standartlashtirish bo‗yicha ishlarni o‗tkazish umumiy tashkiliy-metodik 
qoidalarini o‗rnatadi; 
– me‘yoriy hujjatlar, shu jumladan majburiy talablarni o‗z ichiga olgan hujjatlar 
ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi; 


62 
– standartlashtirish sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash 
ishlarini tashkillashtiradi va olib boradi. 
Davarxitekturaqurilish, Davtabiatqo‗mita, Sog‗liqni saqlash vazirligi va boshqa 
davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralari o‗z vakolatlari doirasida standartlashtirish 
bo‗yicha ishlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. 
Standartlashtirish va me‘yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‗yicha 
ishlarga metodik jihatdan rahbarlik qilish uchun xos boshqaruv idoralar O‗zstandart 
Agentligi bilan hamkorlikda standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitalar va tayanch 
tashkilotlar, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda esa -standartlashtirish xizmatlarini 
tashkil etadi. 
Barcha darajalardagi standartlashtirish ob‘ektlarining batafsil ro‗yxati 
keltirilgan: 

Davlatlararo standartlashtirish ob‘ektlari quyidagilardan iborat: 
– umumtexnikaviy me‘yorlar va talablar, shu jumladan umummashinasozlikda 
qo‗llaniladigan buyumlarning (podshipniklar, reduktorlar, mahkamlash buyumlari va 
boshqalar) yagona texnik tili, xil o‗lchamlari qatori va namunaviy konstruksiyalari, 
axborot texnologiyalarining mos keluvchi dasturiy va texnik vositalari, materiallar va 
moddalarning xossalari to‗g‗risida ma‘lumotnoma ma‘lumotlari, mahsulotni 
tasniflash va kodlash; 
– yirik sanoat va xo‗jalik majmuilarining ob‘ektlari (transport, energetika, aloqa 
va b.); 
– yirik davlatlararo ijtimoiy-iqdisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning 
ob‘ektlari, jumladan aholini ichimlik suv bilan ta‘minlash, odamlar yashaydigan 
muhitni tekshirish tizimini yaratish, radioelektron vositalarining elektromagnit mos 
keluvchanligi, aholi va xalq xo‗jaligi ob‘ektlarining xavfsizligini ehtimolni hisobga 
olgan holda ta‘minlash; 
– qator davlatlarda chiqariladigan, o‗zaro yetkazib beriladigan mahsulot. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə