1-ma’ruza mavzu: Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari. Nutq faoliyati



Yüklə 186,96 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü186,96 Kb.
#159899
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza matni

Nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o‘qituvchi nutqining xilma – xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan. Oliy o‘quv yurtlarida tilshunoslikning nazariy
kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to‘g‘ri va chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til me’yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko‘rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
Nutqi madaniyati fan sifatida o‘z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir. Bu fazilatlar har qanday nutqda bir xil darajada bo‘lmaydi. Shuning uchun turli kishining nutqi tinglovchi tomonidan turlicha qabul qilinadi. Hatto bir kishining turli mavzuda so‘zlagan nutqi ham har xil bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan bog‘langan bo‘ladi, unda ko‘tarilgan masalalar, muammolar boshqa fanlar tomonidan ham o‘rganiladi, ba’zan ularning ham tekshirish obyekti bo‘ladi. Ba’zan esa ma’lum bir muammoni hal qilishga boshqa - boshqa fanlar o‘z xususiyatlaridan kelib yondoshadi va uni ana shu xususiyatlardan kelib chiqib hal qiladi. Jumladan, uslubiyat ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning tekshirish obyekti bo‘la oladi. Faqat tilshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo‘sinda, adabiyotshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo‘sinda tekshiriladi. Uslubiyatga har ikki fan o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib yondashadi, ikki xil munosabatda bo‘ladi.
Nutq madaniyati fan sohasi sifatida shakllangan ekan, u albatta, boshqa fanlar bilan munosabatda bo‘ladi. Nutq madaniyati ta’limotining lingvistik va nolingvistik fanlar o‘rtasida tutgan o‘rnini belgilashda uning boshqa fanlarga qay darajada aloqasi borligini, poetika, uslubiyat, me’yoriy grammatika kabi ta’limotlar bilan aloqasini ular orasidagi umumiy tomonlar va tafovutlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Rus tilshunosi B.N.Golovinning fikricha: «...bu soha tilshunoslikning barcha bolimlariga, shuningdek ruhshunoslik, mantiqshunoslik, estetika, sotsiologiya,
pedagogika fanlariga tayanib ish ko’radi. Nutq madaniyati, ayniqsa, stilistika bilan yaqin munosabatdadir. Ba’zi mutaxassislar nutq madaniyatini uslubiyatga singdirib yubormoqchi bolishadi. Holbuki, uslubiyatning oz predmeti va oziga xos vazifalari bor».
Ko‘rinadiki, o‘qituvchi nutq madaniyati alohida soha sifatida shakllangan va o‘quv rejalariga alohida fan sifatida kiritilgan bo‘lishiga qaramay, bu soha ayniqsa tilshunoslik fani bilan juda mustahkam aloqadadir.
Nutqning aloqaviy sifatlari ichida nutqning to‘g‘riligi eng asosiy belgilardan hisoblanadi. Namunaviy nutq birinchi navbatda to‘g‘ri tuzilgan nutq bo‘lishi kerak. Nutq to‘g‘riligi esa adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi. Demak, nutq madaniyatida asosiy narsa nutq to‘g‘riligi bo‘lsa, bu esa adabiy til me’yorlariga amal qilish orqali yuzaga keladigan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan har bir xalq nutqiy madaniyatining, u haqidagi ta’limotning asosini shu xalq tilining me’yoriy grammatikasi, shu xalq tili sistemasi tashkil etadi.
Nutq madaniyati sohasi til hodisalariga boshqa tomondan yondashadi: grammatik hodisalar, grammatik kategoriyalar, til qurilishi kabi masalalar bilan shug’ullanmaydi. Nutq madaniyati grammatik hodisalarga, til dalillariga asosan shu til adabiy me’yorlariga mos kelish-kelmasligi nuqtai-nazaridan yondashadi. Qanday holatda me’yorga qat’iy amal qilish juda zarur bo‘lib, qanday holatlarda undan chekinish mumkinligi, unga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nuqtai - nazaridan baholaydi. Grammatik kategoriyalar, grammatik shakllar, til birliklariga adabiy til me’yori talabi bilan baho beradi. Ularning tabiati bilan shug‘ullanmaydi. Jumladan, masalan so‘zning qaysi turkumga oidligi, qanday grammatik kategoriyalarga, qanday fonetik yoki morfologik tuzilishlarga ega ekanligi nutq madaniyati fanining tekshirish obyekti emas. Biroq o‘sha so‘z o‘zbek adabiy tilida kam qo‘llanadimi, uning qo‘llanishi, ma’lum bir shakli, talaffuz ma’lum bir ma’nosi bilan hozirgi tilda ishlatilib turishi o‘zini oqlaydimi yoki yo‘qmi nutq madaniyatiga aloqadordir.
Tildagi so‘zlar, grammatik shakllarning ma’no va vazifalari, ularning tuzilishi tilshunoslikda o‘rganiladi. Biroq nutqning ma’lum bir jarayonida o‘sha so‘z yoki grammatik shakl qaysi shaklda va qaysi ma’noda qo’llanishi mumkinligi, qo‘llashning o‘zini oqlash - oqlamasligi nutq madaniyatiga aloqadordir.
Nutq madaniyatining aloqaviy sifatlaridan hisoblangai mantiqlilik va ta’sirchanlik ham, ma’lumki, adabiy til me’yorlariga to‘la amal qilish orqali ta’minlanadi. Me’yorga amal qilmaslik mantiqsizlikni vujudga keltirib qo‘yishi, nutqni buzishi mumkin. Masalan, «Kunlar isib ketdi, muzlar eridi» gapini olaylik. Bu gap bog‘lovchisiz qo‘shma gapdir. Grammatik qurilish to‘g‘ri, so‘zlar o‘zaro to‘g‘ri bog‘langan, qo‘shma gap qismlari hisoblangan har bir sodda gap orqali ifodalangan fikr ham to‘g‘ri, umumiy fikr ham mantiqqa mos keladi. Shu gapni «Muzlar eridi,
kunlar isib ketdi» shaklida o‘zgartirib ko‘rilsa, yana har bir gap ifodalagan fikr ham, so‘zlarning birikishi ham to‘g‘riligicha qolaveradi. Biroq mantiq buziladi. Demak, bu qo‘shma gap qismlarining o‘rinlashish tartibi faqat birinchi holatdagi kabi bo‘lishi lozim.
Ko‘rinadiki, lisoniy vositalarni yuqoridagi kabi noto‘g‘ri qo‘llash, birinchidan nutqni buzsa, ikkinchidan mantiqiylikka va ta’sirchanlikka ta’sir qiladi. Demak, adabiy til me’yorining buzilishi, nutq sifatiy xususiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ana shuning uchun ham nutq madaniyati sohasi tilshunoslik fani bilan – me’yoriy grammatika bilan chambarchas bog‘liq holda bo‘ladi va unga tayanadi.
Nutq madaniyati sohasining leksikologiya va semasiologiya sohalari bilan uzviy bog‘liqligi hech shubhasizdir. Nutqiy aniqlik va mantiqiylikni tilning so‘z boyligini egallamasdan, har bir so‘zning ma’nolarini aniq bilmasdan turib ta’minlash mumkin emas. Jumladan, tildagi sinonimlarning yaxshi bilmasdan turib, tushunchalarni aniq ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, yuz so‘zi anglatgan ma’no bilan bashara so‘zi anglatgan ma’no bir xil emas: Basharangga qarab bolmaydi, yuzingga qarab bolmaydi gaplarini olib qaraylik. Bu ikkala gap ma’nosida go‘yo farq yo‘qdek. Biroq birinchi gapda shaxsning butun gavdasi, ust - boshi ko‘zda tutilsa, ikkinchi gapda yuzi ko‘zda tutiladi. Demak, yuz va bashara so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘lsa-da, ular anglatayotgan ma’nolar bir - biridan farq qiladi.
Tilning so‘z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, omonimlar sistemasini, har bir so‘zning o‘ziga xos ma’no va grammatik xususiyatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish - nutqning tozaligi, ta’sirchanligi, ifodalilshi, qisqaligi kabi ko‘pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta’minlaydi.
Demak, tilning lug‘at tarkibini yaxshi bilmasdan turib, boy nutqga erishib bo‘lmaydi. Nutq madaniyati ilmiy tarmoq sifatida lug‘atshunoslik (leksikografiya) bilan uzviy aloqadorligini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda S.Akobirovning quyidagi fikri juda ahamiyatlidir: «Fikrni qisqa, aniq va togri ifodalash uchun muvofiq soz topish kerak bolgan hollarda ham lugatlardan foydalaniladi».

Yüklə 186,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə