1-ma’ruza mavzu: Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari. Nutq faoliyati



Yüklə 186,96 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü186,96 Kb.
#159899
1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza matni

Nutq madaniyati nafosat (estetika), badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, adabiy tanqidchilik kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir. Chunki yaxshi nutq tinglovchiga estetik zavq berishi kerak, uni hayajonlantirishi lozim. Badiiy nutq esa ta’sirchan nutq bo‘ladi, shu orqali kishilar ongiga ta’sir etadi. Unday nutq egasi badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanadi.
Badiiy nutqning adabiy til me’yorlariga munosabati ham boshqacha. Unda ba’zi adabiy me’yorlardan chekining ham uchrashi mumkin. Biroq bunda ma’lum bir maqsad ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Xullas, nutq madaniyati sohasi ko‘pgina boshqa fanlar bilan ham o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ayniqsa, uning tilshunoslik, uslubiyat, notiqlik san’ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa hamda adabiyotshunoslik fanlari bilan aloqasi juda mustahkamdir.
Tabiat va jamiyatda inson tilidek murakkab, serqirra, serqatlam, servazifa, shakl va mazmun mosligi hodisasi kamdan-kam topiladi. Til dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy kategoriyalarni voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajarishga qaramasdan asosiy e’tibor uning kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga qaratib kelindi.
Tilni faqat insonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani soddalashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy - ruhiy zamindan mutloqo mosuvo bo‘lgan sun’iy tilga (masalan esperanto) tenglashtirishdan, yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli «til» ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas. Agar til faqat aloqa vositasigina bo’lganda edi. U juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bulardi.
Holbuki, til boy, sehr-u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko‘rk -u komillikka limmo -lim bir xilqatdir. Chinakam nutq madaniyati esa tilni ana shunday rangin xilqat tarzida idroq etish asosida shakllanadi.
Aniqki, nutq madaniyati jamiyat madaniy - ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun

ham mamlakatimizda ma’naviy - ma’rifiy islahotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko‘nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarblik kasb etganligi bejiz emas.


Respublikamizning «Davlat tili haqida» gi, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunlari, Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy Dastur va boshqa juda ko‘plab hujjatlarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, til masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam kadr, eng avvalo, o‘z ona tilisining sobit sohibi bo‘lmog‘i lozim. Birinchi prezidentimiz I.Karimov ham o‘z nutqlarida shunday ta’kidlaganlar: «Oz fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, gozal va londa ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida otirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin».
Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda etmoq uchun odamda nutqiy madaniyat yetarli darajada bo‘lmog‘i lozim.
Zero, nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.

Yüklə 186,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə