Matnshunoslik va adabiy manabashunoslik yo’nalishi 1-kurs talabasi m. Karimova



Yüklə 22,63 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü22,63 Kb.
#181019
2-mustaqil ish

















28.11.2023

MATNSHUNOSLIK VA ADABIY MANABASHUNOSLIK YO’NALISHI 1-KURS TALABASI M.KARIMOVA


XORAZM QIPCHOQ SHEVALARIDA ARABIY QATLAMGA OID SO’ZLAR TAHLILI

XORAZM QIPCHOQ SHEVALARIDA ARABIY QATLAMGA OID SO’ZLAR TAHLILI

Xorazm qipchoq shevalarida arabiy qatlamga oid soʻzlar tahlil


i Analysis of Words Belonging to Literary Layer in Khorezm Qipchoq Dielects


Alimova Shahnoza Maqsudovna
Oʻzbek tili va uning shevalariga soʻz oʻzlashtirish fors, arab, rus va yevropa tillaridan deb qaraladi. Oʻzbek tiliga hind, xitoy, tillaridan ham soʻz oʻzlashgan, lekin bunday soʻzlar barmoq bilan sanoqli darajada. Bu hol tadqiq etilayotgan shevalarning leksikasida ham kuzatiladi. Chet tillardan soʻz oʻzlashtirish obyektiv qonuniyat boʻlib, u oʻsha til yoki dialektning boyishi yoki taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Y.D. Disheriyev har bir tilning ichki imkoniyati asosida yuzaga kelgan soʻzlar bilan chetdan oʻzlashgan leksik qatlam orasida ma’lum chegara mavjudligini qayd qiladi. Shuningdek, chetdan oʻzlashgan soʻzlarning qaysi tilga tegishli ekani, qaysi davrda, qanday usul orqali oʻzlashgani, qanday ma’no kasb etishi, fonetik sistemasi va morfologik strukturasi kabi qator tomonlariga alohida e’tibor berish lozim. [Дешериев Ю.Д. 1966: 42]. Qardosh boʻlmagan tillardan olingan soʻzlar haqida gap borar ekan, bunda, asosan, arab, fors-tojik va rus tili va u orqali Yevropa tillaridan oʻzlashgan leksik elementlar nazarda tutiladi. Xorazm arablar tomonidan istilo qilingandan keyin, barcha bosib olingan hududlarda boʻlgani kabi, bu yerda ham arablarning urf-odatlari, dini bilan birgalikda, arabcha soʻzlar ham kirib kela boshladi. Sababi islom dini qabul qilingach, arab tili din tili, ilm-fan tili sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan. Arablar istilosidan avval ham fors-tojik tili orqali arabcha soʻzlar Xorazm shevalariga kirib kela boshlaganligini ta’kidlash kerak. Dalillar arab leksik elementlarining koʻpchiligi bilvosita, ya’ni eron tillari orqali, birmuncha navbatda tojik tili orqali oʻtganligiga guvohlik beradi. Xorazmni arablar 715-yilda istilo qilganligi ma’lum. Ammo hozirda Xorazmda oʻzbeklar yashab turgan joylarda oʻsha zamonlarda qadimgi xorazmliklar bilan birgalikda bu hududda turkiylar ham yashaganliklarini ham unutmaslik kerak. Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Xorazm ham arablar tomonidan istilo qilingach, arablar hukmronlik siyosatini olib bordilar. Mahalliy xalqlarning oʻziga xos urf-odatlari yakson qilinadi. Shimoliy Xorazm shevalarida qoʻllaniladigan arabcha soʻzlarning aksariyati diniy tushunchalarni anglatadigan leksemalardan iborat. Shevalarda qadimgi davrlardan boshlab, to hozirgi davrlargacha ishlatiladigan bunday soʻzlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: savap (savob), iyman (imon), mayit (tobut), ärvah (arvoh), avmin (omin), ayat (oyat), dozah (doʻzah), duva (duo), qiyamat (qiyomat), mächit (masjid), zakat (zakot), ushr (ushurunning qisqargani), däfin (dafn), kalima (kalima), niyät (niyat), bismilla (bismilloh) va hokazo. Bundan tashqari, Xorazmda XII asrda yashab ijod etgan Zamahshariyning “Muqaddimatul-adab” nomli mashhur lugʻatidagi eski oʻzbek tili jumlalari tarkibida umumiy leksikaning bir necha foizini arab leksik elementlari tashkil etishi ham bunga yorqin misol boʻla oladi. Masalan, ka’ba, haj, hujjat, holva, masjid, miynat (mehnat), shuhrat, janoza, ishqiboz, dunyo, davlat, ziyorat, hoji, hadis, kitob, ixtilof, janub, taom, qasd, jahl, rohat, safar, meros, zakot, lahad, qiyomad, shavkat, ne’mat va boshqalar. Tabiiyki, oʻsha davr adabiy tili jonli soʻzlashuv tilidagi barcha leksik qatlamlarni aks ettirib berishga ojizlik qilgan. Davrlar oʻtishi bilan arab leksik qatlamining hajmi esa borgan sari, ayniqsa bu diniy va falsafiy, ilmiy va she’riy asarlarda oʻz aksini topgan edi. Adabiy til va shevalarda mavjud boʻlgan arab soʻzlarining semantikasidagi farq uncha katta emas, oʻzlashtirilgan arab soʻzlarining koʻpchiligi shevalarning fonetik qonuniyatlariga moslashgan, semantikasi adabiy tilda qanday boʻlsa, shevalarda ham shunday. Bunga tadqiq qilinayotgan obyektdan olingan quyidagi soʻzlar misol boʻla oladi: Shevada Adabiy tilda 61 Käsäl vomaq ädätdir Kasal boʻlmoq odatdir. Xal soramaq mädätdir Hol soʻramoq madatdir. Kälväatining kami yoq Kelbatining kami yoʻq. Michäsining mini yoq Muchasining aybi yoʻq. Däryä tiyinda bosa jayim Daryo tagida boʻlsa joyim. Bayis-bahana yetirgäy xudayim Bahona bois yetirgay xudoyim. Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, madat, mucha, min (kamchilik), bahona, azroil, jon, mulla soʻzlari Shimoliy Xorazm qipchoq shevalarida boshqa tillardan soʻzlar bilan bir qatorda talaffuz me’yorlariga muofiqlashtirilgan holda keng qoʻllanaveradi. Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar turli sohalarga oid boʻlib, shevalarda xuddi oʻz soʻzlaridek ishlatiladi. Ularning ba’zilari adabiy tilda faol boʻlmasa ham, shevalarga oid soʻzlarga aylanib qolgandek tuyuladi. Ana shunday soʻzlardan biri alam soʻzi hisoblanadi. Bu soʻz hozirgi lugʻatlarda eskirgan soʻz deb berilgan [Шоабдураҳмонов Ш.1962: 68]. Ushbu soʻz Shimoliy Xorazm qipchoq, shuningdek, oʻgʻuz shevalarida ham uning bayroq “tugʻ” ma’nosida ishlatilganligiga guvoh boʻlamiz. Endilikda bu soʻzning avvalgi ma’nolariga qoʻshimcha ma’no qirralari qoʻshilib, xotin-qizlar muqaddas ziyoratgohlarga, qabristonga borganda tilak tilab, umid bilan bogʻlagan roʻmol, chit dastroʻmol, ip kabilar ham äläm deb ataladigan boʻlgan: Bi qubrding hamma yerina äläm asilgʻan. (Bu qabrning hamma joyiga alam ilingan). Shevalarda arabcha alam soʻziga hozirgi kunda -chi qoʻshimchasini qoʻshish bilan alamchi “daryo qorovuli” ma’nosidagi yangi soʻz hosil qilingan. Alamchi qayiqda yurib, daryoning qayeri soy, qayeri chuqurligini bilish uchun kemalarga yoʻnalish belgilab, bayroqlar qoʻyib yuradi. Xorazmda, jumladan, Shimoliy Xorazmda ham äläm bayroqchi ma’nosida ishlatiladi, bu jihatdan olganda uning arab tilidagi ma’nosidan uncha farq yoʻq. Vaj soʻzi arabcha vaj-xea soʻziga aloqador boʻlib, arab tilida yuz, bet, bashara, tomon, yoʻnalish degan ma’nolarni anglatadi. Shimoliy Xorazm shevasida bu soʻzning har qanday predmet, narsa, bahona, sabab kabi ma’nolari keyinchalik paydo boʻlgan, rivojlangan boʻlishi kerak. Tadqiqot oyektida väj—narsa predmet, kiyim-kechak, hech narsa va asbob, bahona kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Meni väjlarim nerda? (Mening narsalarim qayerda?) Kechigib kelishga väj tovib qoʻyadi. (Kechikib kelishga bahona topib qoʻyadi). Arab tilidan kirgan barcha, hamma, bir yoʻla kabi ma’nolarni bildiradigan kulli soʻzi ham shevalarda faol ishlatiladi. Bundan tashqari, uning shevalarda biratoʻla, butunlay, batamom, birvarakayiga, umuman degan ma’nolari keyinchalik taraqqiy qilgan: bälli-külli äpki bärini, bälli-külli kesib ke. (batamom olib kel hammasini, batamom masalani hal qil). Xalpa soʻzi Xorazmda eng faol ishlatiladigan arabcha soʻzlardan biri hisoblanadi. Aslida bu soʻz arabcha xalifa soʻzi bilan aloqador boʻlib, birinchidan shevada eski maktabda qoloq oʻquvchilarni otaliqqa olgan, unga oʻrgatuvchi oʻquvchiga nisbatan ham xalpa soʻzi ishlatiladi. Bu jihatdan bu soʻz S. Ayniyning “Eski maktab”idagi xalifani eslatadi. Ikkinchidan, Xorazmda hozir bu soʻzning ma’nosi sal boshqacharoq ma’no kasb etgan, aniqrogʻi, xalpa soʻzi lapar, hazil-mutoyiba ohangida, shuningdek, turli termalar hamda dostonlardan parchalarni garmon yordamida ijro qiladigan xotin-qiz ashulachilarga nisbatan ishlatiladigan boʻlib qolgan. S. Ollaberganova xorazmlik ana shunday xalpalar ijodi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uchinchidan, ushbu soʻz arab tilidagi “oʻrinbosar” ma’nosiga yaqin holda janoza va ma’rakalarda diniy va pand-nasihat, tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan har xil asarlarni musiqasiz, oʻz ohangi bilan ijro etadigan, shu yoʻl bilan davradagilarga tasalli beruvchi ayollarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan: Rayimbay äkä öldi, märäkäsinä xalpa tavip kelish käräk (Rahimboy aka vafot etdi, ma’rakasiga xalifa topib kelish kerak). Gʻayir soʻzi ham arab tilidan kirib kelgan boʻlib, tadqiqot obyektimizda oʻzga, begona, egri, yomon ma’nolarida qoʻllaniladi. “Oʻzbekch-ruscha lugʻat” da uning qizgʻanch, 62 baxil ma’nolariga ega ekanligi qayd etilgan. Gurlan va Yangibozor shevalarida ushbu soʻzning, bulardan tashqari, egri (gʻayir adam –egri odam), gʻayirlik qilma-yomonlik qilma ma’nolari keng qoʻllanadi. Haz soʻzi ham arabcha boʻlib, halovat, lazzat ma’nosiga ega. Ta’kidlash kerakki, bu soʻz hozirgi lugʻatlarda uchramaydi. Shevada haz soʻzi asosiy ma’nosini saqlagan holda Xorazm shevalarida, jumladan, Shimoliy Xorazmda ham kayf-safo, mazza, rohatlanish, yaxshi kayfiyat kabi ma’no ottenkalarini ifodalaydi. Masalan: Bir haz ettigav (Rosa mazza qildik-a). Ma’nolarida biroz oʻzgarish sodir boʻlgan ana shunday arabcha soʻzlardan biri magʻzava soʻzidir. Ushbu soʻz, aslida, kir suvi ma’nosini anglatadi. Shevalarda bu soʻz gapga, soʻzga tushnmaydigan, bemaza, ezma, lanj ma’no qirralari bilan ishtirok etadi: Ras, bir magʻzava äkänsän-da.(Rosa, bemaza ekansan-da). Ana shunday soʻzlardan yana biri gʻassal soʻzidir. Arab tilida bu soʻzning vafot etgan odamni, yana oʻlikni yuvuvchi (murda shuy) ma’nosi bor. Shimoliy Xorazm (qipchoq) shevalarida ana shu ma’nosi taraqqiyotidan kelib chiqqan ishyoqmas, landavur, dangasa ma’nolariga duch kelinadi: dim gʻassal bolipsan, balam (Juda ishyoqmas boʻlibsan, bolam). Bulardan tashqari, shevalarda ishlatiladigan, boshqa mintaqalarda kam qoʻllaniladigan arabcha oʻzlashmalar qatoriga talxin (ashula, qoʻshiq), baqqal (baqqol), qullab (oshiq-moshiq), battal (oʻtmaslashgan ma’nosida), raja (reja) kabi koʻplab soʻzlar ishlatiladi. Umuman olganda, arab tilidan oʻzbek tili va uning shevalariga oʻtgan soʻzlarning umumiy salmogʻi, oʻzbek tilining lugʻat tarkibida tutgan mavqei oʻzbek tilshunoslari tomonidan oʻrganilgan va ularning miqdoriy nisbatlari toʻgʻrisida hisob-kitoblar qilingan, unga koʻra, lugʻat tarkibida 13% dan 20 % gacha arab soʻzlari ishlatilar ekan. [Мадраҳимов O. 1973:46.] Barcha joyda boʻlgani kabi, Xorazmda ham arab tilidan kirib kelgan soʻzlar keyinchalik oʻz soʻzlaridek qoʻllaniladigan boʻlib qolgan. Hatto bu soʻzlarning arabcha ekanligini sheva vakillari sezmaydilar ham. Bunday soʻzlar juda qadim zamonlardan iste’molda boʻlib kelganligi sababli, xuddi oʻz soʻzlaridek boʻlib qolgan. Bu jihatdan akademik Sh. Shoabdurahmonovning arabcha soʻzlar shevalarning lugʻat fondiga kirib, juda mustahkam oʻrganishib qolgan va tamoman oʻzbek soʻzlari kabi oʻqiladi, degan fikri juda oʻrinlidir. [Ўзбек тили лексикологияси. 1981: 94.] Demak, barcha shevalarda boʻlgani kabi, Xorazm (qipchoq) shevalarida ham oʻzlashma qatlam haqida gap ketganda, birinchi navbatda, arab tilidan kirib kelgan soʻzlar haqida fikr yuritiladi. Arabcha soʻzlarning shevalarga kirib kelishi arablarning Xorazmni bosib olishi natijasida islom dinining qabul qilinishi barobarida, machit, madrasalarda arab tilida dars berilishi, arab tilining din tilidan tashqari ilm-fan tiliga aylanishi kabi omillar natijasida Shimoliy Xorazm shevalarida ham arabcha leksik qatlamning tashkil topishiga sababkor boʻldi. Bunda Xorazm aholisining bir paytlar xorazmiy tilida soʻzlashganligi, bu tilning eroniy tillar oilasining sharqiy guruhiga mansubligi, qolaversa, fors-tojik tiliga bu tilning yaqinligi, davlat ishlari, rasmiy hujjatlarning forsiyda yuritilishi, ayniqsa, forsiy tilda badiiy ijod namunalarining yaratilishi natijasida ana shu asarlar orqali turli sohaga oid, turli ma’nodagi arabcha soʻzlarning kirib kelishi sodir boʻlganligini, oʻz navbatida bu soʻzlar negizida soʻzlar yasalganligi, soʻzlar ma’nolarida oʻzgarishlar yuzaga kelganligini alohida ta’kidlash kerak boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдуллаев Ф. Хоразм шевалари. – Тошкент, 1961.
2. Дешериев Ю.Д. Законименности позвития взаимедествия языков и советком обшества. – Москва. 1966.
3. МадраҳимовO. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. – Тошкент: Фан, 1973.
4. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. 63
5. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек адабий тили ва ўзбек шевалари. – Тошкент: Фан, 1962
XULOSA
Turkiy tilning shevalarida berilgan, keltirib o’tilgan va shu kunga qadar iste’molda bo’lgan leksik birliklarni shakl va mazmun jihatdan chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish hamda mazkur qo’llangan leksemalar bugungi kunga qadar mavjud va ma’lum hudud aholisiga xizmat qilib kelayotgani bizning qadim turkiy tilimiz naqadar boy ekanligidan dalolat ekanligini anglash, xuddi Xorazm shevasi kabi o’zbek tilining boshqa singarmonizmli lahja va shevalarini saqlash zarurligi ushbu maqola orqali yaqqol tasvirlangan. Bu maqolaning alohida ahamiyati va dolzarb mavzu ekanligi ham ayni shundadir. Ko’pgina tilshunoslikka oid kitoblarni o’qiganimizda ham bot-bot duch kelib, anglab yetganimizdek, leksika tarix, madaniyat, fan va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan o’zaro bog’liqdir.



Yüklə 22,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə