1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ta’limning asosiy qonun va qonuniyatlari tavsifi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə26/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

2.Ta’limning asosiy qonun va qonuniyatlari tavsifi
Ta’limda dialektikaning umumiy qonunlari va ta’limning maxsus qonunlari o‘z ifodasini topadi. Dialektikaning umumiy qonunlariga: qarama-qarshiliklar kurashi va birligi qonuni, miqdor o‘zgarishini sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni, inkorni inkor qonuni. Bu qonunlar ta’lim jarayonida qanday namoyon bo‘ladi ? Ta’lim jarayonida qarama -qarshiliklar kurashi va birligi qonuni amal qiladi. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotdagi o‘zgarishlar bizning mamlakatimizda ijtimoy qadriyatlarni va holatlarni o‘zgartirishga olib keldi, oldinlari qoralangan shaxsiy
sifatlarni shakllantirilishini (tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tavakkalchilik) taqozo etdi. Bu birinchi navbatda ta’lim jarayoni, uning mazmunini hamda texnologiyasini o‘zgartirishni talab etdi.
Ta’lim jarayonida miqdor ko‘payishi sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni amal
qiladi. Barcha integrativ shaxsiy sifatlar tavsifi (ishonch, motivlar, ehtiyoj, qadriyatlar, faoliyatning individual stili, ko‘nikma va malaka) miqdor o‘zgarishlarining ko‘payishi natijasini ifodalaydi. Miqdorning sifatga o‘tishi inkorni inkor qonuni mexanizmi bo‘yicha amalga
oshadi. Ta’limda dialektikaning umumiy qonunlaridan tashqari maxsus pedagogik qonunlar ham amal qiladi. Ta’lim nazariyasi tarixida ko‘plab olimlar pedagogik qonunlarni shakllantirishga urinib ko‘rganlar. Masalan, I. G. Pestalotsi ta’limni quyidagi qonunini shakllantirgan: jonsiz mavhum narsadan aniq tasavvurlarga, ulardan aniq tushunchalarga o‘tish qonuni. A.V.Xutorskiy quyidagi qonunlarni tavsiya etadi. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl va metodlarini ijtimoiy bog‘liqligi qonuni. Ijtimoiy tuzum va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ta’lim jarayonining asosiy komponentlariga: uning maqsadiga, mazmuniga, metodlariga, tashkil etish
shakllariga ta’sir qiladi. Masalan, XX asr oxirlaridagi demokratik o‘zgarishlar mamlakatda ta’lim tizimida o‘zgarishlarni taqozo etdi.
Ta’lim muhiti va o‘quvchining ijodiy o‘z-o‘zini namoyon qilishi o‘rtasidagi
aloqadorlik qonuni. Inson o‘zining ma’naviy va tabiiy mohiyatiga ko‘ra ijodkorhisoblanadi. O‘quvchining ijodiy imkoniyatlarini, potensialini amalga oshirish darajasi ta’lim jarayoni sharoitiga, vosita va texnologiyasiga bog‘liq. Ta’lim, tarbiya va rivojlanishni aloqadorligi qonuni. Ta’limga yo‘naltirilgan har qanday faoliyat o‘quvchi shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirib, umuminsoniy vaaxloqiy fazilat hamda sifatlarini shakllantiradi. Ta’lim natijasini o‘quvchilarni ta’limiy faoliyatiga bog‘liqligi qonuni. Ta’lim natijasi birinchi navbatda o‘quvchining o‘zini faolligiga hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilgan metod, vosita, shakl va texnologiyalarga bog‘liq. Ta’limiy jarayonni yagonaligi va bir butunligi qonuni. Ushbu qonun ta’lim jarayonining barcha elementlari (maqsad, mazmun, metod, shakl, natija) orasidagi ichki kelishuv zarurligini ifodalaydi. YUqorida ta’kidlanganidek, ta’lim qonuniyatlari aniq sharoitlarda takrorlanuvchi, o‘zaro aloqador, umumiy, obektiv aloqadorliklarni ifodalaydi.
Nazariyachilar va amaliyotchilar tomonidan ko‘p miqdordagi didaktik qonuniyatlar mavjudligi aniqlangan. Masalan, rus didakshunos olimi I. P. Podlasiy fikricha, 70 dan ortiq ta’lim qonuniyatlari mavjud. Ta’lim qonuniyatlari klassifikatsiyasini ko‘rib chiqaylik. Qonuniyatlar umumiy va xususiy turlarga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar har qanday ta’limiy jarayonga tegishli bo‘lib, ta’lim tizimini butunligicha qamrab oladi. Umumiy qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
• Ta’lim maqsadi qonuniyati. Ta’lim maqsadi:
a) jamiyatni rivojlanish tezligi va darajasiga;
b) jamiyatimkoniyatlari va ehtiyojlariga;
d) pedagogika fani va amaliyotining imkoniyatlariva rivojlanish darajasiga bog‘liq.
• Ta’lim mazmuni qonuniyati.Ta’lim mazmuni:
a)jamiyat ehtiyoji va ta’lim maqsadiga;
b) ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot tempiga;
d) o‘quvchilarni yosh imkoniyatlariga;
e) ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanganlik darajasiga;
f) o‘quv muassasasining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog‘liq.
• Ta’lim sifati qonuniyati. Ta’limning har bir yangi bosqichi samaradorligi:
a) oldingi bosqich mahsuldorligi va undagi erishilgan natijalarga;
b) o‘rganiladigan material xarakteri va hajmiga;
d) o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir etishga;
e) o‘quvchilarning o‘qiganligiga;
f) ta’lim vaqtiga bog‘liq.
• Ta’lim metodlari qonuniyatlari. Didaktik metodlar samaradorligi: a) bilim va malakalarni qo‘llash metodlariga;
b) ta’lim maqsadiga;
d) ta’lim mazmuniga;
e) o‘quvchilarni yoshiga;
f) o‘quvchilarni o‘quv imkoniyatlariga;
g) moddiy-texnik ta’minotga;
h) o‘quvjarayonining tashkil etilishiga bog‘liq.
• Ta’limni boshqarish qonuniyati.
Ta’lim samaradorligi: a) ta’lim tizimidagi teskari aloqaning intensivligiga;
b) tuzatuvchi ta’sirlarning asosliligiga bog‘liq.
• Ta’limni stimullashtirish qonuniyati. Ta’lim samaradorligi:
a) ta’limning ichki stimul va motivlariga;
b) tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) stimullarga bog‘liq.
Xususiy qonuniyatlar ta’lim tizimining alohida tomonlariga taalluqli.
Zamonaviy pedagogika fanida ta’lim jarayonining ko‘plab xususiy qonuniyatlari mavjudligi aniqlangan. Ta’limning xususiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
– didaktik (ta’lim natijasi o‘qituvchining kasb mahoratiga, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan metodlarga va vositalarga bog‘liq);
– gnoseologik (ta’lim natijasi o‘quvchilarni bilish faolligiga, malaka hamda o‘qish ehtiyojlariga bog‘liq);
– psixologik (ta’lim natijasi o‘quvchilarni o‘quv imkoniyatlariga, fikrlash qobiliyatlariga, diqqatning holatiga va darajasiga bog‘liq;
– sotsiologik (individning rivojlanishi boshqa barcha individlarning
rivojlanganligiga, muhitning intellektual darajasiga, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot holatlariga bog‘liq);
– tashkiliy (ta’lim jarayonining samaradorligi o‘quvchilarni bilish faolligini stimullashtirilishiga, bilish qiziqishlarini akllantirilayotganligiga, o‘qishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirilayotgan ta’limni tashkil etilishiga bog‘liq). YUqoridagi tahlillarga asoslanib, ta’lim jarayonining asosiy qonuniyatlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Ta’limni jamiyat ehtiyojiga bog‘liqligi qonuniyati.
2. Ta’lim jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni
aloqadorligi qonuniyati.
3. Ta’lim jarayonida o‘qitish va o‘qish jarayonlarining birligi qonuniyati.
4. Ta’lim jarayonida mazmunni maqsadga bog‘liqligi qonuniyati.
5.Ta’lim jarayonida metod va shaklni mazmun bilan aloqadorligi qonuniyati.
6.Ta’lim samaradorligi o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan metodlarga
bog‘liqligi qonuniyati.
7.Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni yosh va individual xususiyatlarini inobatga olinishi qonuniyati.
Ta’lim samaradorligini ta’lim sharoitlariga bog‘liqligi qonuniyati.
Ta’lim qonuniyatlari aniq prinsiplarda va ulardan kelib chiquvchi ta’lim
qoidalarida o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə