1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə65/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

TARBIYA METODLARI


I. Tarbiya metodlari to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Metod, usul, vosita

O‘zbekiston Respublikasining Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy, madaniy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi deyilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hozirgi kunda shaxs tarbiyasini muvaffaqiyatli, zamon talabi darajasida amalga oshirish va boshqarishni ta’minlovchi samarali metodlarni va vositalarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari masalasi pedagog olimlar va mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi.


Pedagogikada tarbiya metodlari masalasi tarbiya jarayonining murakkab va, shu bilan birga, muhim komponentlaridan sanaladi.
Tarbiya metodlari umumiy ma’noda jamiyat qo‘ygan tarbiyaning maqsadlarini va tarbiya jarayoni hal etadigan konkret vazifalarni amalga oshirish yo‘llaridir.
Tarbiya metodlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro birgalikdagi faoliyat usullaridir. Tarbiya metodi «shaxsga yaqinlashishning quroli» bo‘lib, u bevosita tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgandir.
Shunday qilib, tarbiya metodlari shunday usullar yig‘indisiki, uning yordamida shaxs ongi va xulqiga maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali, unda zarur insoniy sifatlar, foydali faoliyat tajribalari va ko‘plab axloqiy fazilatlar shakllantiriladi.
Pedagogika nazariyasida tarbiya metodlari bilan birga tarbiya usullari va tarbiya vositalari tushunchalari ham ishlatiladi.
Usul tarbiya metodining xususiy, alohida ma’no kasb etuvchi tushunchasi hisoblanib, u o‘sha metod samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga faol yordam beradi. Metodga nisbatan usul yordamchi, xususiy xarakter kasb etadi.
Masalan, mehnat jarayonida mehnat faoliyatini ko‘rsatish usul sifatida foydalanilib, jarayonni qanday qilib aniq bajarish yo‘li ko‘rsatiladi. Hikoya, ma’ruza metodlarida aniq dalillar keltirish (usul) bilan ko‘rsatmalilikka (usul) e’tibor qaratiladi.
Tarbiya vositasi kengroq tushuncha hisoblanib, unda tarbiya vazifalarini hal etish uchun pedagogik maqsadga muvofiq tashkil etilgan har qanday uslubiy yo‘llar tushuniladi. Bu umumiy tushunchaga, predmetlar, hodisalar, faoliyat ko‘rinishlari, texnik imkoniyatlar, obrazlar, pedagog faoliyati va boshqalar kirishi mumkin. Tarbiya vositasiga ko‘rgazmali qurollar, kitoblar, ommaviy axborot vositalari, umuman olganda, tarbiya jarayonida qo‘llanilgan imkoniyatlar barchasi kirishi mumkin.
Metod, usul va vosita tushunchalari o‘rtasida aniq bir chegara yo‘q. Metod, usul va vositalar o‘zaro dialektik birlikka ega. Tarbiyaviy ta’sir tizimida turli tarbiya metodlari o‘zaro bog‘liq holdagina ma’lum natijaga erishishi mumkin.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə