1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə169/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

NAZORAT SAVOLLARI:
1.Bugungi kungacha ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
2. Nima uchun o‘rta maxsus kasb-xunar kollejlari ko‘lami qisqartirildi?
3. Bu islohotlarning bosh maqsadi nima?
4.Nima uchun Yangi O‘zbekiston yangi maktab ostonasidan boshlanadi?

AMALIY TOPSHIRIQ.


Siz bugungi kungacha ta’lim sohasida bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni yozib chiqing (oxirgi 50 yillikda)




10-AMALIY MASHG‘ULOT.


Pedagogika tarixi kursiga kirish. Eng kadimgi davrlardan Vll asrgacha ta’lim - tarbiya va pedagogik fikrlar.
1.Pedagogika tarixi fan sifatida.
2.Ibtidoiy jamoda tarbiya 
3.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim- tarbiya va pedagogik fikrlar
Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o’rgatadi. O’tmishning pedagogik sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi.
Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O’zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz pedagogika tarixi fanini o’rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo’lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq og’zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o’quv qullanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz.
Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va SHarq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim – tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g’oyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi.
Pedagogika tarixini o’rganish o’qituvchilarining faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. SHuningdek, o’tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o’rganadi, bu esa uning kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka oid asarlardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu qo’llanmaning yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filolog olimlardan B.Ahmedov, A.Ahmedov, A.Abdullayev, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, A.Bahoutdinov, I.S.Braginskiy, B.G’.G’afurov, V.Zoxidov, I.Mo’minov, O.Fayzullayev, SH.SHomuxammedov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullayev, S.Rajabov va boshqalarning ishlari qo’llanma va yo’llanma vazifasini o’tadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə