1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə167/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

1)Ijtimoiy-g‘oyaviy omillar: jamiyatda shakllangan ma’naviy-axloqiy muhit; ijtimoiy munosabatlar mazmuni va unda etakchi o‘rin tutuvchi milliy g‘oya asoslari; tarixiy meros; o‘tmish sabog‘laridan chiqarilgan xulosalar; xorijiy mamlakatlar tajribasi; ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni va yo‘nalishlari; jamiyat a’zolarining turli sohalarda ko‘rsatgan kahramonlik namunalari; ijtimoiy-g‘oyaviy mazmundagi adabiyotlar;
2)Iqtisodiy omillar: mamlakatning er usti va osti boyliklari; jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy yo‘nalishi; erkin raqobotga asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari; jamiyat fuqarolarining yangicha iqtisodiy tafakkurga ega bo‘lishlari; aholida mehnat va ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ijodiy munosabatning qaror topganligi; ishlab chiqarish jarayonida erishilgan yutuqlar ana shular jumlasidandir;
3)Madaniy omillar: milliy-madaniy meros namunalari; ilm-fan, texnik va texnologiya taraqqiyoti, bu yo‘nalishda yaratilgan kashfiyotlar; ilmiy-fan, san’at va sportda erishilgan jahonshumul yutuqlar ana shular jumlasidandir.
Ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil etish ularda u kutilayotgan bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, “O‘zbekiston tarixi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq”, “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” kabi fanlar o‘quvchilarda fuqarolik hissini tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. SHuningdek, ta’lim jarayonini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etish maqsadga muvofiq: tarix va zamonaviylik o‘rtasidagi o‘zaro dialektik birlik; milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi; ijtimoiy-g‘oyaviy dunyoqarashni shakllantirishning ustuvor xususiyatga egaligi; ta’lim va tarbiya jarayoni birligi; ta’lim-tarbiyada insonparvarlik va insoniy g‘oyalar ustuvorligi; o‘quvchi shaxsini hurmat qilish; ta’limiy hamkorlikni yuzaga keltirish.
Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda, o‘quvchilarga fuqarolik, uning asoslari, fuqaroning huquq, burch va vazifalari to‘g‘risidagi bilimlarni berish, ularda fuqarolik madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə