1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə23/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

motivatsion vazifa – bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;

  • axborot uzatish vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi;

  • nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.

  • muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;

  • rivojlantirish-tarbiyalash vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;

  • o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.

    Ta’lim mazmuni o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv qo‘llanmalari: adabiyot va tarix xrestomatiyalari, spravochniklar, matematika, fizika, ximiya bo‘yicha masalalar to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo‘llanmalari darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).


    Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy an’analaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida o‘rnatilgan yagona qoida va talablarga mos kelish) hisoblanadi. Standartlashtirishda ikki omil muhim ahamiyatga ega. YA’ni: 1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi; 2) O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni rivojlanish an’analarining hisobga olinishi.


    Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   171




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə