Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti referat



Yüklə 19,73 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü19,73 Kb.
#145148
  1   2
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARNI NUTQIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH FAOLIYATINI LOYIHALASHTIRISH


MAKTABGACHA TA'LIMDA FAOL RIVOJLANUVCHI MUHITNI YARATISH UCHUN STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH
Reja:


1.Ilk yoshgacha bo’lgan bolalarning rivojlanishida nutqning ahamiyati 2. Ilk yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazishni loyihalashtirish
3. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda ta’limiy o’yin va mashg’ulotlar, ularga qo’yiladigan talablar
1. Ilk yoshgacha boMgan bolalarning rivojlanishida nutqning ahamiyati
Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi peda- gogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo’yicha uzoq va ko’p yillar davo- niida tadqiqot ishlari olib borildi. Bu masala bo’yicha mashhur olimlar, amaliyotchi-pedagoglar, metodistlardan Y. I. Tixeyeva, N. M. Shelovanov, N. M. Aksarina, N. F. Lasigina, Y. K. Kaverina, G. L.
Rozengart-Pupko, G. M. Lyalina, V. A. Petrova, N. S. Karpinskaya, 1. A. Panina, S. L. Novoselova, Y. V. Zvorigina, I. M. Kononova, N. N. Palagina, М. I. Popova, Y. I. Radina va boshqalar tadqiqot ishlari olib bordilar.
Bola hayotining birinchi yili eng mas’uliyatli davr bo’lib, bu davrda bola nutqida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu bolaning umumiy rivojlanishida nanioyon bo’ladi.
Bola tayyor nutq apparati bilan tug’iladi, iekin u gapirmaydi. Buning sabablari bir qancha:

  1. Yangi tug’ilgan chaqaloq (go’dak) o’zining nutq appa- ratidan foydalanish ko’nikmasiga ega emas, bu ko’nikniani unda hosil qildirish kerak.

  2. Unda nutq uchun mavzu (obyekt) yo’q, u bu mavzuni

(obyektni) to’plashi kerak.

  1. Unga nutqning so’z shakllari tan ish emas, bola ular bilan tanishishi kerak.

  2. Nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun bolaning tafakkurini rivojlantirish kerak.

  3. Nutq kishilarning bir-birlari bilan bo’lgan munosabatida rivojlanadi, go’dak hali atrofmi o’rab olgan kishilar bilan aloqa o’rnatgan emas.

Mana shu yuqoridagi yo’nalishlarga qarab, bolalar nutqining rivojlanishiga rahbarlik qilish kerak. Bola nutq apparatining takomillashishiga va nutqining ravojlanish jarayoni tezlashishiga ta’sir etish lozim.


Yüklə 19,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə