Geodeziya, kartografiya, geografiya



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#134539
  1   2   3
1-Amaliy ijtimoiy iqtisodiy katrt BJ


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI "GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA, GEOGRAFIYA " KAFEDRASI"GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR" YO'NALISHI 203-GURUH TALABASI

"IJTIMOIY-IQTISODIY KARTOGRAFIYA" FANIDAN
1-2-AMALIY ISHI
MAVZU: IJTIMOIY-IQTISODIY MAVZUDA TUZILGAN XARITA VA ATLASLAR BILAN TANISHISH, HAMDA ULARNI ASOSIY MAZMUNINI KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANISH

Topshirdi: _______________ Jiyanmuradov B
Qabul qildi: _______________ Normetov S

IJTIMOIY-IQTISODIY MAVZUDA TUZILGAN XARITA VA ATLASLAR BILAN TANISHISH, HAMDA ULARNI ASOSIY MAZMUNINI KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI NUQTAI NAZARIDAN O‘RGANISH
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Amaliy mashg‘ulot jarayonida talaba ijtimoiy- iqtisodiy mavzudagi xaritalarni to‘liq o‘rganish va tahlil natijasida ular bilan ishlay olish ko‘nikmalarini o‘zida shakllantiradi.

Amaliy mashg‘ulotni bajarilish tartibi: Talaba ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar joy olgan to‘plam yoki atlas bilan ishlaydi. Xaritalarni tahlil qilishdan oldin atlas yoki to‘plamni diqqat bilan o‘rgaib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘rganilayotgan xaritaning mazmunini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi. 1Atlasni o‘rganishda quyidagi taritbga rioya etiladi.

  1. Atlasning nomi bilan tanishiladi;

  2. Atlasning masshtabi

  3. Ishlatilishiga ko‘ra qaysi atlaslar turiga mansubligi o‘rganiladi;

Bichimiga(formatiga)va foydalanish usuliga ko‘ra


  • Yirik bichimli(stolusti)

  • o‘rta bichimli(kitob bichimidagi)

  • cho‘ntak bichimli(miniatyura)atlaslariga bo‘linadi.

Atlaslarning maqsadiga ko‘ra


  • ilmiyma’lumotnomali;

  • keng doira foydalangan(ma’lumotnoma,o‘lkashunoslikvab.)

  • o‘quv(maktabuchun)

  • maxsus maqsadli(dengiz,harbiy,turistik,yo‘lvah.k.)1

  1. Atlas qaysi tashkilot tomonidan, nechinchi yilda nashrga tayyorlangan va chop etilganligi o‘rganiladi;

  2. Atlas tarkibidagi xaritalarning mazmun va masshtab jihatidan bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Atlas to‘liq o‘rganib chiqilgandan so‘ng,uning tarkibidagi xaritalar quyidagicha tahlil qilinadi.

  1. Xaritaning nomi;

  2. Xarita joylashgan betlar va uning o‘lchami;

  3. Xaritaning matematik asosi;

  • Xaritaning masshtabi,

  • proyeksiyasi,

  • komponovkasi, 4.Xaritaning geografik asosi;

  • chegaralar

  • relyef

gidrografiya

  • Aholi punktlari

  • aloqa yo‘llari

  • o‘simliklar

  • xo‘jalik obyektlari

  1. Xaritaning legendasi batafsil o‘rganiladi;

  1. xaritada qo‘llanilgan kartografik tasvirlash usullari tahlil qilinadi;

2Belgilar usuli, chiziqli belgilar usuli, izoliniyalar(teng chiziqli belgilar usuli), sifatli rang (fon) usuli,miqdorli rang (fon) usuli, kartogramma, kartodiagramma, nuqtali, areallar va harakatdagi belgilar2 usullaridan qaysi birlari qo‘llanganligi aniqlanadi va qo‘llanish sabablari tushuntiriladi.

  1. Xaritaning komponovkasi tahlil qilinadi.

Xaritadako‘rsatilganjadvallar,diagrammalar,matnlar,kesmaxaritalar,qo‘shimcha fotosuratlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar shunday joylashtiriladiki, o‘quvchining e’tiborini ketma-ketlikda ma’lumotlar tarbibi asosida jalb qilish uchun xizmat qiladi. Qisqa holatda komponovka xaritaning o‘quvchanlligini oshiradi, talabadan shu mezonlar asosida xaritaning komponovkasi to‘g‘ri loyihalashtirilganligini baholash talab eitiladi.
Amaliy mashg‘ulot yakunida talaba o‘ziga ajratilgan xaritani batafsil, kompleks holatda, to‘liq tahlil qiladi va uni baholaydi. Olingan ma’lumotlarni 1- ilovada ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Men tahlil qilayotgan karta nomi: Qora va rangli metallurgiya,kimyo va neft-kimyo sanoati xaritasi



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə