1-ma’ruza. Ta’lim texnologiyasining tuzilishi reja


O‘quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari va uni tadbiq etish



Yüklə 120 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü120 Kb.
#135345
1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza AT

O‘quv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari va uni tadbiq etish
Axborot xavfsizligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorligini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari.
Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati ortib bormoqda.
Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda
Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.
Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli ishlar
Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O‘zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa’y harakatlar xususida so‘z bordi.

Yüklə 120 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə