|
![](/i/favi32.png) 1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. RejaKaryer maydonini rekuitivatsiya qilish
|
səhifə | 113/128 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 5,01 Mb. | | #167087 |
| foydali qazilma ma`ruzaKaryer maydonini rekuitivatsiya qilish. Foydali qazilmalami ochiq usulda yer qa ’ridan qazib olish natijasida katta maydon- dagi unumdor yerlar qishloq xo‘jalik oborotidan chiqarilishi bilan bir qatorda, karyerda olib boriladigan kon qazish jarayonlari atrof- muhit ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli foydali qazilmani qazib olish natijasida buzilgan yerlami rekuitivatsiya qilish zamrati tug‘iladi. Rekuitivatsiya - bu buzilgan yerlami xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari uchun yaroqli bo‘lishini ta'minlash maqsadida bajariladigan turli ishlar majmuyidir.
Biroq rekuitivatsiya hamma vaqt ham buzilgan yerlarni o ‘zining dastlabki holatiga keltira olmaydi va iqtisodiy tom ondan unga qilingan xarajatlami qoplay olmaydi. Rekuitivatsiya natijasida qishloq xo‘jaligi, o ‘rm onchilik, dam olish zonalari, suv om borlari, turarjoy va sanoat ishlab chiqarish binolari qurish kabi ishlarga yaroqli yerlar hosil qilinadi. Qaysi maqsadlarda foydalanishga m o‘ljallanganligiga nisbatan karyer tomonidan buzilgan yerlarni rekuitivatsiya qilish quyidagi ko‘rinishlarda bajarilishi mumkin:
Qishloq xo‘jaligiga tegishli - qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘sti- rish, bog‘lar, o‘tl(xilar Ьафо qilishga yaroqli yerlar hosil qilish;
0 ‘rm on xo ‘jaligiga tegishli zam in. suv, obi-havo m o‘ta- dilligini muhofaza qilish, shuningdek. ishga yaroqli yog‘och materiallari ishlab chiqarish uchun o ‘rm onzorlar hosil qilishga yaroqli yerlarni vujudga keltirish;
Tabiatni muhofazasiga tegishli, atrof-m uhitni zararlan- tiruvchi ag‘darmalarni ko‘kalamzorga aylantirish, dam olish zonalarini barpo qilish;
Suv xo‘jaligiga tegishli - baliqchilik va boshqa ishlab chi qarish sohalari uchun suv omborlari barpo qilish;
Qurilishga tegishli - turarjoy, sanoat va sport inshootlarini qurish uchun yer tayyorlash.
Yuqorida keltirilgan maqsadlar uchun yer tayyorlangandan so‘ng, kon texnik va biologik rekuitivatsiya qilish jarayonlari amalga oshiriladi. Kon-texnik rekuitivatsiya qilishga ag'darmalar tekislanib, qiyaliklari yassilanadi, ustiga hosildor qatlam barpo etish uchun tuproq yotqiziladi, shuningdek, meliorativ va yo‘l qurilishi ishlari bajariladi. Biologik rekuitivatsiya esa kon-texnik rekuitivatsiya tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda yemi hosildoriigini qayta tiklash uchun zarur b o ig a n biologik jarayonlar bajariladi. Rekultivatsiyada bajariladigan barcha ishlarni amalga oshirishda skreperlar, buldozerlar, ekskavatorlar, avtoag‘dargichlar va boshqa mexanizmlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|