1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


Kategoriya Qattiqlik darajasi



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə3/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Kategoriya

Qattiqlik darajasi

Jinslar

Mustahkamlik koeffitsienti

I

Yuqori darajadagi qattiq

Eng qattiq, zich va qovushqoq kvartsitlar va bazaltlar

20

II

Juda qattiq

Juda qattiq granitli jinslar. Kvartsli porfirlar, juda qattiq granitlar, kremniyli slanets, eng qattiq qumtoshlar va ohaktoshlar

15

III

Qattiq

Granit (zich) va granitli jinslar. Juda qattiq qumtosh va ohaktoshlar. Kvartsli ruda tanalari, juda qattiq temir rudalari

10

IIIa




Qattiq ohaktoshlar, Dolomit Kolchedan

8

IV

Aytarli qattiq

Oddiy qumtosh, temir rudalari

6

IVa




Qumtoshli slanetslar, slanetsli qumtoshlar

5

V

O’rtacha

Qattiq gilli slanets, qattiq bo’lmagan qumtosh va ohaktoshlar, yumshoq konglomerat

4

Va




Qattiq bo’lmagan slanetslar, zich mergellar

3

VI

Aytarli yumshoq

Yumshoq slanets, juda yumshoq ohaktoshlar, mel, tosh tuzi, gips, muzlagan tuproq, antratsit, oddiy mergelь, burdalangan qumtoshlar, toshli tuproq

2

VIa




Shebenli grunt, burdalangan slanets, shag’al va sheben, qattiq tosh ko’mir, qotgan loy

1,5

VII

Yumshoq

Zich loy, yumshoq tosh ko’mir, qattiq balchiq – loyli tuproq

1,0

VIIa




Yumshoq qumtoshli loy, less, graviy

0,8

VIII

Tuproqli

Unumdor yer, torf, yengil suglinkalar, qumsion tuproqlar

0,6

IX

Sochiluvchan

Ko’chma qum, mayda graviy, to’kma tuproq, burdalangan ko’mir

0,5

X

Oquchan

Oquvchi loy, botqoqli tuproq, suyultirilgan less, boshqa suyulgan tuproqlar

0,3



Kon jinslarinining burdalanish va burg’ilanish qiyinligi bo’yicha sinflanishi.
V.V.Rjevskiy kon jinslarini burdalashning qiyinligi nisbiy ko’rsatgichini quyidagi empirik bog’liqlik bo’yicha aniqlashni taklif etgan:
Pr= 0,5Ktr( + + )+0,5γ
bu yerda, Ktr=0,05-1,0 – kon jinslari darzdorligigi hisobga olish koeffitsienti; =34-450; =0,01-75; =0-43 – mos ravishda kon jinslarining siqilishga, surilishga va cho’zilishga chidamlilik chegaralari, MPa; γ=1,2-4,8 t/m3 ;
Mexaniq usul bilan burdalanadigan barcha jinslar burdalanish qiyinligi nuqtai nazaridan 5 ta sinfga ajratilgan: I sinf – yengil burdalanadigan (Pr=1-5); II sinf – o’rtacha burdalanadigan - (Pr=5,1-10); III sinf – qiyin burdalanadigan - (Pr=10,1-15); IV sinf – juda qiyin burdalanadigan - (Pr=15,1-20); V sinf – nihoyatda qatiq burdalanadigan - (Pr=20,1-25); Pr>25 jinslar kategoriyadan tashqari hisoblanadi.
Kon jinslarining qattiqligi – biror o’zidan qattiq asbob bilan ezg’ilanganda deformatsiyalanmasdan maxalliy qarshilik ko’rsatish xususiyati.
Tirnovchanlik- bu kon jinslarining qazib olish yoki ularni yuklash jarayonlarida kon mashinalari detallarini jinslarga ishqalanish natijasida yemirilishiga ta’sir etish xususiyatidir.
Kon jinslari va foydali qazilmalarning tirnovchanlik xususiyatlariga nisbatan ularni 5 kategoriyaga ajratiladi: a) tirnovchanlik xususiyati yo’q jinslar ( tuzlar, marganets rudalari, ko’mir ); b) kam tirnaydigan jinslar (sulьfid rudalari, qo’ng’ir temirtoshlar); v) o’rtacha tirnovchan jinslar (kvarts-sulьfid rudalar va yertomir rudalar); g) tirnovchan jinslar (kvartslangan rudalar va slanetslar); d) yuqori tirnovchi jinslar (porfiritlar, dioritlar, granitlar). Odatda, qattiqlik koeffitsienti yuqori bo’lgan jinslarning tirnovchanlik darajasi ham yuqori bo’lishi konchilik amaliyotida o’z tasdig’ini topgan.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə