1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari



Yüklə 109,6 Kb.
səhifə11/29
tarix22.06.2022
ölçüsü109,6 Kb.
#89914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiya

Tushunchalar

Tushunchalar tahlili






































Tijorat yozishmalari
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.
5- mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so'ngra (ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko‘ra guruhlang, ular o'rtasidagi farqni izohlang.
0‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq, belgilangan jadvalga muvofiq, ko'nglini ko‘-tarmoq, ko‘rishganimizda aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida, xushxabar eshitgandan keyin.
6 - mashq. Gaplarda tushirib qoldirgan so‘z va qo'shimchalami o'rniga qo‘yib ko‘chiring. Ushbu matnning oldingi matndan qanday farqlanishini tushuntiring.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2- bosqich talabasi Ahror Rahmonov... shaxsiy a’zolik... ochishingiz... so‘raymiz. A. Rahmonov o‘qishni bitirgan taqdirda, hisob bo‘limiga kutubxona ma’lumotnoma... topshirma... unga shahodatnoma bermas... kafolat bera... .
Ushbu majburiyat bajaril... holat... A. Rahmonov... dan kutubxonaga qaytarilmagan adabiyotlar... barcha moddiy javobgar... o‘z zimmamizga... ola... .

Yüklə 109,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə