1-Mavzu: Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Reja


O‘lchagich va ko‘rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar



Yüklə 25,51 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,51 Kb.
#181374
1   2   3
1- ma\'ruza

O‘lchagich va ko‘rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar. Avtomobilga qo‘yiladigan talablarni quyidagilarga ajratish mumkin :

  • umumiy talablar;

  • ekspluatatsiyaning talablari;

- iqtisodiy talablar;
- «xavfsiz» avtomobilga bo‘lgan talablar.
Avtomobilga bo‘lgan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:
1. Avtomobil konstruktsiyasi va o‘lchamlari tipaj talablariga mos bo‘lishi zarur;
2. GOST va Yevro, Yevro-1, Yevro-2 va 3 talablariga to‘liq javob berishi kerak;
3. Avtomobil konstruktsiyasining kelajagi bo‘lishi kerak;
4. Avtomobil konstruktsiyasi yuqori texnologiya jihozlariga mos bo‘lishi zarur;
5. Avtomobil agregat, uzel, qismlarida kamyob ashyolar ishlatilmasligi maqsadga muvofiq;
6. Zarur darajada qulay, komfortli bo‘lishi lozim;
7. Patentlash jihatidan "toza" bo‘lishi kerak va h. k.
Loyihalanayotgan va ishlab chiqarilayotgan avtomobil konstruktsiyalari davlat standartlariga, davlatlar aro xujjatlar talabiga javob berishi zarur. Gap shundaki, standart shartlarining bajarilishi avtomobillarning jahon bozoriga chiqishiga yo‘l ochadi.
Avtomobil konstruktsiyasiga ekspluatatsiya qiluvchilarning talablari quyidagilar:
– avtomobilni ekspluatatsiya qilishga bo‘lgan sarf – xarajatlar eng kam bo‘lishi kerak;
– transport vositasining o‘rtacha tezligi katta bo‘lishi kerak;
– avtomobilning yuk ko‘tara olish qobiliyatidan samarador foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lishi lozim;
– yonilg‘i, moy ashyolarining kam sarfli bo‘lishi maqsadga muvofiq;
- konstruktsiyasida moylanuvchi nuqtalari kam bo‘lishi lozim;
– agregat, uzel, qismlarini texnik qarovdan o‘tkazish o‘ng‘ay;
- yukni transportga ortish–tushirish oson bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi talablarning qondirilishini bir tomondan avtomobil konstruktsiyasi ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni samarador ekspluatatsiya qilish hisobiga ham erishilishi mumkin.
Avtomobil konstruktsiyasiga ekologik talablar uning atrof–muhitga ish jarayonida havoni ifloslantiruvchi gazlarning eng kam tarqalishini ta’minlashdir.
Avtomobil konstruktsiyasiga iqtisodiy talablar quyidagilar:
– o‘lchamlari va massasi kichik;
– ishlab chiqarish tannarxi past;
– yonilg‘i–moy tejamkorligi juda yuqori;
– kamyob ashyolarning ishlatilmasligi lozim.
Iqtisodiy talablar yuqori darajali texnologiya, fan–texnikaning eng oxirgi yutuqlaridan foydalanish, xizmatchilarning bilim saviyasi yuqori darajada bo‘lishi hisobiga erishilishi mumkin.



Yüklə 25,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə