1-Mavzu: Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Reja


Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari



Yüklə 25,51 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,51 Kb.
#181374
1   2   3
1- ma\'ruza

Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari,
baholovchi parametrlar.
Avtomobil dinamikasi - tortish va tormozlash dinamikasidan iborat.
Avtomobilning tortish dinamikasi-avtomobilning ma’lum ekspluatatsiya sharoitida uning maksimal o‘rtacha tezlik bilan harakatlanish qobiliyatidir.
Tormozlash dinamikasi - avtomobilning sekinla-nish va unumli tormozlanish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Yonilg‘i tejamkorligi - avtomobilning yonilg‘ini minimal sarflab transport ishini - bajarishdan iborat.
Avtomobilning boshqariluvchanligi -haydovchining hohishi bilan boshqarilayotgan avtomobilning boshqariluvchi g‘ildiraklar holatini o‘zgarishiga va shunga ko‘ra harakat yo‘nalishini o‘zgartira olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Avtomobilning turg‘unligi - uning yonaki sirpa-nishiga, ag‘darilishiga va surilishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Yo‘l to‘siqlaridan o‘ta olishi - avtomobilning og‘ir yo‘l sharoitlarida va yo‘l bo‘lmagan joylardan yura olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Yurish ravonligi - avtomobilning notekis yo‘ldan katta tezlik bilan kuzovni ortiqcha tebratmasdan harakatlanishi, tashilayotgan yukning sifatini buzmasligi, yurishni qulayligi, haydovchi va yo‘lovchilarning ortiqcha toliqtirmaslik qobilyatini ko‘rsatadi.
Harakat havfsizligi - haydovchining, yuk va yo‘lovchilarning yo‘l transport hodisalarisiz tashish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Nazorat savollari.
1. Avtomobil nazariyasi asoschilari kimlar?
2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari?
3. Avtomobilning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarida nimalar hisobga olinadi?
4. O‘lchagich va ko‘rsatkichlar, GOSTlar va me’yorlar?
5. Avtomobilning tortish-tezlik hususiyatlari?
Yüklə 25,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə