1-Mavzu Axborotni kodlash turlari


Matnli axborotlarni kodlash



Yüklə 388,68 Kb.
səhifə13/34
tarix17.12.2023
ölçüsü388,68 Kb.
#149643
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
1-Mavzu Axborotni kodlash turlari

Matnli axborotlarni kodlash. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning katta qismi kompyuter yordamida harflar, sonlar, tinish belgilari va boshqa belgilardan iborat matnli ma‘lumotlarni qayta ishlaydi.
Asosiy belgilarni kodlashning usuli ASCII(American Standard Code for Information Interchange-ma‘lumotlarni almasish uchun Amerika standarti)-kodi deb nomlanib, 16 lik sanoq tizimida kodlangan 16 ga 16 jadvaldan iborat.
Tovushli axborotlarni kodlash.
Fizika kursidan ma‘lumki tovush bu havoning tebranishidir. O‘zining tabiatiga ko‘ra tovush uzluksiz to‘lqindir. Agar tovushni elektr signalga o‘zgartirsak(masalan, mikrofon yordamida), biz vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi bir tekis kuchlanishni ko‘rishimiz mumkin. Kompyuter analog signalni qayta ishlashi uchun uni qandaydir ikkilik ko‘rinishdagi sonlar ketma-ketligi ko‘rinishiga o‘zgartirishimiz kerak. Buning uchun esa diskretizatsiya va raqamlash kerak.
Axborotni ikkilik sanoq sistemasida kodlash Kompyuter raqamlarining o`zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan ; ulangan yoki ulanmagan ; ha yoki yo`q va hokazo... ) ifodalanadi. bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabil qilinga bo`lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan.

12-Mavzu
Turli sanoq sistemalarida arifmetik amallar bajarish: qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish.
Barcha mavjud tillar kabi sonlar tili ham mavjud bolib, u ham o’z alifbosiga ega. Mazkur alifbo hozir jahonda qollanilayotgan 0 dan 9 gacha bolgan o’nta arab raqamlaridir, yani: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. Bu tilda o’nta belgi (raqam) bolganligi uchun ham, bu til o’nlik sanoq sistemasi deb ataladi.
Sanoq sistemalari paydo bo’lishidan avval odamlar barmoqlar yordamida hisob kitobni amalga oshirganlar. Keyinchalik arab raqamlari, rim raqamlari va boshqa xalqlarda ham o’z raqamlari paydo bo’la boshladi.
Masalan, Afrika qabilalari 5lik, inglizlar 12lik, Amerika qit’asida yashagan astek, maya qabilalari 20lik, qadimgi bobilliklarda 60lik sanoq sistemalarini o’z ichiga olgan.
Qadimgi zamonda yettilik sanoq sistemasi mavjud bo’lgan shuning uchun ham hafta kunlarimiz 7 kun deb belgilanga yoki dunyodagi mo’jizalar ham 7 ta. O’n ikkilik sanoq sistemasi mavjud bo’lgani uchun yildagi oylar soni 12 ta yoki burjlar 12 ta va hokazo.
Qadimgi hind raqamlari soni 9 ta (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) bo’lgan. Bu raqamlaga 0 (nol) raqamini qo’shiq orqali al-Xorazmiy arab raqamlarini yaratdi. Shunda qilib O’nlik sanoq sistemasi yaratildi.
Bizning kundalik hayotimizda qollanilayotgan o’nlik sanoq sistemasi hozirgidek yuqori ko’rsatkichni tez egallamagan. Turli davrlarda turli xalqlar bir-biridan keskin farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar.
Masalan, 12 lik sanoq sistemasi juda keng qollanilgan. Uning kelib chiqishida albatta tabiiy hisoblash vositasi – qo’limizning ahamiyati katta. Bosh barmog’imizdan farqli qolgan to’rttala barmog’imizning har biri 3tadan, yani hammasi bo’lib 12 ta bo’g’indan iboratdir. Mazkur sanoq sistema izlari hanuzgacha saqlanib qolgan. Masalan, inglizlarda uzunlikni o’lchash birligi:
1 fut = 12 dyum=30 sm,
pul birligi
1 shilling = 12 pens.
Qadimgi Bobilda ancha murakkab bo’lgan sanoq sistemasi 60lik sanoq sistemasi qo’llanilgan. Bu sanoq sistemasining qoldiqlari hozir ham bor.

Yüklə 388,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə