1-mavzu Biriktirilgan guruhda mustaqil ravishda kun tartibini o`tkazish



Yüklə 42,5 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#118486
Namangan tumani pedagogika kollNamangan tumani pedagogika kolleji axboroti


Namangan tumani pedagogika kolleji 2-kurs 1-sirtqi guruhi talabasi Azizova Maxmudaning 2023-yil 31-maydan 3-iyungacha o`tagan diplom oldi amaliyoti davrida olib borgan ishlari
AXBOROTI
Men, Namangan tumani pedagogika kolleji 2-kurs 1-sirtqi ta’lim guruhi talabasi Azizova Maxmuda, 2023-yil 31-maydan 3-iyungacha bo`lgan kunlarda diplom oldi amaliyotini olib borish davomida quyidagi reja asosida amaliyotni qilib bordim. Amaliyotni tashkil etishda biriktirilgan amaliyot rahbari qanday ishlarni olib borish haqida tushunchalarni tushuntirdi.
1-mavzu Biriktirilgan guruhda mustaqil ravishda kun tartibini o`tkazish. Ertalab bolalarni kutib olib, kun tartibi bilan tanishib, kun tartibi asosida bolalar bilan ish olib bordik
2-mavzu Rivojlanish markazlarida ta’limiy –tarbiyaviy faoliyatlarni tashkil etish.Rivojlanish markazlarida Ilk qadam davlat dasturi asosida tashkil etilgan mavzular bo`yicha markazlarda bolalar faoliyatlarini olib borildi, bolalar markazlarga bo`linib o`yinlarni o`ynadilar.
3-mavzu `Rivojlanish markazlarida ta’limiy –tarbiyaviy faoliyatlarni olib borishda tarbiyachilarga yordamlashish va tartibga keltirish. Bo`sh vaqtimizda tarbiyachilarni ish hujjatlarini o`rganib, markazlardagi ko`rgazmalarni tartibga keltirdik.
4-mavzu Umumiy guruh bo`lib ishlash ,nutq o`stirish va savodxonlikka o`rgatish mashg`ulotlarini tashkil etish. Bolalar bilan nutq o`stirish va savodxonlikka o`rgatish mashg`ulotlarini tashkil etdik . Bolalarga tarqatma kartochkalar berib, kichik -kichik hikoyalar va gaplar tuzdilar.
MTTga har kuni soat 7 : 30 da borib tarbiyachi bilan birgalikda yozgi ayvonchada bolalarni kutib oldik. Jismoniy tarbiya yoriqchisi bilan birgalikda musiqa sadosi ostida ertalabki badan tarbiya mashqlarini predmetlar asosida bajartirdik.1-mavzu asosida biriktirilgan o`rta guruhda kun tartibi asosida bolalar bilan ish olib bordik, ertalab bolalarni kutib olgandan so`ng tarbiyachini ish rejasi asosida bolalar bilan faoliyat olib bordik. Bolalar bilan rivojlanish markazlarida ertaklar asosida viktorina o`yinlarini tashkil etdik, Yozgi sog`lomlashtirish oyi uchun tarbiyachilarning tadbirlar rejasi asosida turli mavzudagi tadbirlarni tashkil etdik. .1-iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha guruhlarda tadbirlar rejasini tayyorlab tadbir tashkil etildi ,tadbirda bolalajonlar o`zlarini raqslari ,qo`shiqlari ,turli chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Tabbir yakunida bolajonlarga shirinliklarni tarqatildi. Birinchi mavzu boyicha turli guruhlarni kun tartibi va shu asosda bolajonlar bilan ish olib borishni o`rgandik.Ikkinchi mavzu bo`yicha Rivojlanish markazlarida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish bo`yicha bolalarni markazlarga bo`lib oldik va yil davomida tashkil etilgan mavzular bo`yicha qiziqarli o`yinlarni tashkil etdik ,bolalar markazlarga bo`linib berilgan vazifalarni qiziqib bajardilar.Bo`sh vaqtimda tarbiyachilarni ish hujjatlarini qanday yuritilishini o`rgandim va markazlar uchun yozgi ayvonchalar uchun ko`rgazmalarni tayyorlashda ,turli mavzularda ertak va hikoyalarni aytib berdim, yod olgan sh’er va qo`shiqlarini takrorlatdim. Kollejdan biriktirilgan amaliyot rahbari M.Sulaymanova amaliyotni nazorat qilgani borib , kundaliklarni qanday yuritilishi va qanday ishlarni tashkil etishimiz haqida tushunchalarni o`rgatdi.Men amaliyotni olib borish davomida tarbiyachilarni ish hujjatlarini o`rganib, o`z oldimga shunday vazifani qo`ydim. Men kelajakda kichik yoshli bolajonlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashda o`z hissamni qo`shishga harakat qilaman.

Namangan tumani pedagogika kolleji 2-kurs 1-sirtqi Guruhi talabasi Azizova Maxmudaning 2023-yil 5- 10-iyun kunlari o`tagan diplom oldi amaliyoti davrida amalga oshirgan ishilari


A X B O R O T I.
Men Namangan tuman pedagogika kolleji 2-kurs 1-guruh Azizova Maxmuda diplom oldi amaliyotini olib borishda har kuni ertalab soat 7:30 da MTTga bordim. Tarbiyachilar bilan birgalikda bolalarni sog`ligini ,tozaligini tekshirib qabul qilib oldik. Amaliyotni olib borishda kolledan biriktirilgan amaliyot rahbari M Sulaymanova bizga amaliyot olib borishda qanday ishlarni olib borishimiz haqida tushunchalarni tushuntirdi. Amaliyotni olib borishda quyidagi mavzular bo`yicha bolalar bilan ish olib bordik.
1.Bola shaxsini tarbiyalashda o`zbek xalq ertaklaridan va savodxonlikka o`rgatish mashg`ulotlarini tashkil etish.
2 Bolalar bilan buyuk siymolarimozning hayoti va ijodini o`rganish.
3. Musiqa raxbari va jismoniy tarbiya yo`riqchisi bilan birgalikda tadbirlarni tashkil etish.
4 Rivojlanish markazlarida ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatlarni mustaqil olib borish .Til va nutq markazini tashkil etish.
5. Umumiy guruh bo`lib uishlash –jismoniy tarbiya mashg`ulotini o`tkazish .Psixik yoki jismoniy nuqsonli bolalarni farqlash.
6 Dastur bo`yicha rivoj;anish markazlarida ta’limiy –tarbiyaviy faoliyat uchun tarqatma materiallarni tayyorlash
5-iyun kuni bolalarni kutib oldik. Ta’limiy faoliyat jarayonida savodxonlikka o`rgatish mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha bola shaxsini tarbiyalashda o`zbek xalq ertaklaridan foydalangan holda bolalar bilan syujetli –rolli o`yinlar markazida yil davomida eshitgan o`zbek va rus xalq ertaklari asosida suhbat o`tkazdik. Bolalar ertak syujetlarini rollarga bo`linib qiziqib bajardilar.
6-iyun kuni Bolalar bilan buyuk siymolarimozning hayoti va ijodini o`rganish mavzusi boyicha bolalar bilan faoliyat olib bordik.Buyuk siymolardan A. Navoiy Z. M. Bobur ijodi haqida videoroliklar orqali tushuncha berdim , bolalar yod olgan g`azallaridan .ruboiylaridan aytib berdilar.
7-iyun kuni . Musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo`riqchisi bilan birgalikda jismoniy tarbiya mahsg`ulotlarida sport tadbirini tashkil etdik. Bolalar tadbir davomida turli qiziqarli o`yinlarni tashkil etdilar.
1 Uzoqlikka yugurish
2 Velosepedda uchish.
3. Koptokni yerga urib, to`siqlar orasidan ilon izi bo`lib yurish.
8-iyun kuni Rivojlanish markazlarida ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatlarni mustaqil olib borish .Til va nutq markazida faoliyat tashkil etish boyicha turli mavzudagi ertaklar asosida qayta hikoyalab berdilar.
9-iyun kuni Umumiy guruh bo`lib ishlash –jismoniy tarbiya mashg`ulotini o`tkazish .Psixik yoki jismoniy nuqsonli bolalarni farqlash mavzusi bo`yicha bolalar bilan faoliyat olib bordik . Bolalarni aniqlab turli mashqlarni bajartirdik.
10-iyun kuni Dastur bo`yicha rivojlanish markazlarida ta’limiy –tarbiyaviy faoliyat uchun tarqatma materiallarni tayyorlashda tarbiyachilarga yordam berdim Markazlar uchun tarqatma materiallarni tayyorlashda yomdam berdim.
Amaliyot raqbari amaliyotni nazoratni qilgani borganda kundalikni qanday yuritilishi va bolalar bilan qanday ishlarni olib borishda tashkil etiladigan ishlar haqida tushunchalarni tushuntirdi.Men hafta davomida bolalar bilan faoliyatlarni olib borib, markazlarda faoliyatlarini tashkil etish haqidagi tushunchaga ega bo`ldim.

Namangan tumani pedagogika kolleji 2-kurs 1-guruh talabasi Azizova Maxmudaning ning 2023-yil 12-iyundan 20-iyungacha o`tagan diplom oldi amaliyoti davrida olib borgan ishlarinig


AXBOROTI
Men, Namangan tuman pedagogika kolleji 2-kurs 1- guruh talabasi Azizova Maxmuda 12-20 -iyun kunlari diplom oldi amaliyotini olib borishda quyidagi mavzular boyicha bolalar bilan ish olib bordim
1 Bolalar qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda ijodiy yodashish.mavzusida bolalar bilan qiziqarli o`yinlarni tashkil etdim o`yin davomida bolalar qiziqarli o`yinlarni o`ynadilar.
2 Intelektual bilish malakalarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o`yinlar va taqdimotlardan foydalanish.Bolalarni kutib olgandan so`ng bolalarni yil davomida olgan bilimlarini aniqlash maqsadida tarqatma materiallardan foydalanib “O`z uychangni top” oyinini o`ynatdim. O`yinni musiqa sadosi ostida tashkil etdim, “Mening oilam” mavzusida taqdimot orqali bolalarni uylarida kimlar yashashlari va ularni qanday ishlarni bajarishlari haqidagi bilimlarini aniqladim,
3 Ilm-fan va tabiat markazlarida ta’limiy –tarbiyaviy faoliyatlarni mustaqil olb boorish. Bolalar bilam fan va tabiat markazida xonadagi gullarni taglarini yumshatib, suv quydik. Bolalar qiziqib gullarni taglarini yumshatib suv quydilar.
4 Umumiy guruhiy bo`lib ishlash –matematika mashg`ulotlarini o`tkazish. Tarbiyachi bilan bolalrni kutib olib quyish –yasash va matematika markazida qurilish materiallaridan ,legolardan ,turli xildagi cho`plardan foydalanib o`zlari yashaydigan ko`chalari uylarini yasadilar bolalar yasab bo`lganlaridan so`ng faol qatnashgan bolalarni rag`barlantirdim.
5 Rivoj;antirish markazlari uchun ta’limiy –tarbiyaviy o`yinlar tanlash ,tayorlash va o`tkazish.Ertalab bolalarni kutib olib jismoniy tarbiya yiriqchisi bilan birgalikda predmetlardan foydalanib ertalabki badan-tarbiya mashg`ulotini tashkil etdik ,bolalar musiqa ostida xar bir xarakatlarni qiziqib bajardilar.Rivolanish markazlari uchun va turli harakatli o`yinlar uchun ko`rgazmalar tayyorladik .Ertaklar tasvirlangan suratlar asosida “Suratidan top” o`yinini o`ynatdim. Bolalar o`yinni qiziqib bajardilar bu o`yinni tashkil etish orqali ularning nutq boyliklarini oshiriladi.
6 Tarbiyachi bilan birgalikda rivojlantirish markazlari uchun ta’limiy faoliyatlarni olib borish Ertalab bolalrni kutib olgandan so`ng yil davomida olgan bilimlarini aniqlash maqsadida rivojlanish markazlarida bolalar bilan faoliyatlarni olib bordik .San’at markazida xohishlari bo`yicha ertaklar asosida rasm chizdilar va rangli qog`ozlardan foydalanib applikatsiya qildilar .Syujetli-rolli va dramalashtirish markazida bolalar dortor-doktor va mehmon-nexmon o`yinini o`ynadilar.Til va nutq markazida ertaklar tasvirlangan suratlar va kitoblar asosida ertaklarni takrorladilar.
7 Ochiq mashg`ulotlar tashkil etish Jismoniy –tarbiyayiriqchisi bilan birgalikda ochiqmqshg`ulot tashkil etdik tashkil etilgan mashg`ulotda bolalrga quyidagi xarakatlarni bajartirdim.

  1. Uzoqlikka koptokni dumalatish

  2. Ikki g`ildirakli velosepedda uzoqlikka minish.

  3. Koptokni kim birinchi olib keladi o`yinlarini tashkil etildi

8 Bolaning kundalik hayoti davomida –o`yin ,mehnat ,maishiy faoliyat va saer vaqtlarida nutqni o`stirish .Amaliyot xisobotlarini tayyorlashErtalab bolalarni kutib olgandan so`ng kundalik hayotlari davomida sodir bo`ladigan voqea hodisalar haqida turli qiziqarli o`yinlarni o`ynatdim . Sayrga olib chiqib, bog`cha atrofidagi gullarni kuzatdik va ixtiyoriy mavzuda o`yinlarni tashkil etdik
12-iyun kuni Bolalar qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda ijodiy yodashish mavzusida guruh tarbiyachisi bilan hamkorlikda san’at markazida mashg`ulot tashkil etildi. Bu jarayonda “Zumrad va Qimmat ertagi” asosida tarbiyachilar bilan birgalikda stoil teatri namoyish etildi.

Amaliyotni olib borish davomida kollejdan biriktirilgan rahbar Sulaymanova M nazoratga borib bajarayotgan ishlarimizni nazorat qilib ,kundalikni qayday yuritilishini bolalar bilan ish olib borishimiz haqida tushunchalarni beridi. Bo`sh vaqtlarimizda tarbiyachilarni ish xujjatlarini o`rganib ,rivojlanish markazlari uchun ko`rgazmalarni tayyorlashda ,xonalar va yozgi shiyponchalar uchun ko`rgazmalarni tayyorlashda yordam berdim. Men diplom oldi amaliyotini o`tash davomida MTTda yuritiladigan hujjatlarni ,markazlarda qanday jixozlarni bo`lishini o`rgandim .Men kelajakda o`z ustimda ish olb borib yosh avllodni barkamol qilib tarbioyalashda o`z hissamni qo`shaman.
Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə