1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə31/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

E‟tiqod – inson behad ishonadigan g‘oya va fikrlar bo‘lib, ularni hatto
shubha ostiga olish shaxs uchun noo‘rindir. Inson tashqi olamdagi voqyea-
hodisalarni tahlil qilarkan, ko‘p narsalarga o‘z e‘tiqodi nuqtai nazaridan qaraydi.

Qadriyatlar – eng qimmatli ma‘naviy boylik bo‘lib, inson uni
haqoratlanishi va tahqirlanishidan himoya qiladi, saqlaydi. Odatda qadriyatlarning 
umuminsoniy, biron ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy turlari farqlanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson qayerda yashashidan, boyligidan, mansabidan va 
boshqa xususiyatlaridan qat‘i nazar, doim ardoqlanadigan mazmundir, masalan -
tinchlik, hayot, ozodlik, birdamlik, mas‘uliyat, oriyat. 
Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar uchun qadrli va boshqa bir
guruh tomonidan e‘tiborsiz ma‘naviy boylik bo‘lib, milliylik, yoshlik va keksalik, 
oilaviy, siyosiy, hududiy oriyentirlardan iborat.
Shaxsiy qadriyatlar deb, ayni shaxsga tegishli qadriyatlarning o‘ziga xos 
majmuiga aytiladi. Har bir insonning ichki dunyosida sanab o‘tilgan
qadriyatlarning hamma guruhi mavjud. Yuqorida sanalgan uch guruh 
qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi muvofiqlikni
belgilaydi. Agar shaxsiy qadriyatlar ro‘yxatida umuminsoniy va guruhiy 
qadriyatlar yetakchi bo‘lsa, insonning jamiyatdagi o‘rni va hayoti nihoyatda yengil
va ravnaqlidir. Aks holda, inson ichki dunyosida uchraydigan turli guruh 
qadriyatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik shaxsda ichki tug‘yon va nizoni keltirib
chiqaradi.




Ustanovka – bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan
programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval 
anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan
holatga o‘tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb 
ataladi. Xodimdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda
maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, xodimning doimiy 
faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Piramida shaklida tasvirlangan shaxs tizimining asosiy psixologik mazmuni
shundan iboratki, inson hayotining mazmuni bo‘lmish missiyasi va e‘tiqodi, pastki 
qatlamda turuvchi qadriyat va ustanovkalar asosida shakllanadi. Qadriyat esa, o‘z
navbatida, inson qadrlovchi oriyentir sifatida ustanovkalarning rivojlanish 
natijasidir. Qatlamlar o‘rtasidagi bunday bog‘liqlik inson faoliyatiga ma‘lum
ma‘no kiritadi va hatto inson ichki dunyosini bir butun, yaxlit tarzda tushunish 
imkonini beradi. Gap shundaki, komil insonning hayotidagi hamma qatlamlar bir-
biri bilan uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi. Demak, uning qilayotgan ishlari 
qadriyatlariga mos keladi, e‘tiqodiga va hayotidagi asosiy maqsadi bo‘lmish
missiyasiga qarshi chiqmaydi.
Rahbar o‘z xodimini sinchkovlik bilan kuzatishi orqali, uning shaxsidagi
qatlamlar o‘rtasida uyg‘unlik yoki ziddiyatni ilg‘ashi mumkin.
Rahbarning bunday nazarga ega bo‘lishini yana bir sharti - xodim
ruhiyatidagi qatlamlar ziddiyatiga tashkilot miqyosida shakllangan muhit ham 
sabab bo‘ladi. Demak, tashkilotda shakllangan normalar nosog‘lom bo‘lsa, xodim
nosamimiy harakatlarga yo‘l qo‘yadi va u o‘z e‘tiqodi va qadriyatlariga zid 
chiqishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan shaxs strukturasiga asoslangan holda zamonaviy 
rahbarni tavsiflar ekanmiz, unga xos bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar haqida ham
gapirib o‘tish lozim bo‘ladi. Aynan shu jihatlar insonning missiya va e‘tiqod 
qatlamlarida mujassamlashgan holda samarali rahbarning negizini tashkil etadi.
Rahbar e‘tiqodining, yetakchi qadriyatining jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy 
vazifalar bilan uyg‘unlashganligi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Shuning
uchun boshqaruv lavozimiga kadrlarni qo‘yish hamda rahbar kadrlarni baholash 
jarayonida e‘tiqod sohalarini birlamchi deb qabul qilinsa va bu mezonga asosiy
e‘tibor qaratilsa, o‘rinli bo‘lardi. Demak, davr talabi bilan, rahbarning siyosiy 
boshqaruvga qobiliyati dolzarb masalaga aylanadi.
Albatta, bunday qobiliyat rahbarning ma‘muriy-xo‘jalik majburiyatidan bir 
oz chetlanish deb o‘ylanishi mumkin. Lekin, mamlakatimizning hozirgi rivojlanish
bosqichi, xo‘jaligimizning umumjahon iqtisodiyoti bilan integrasiyasi, 
investisiyalar sohasidagi hamkorlik masalasi zamonaviy rahbarni xo‘jalik
muammolari doirasida cheklanib qolmay, balki atrofdagi voqyealarni kengroq 
idrok etishini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy rahbar nafaqat
tashkilotni iqtisodiy cho‘qqiga yetaklovchi shaxs, balki, targ‘ib etilayotgan davlat 
siyosatini mehnat jamoasi ongiga yetkazuvchi faol hamdir.
Yuqoridagi matndan quyidagi fikrlar kelib chiqadi: rahbarlarni tayyorlash va 
malakasini oshirish mobaynida iloji boricha shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, o‘z


e‘tiqodi va qadriyatlarini hayoti davomida aniq ifodalash choralari haqida bilim va
ko‘nikmalar shakllantirish lozim.
Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson tabiatining yaxlitligi o‘zgaga
ta‘sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. Rahbarni tayyorlash, uning
malakasini oshirish bilan bog‘liq har qanday tadbir oxir-oqibatda rahbar shaxsi,
uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish, o‘zgalarga ta‘sir etish ko‘lamini
kuchaytirish maqsadini qo‘yadi.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə