1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Mavzu yuzasidan o‟z-o‟zini nazorat va muhokama qilish



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə53/64
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#158967
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v-fayllar.org

Mavzu yuzasidan o‟z-o‟zini nazorat va muhokama qilish 


uchun savollar: 

1.Rahbarlik muloqotining xususiyati? 

2.Rahbarlik muloqoti bosqichlari tavsifi? 

3.Muloqotda idrok jarayoni? 

4.Muloqot – tarbiya vositasi sifatida? 

7-MAVZU: MOJARO VA MUZOKARALARNING O‟ZARO

UYG‟UNLIGI 

Reja: 

1.Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. 

2.Rahbar faoliyatida muzokara. 

3.Muzokara olib borish bosqichlari. 

4.Muzokara yakuniga salbiy ta’sir etuvchi psixologik omillar. 


1.Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. 
Muzokara – bu, biron-bir masala yuzasidan kelishuv jarayonidir. Bu
jarayonda, odatda, kamida ikki tomon ishtirok etadi va har qaysi tomon, o‘z
manfaatini amalga oshirishni ko‘zlaydi. Manfaatlari turlicha bo‘lishiga qaramay,
umumiy faoliyat olib boruvchi tomonlar ma‘lum qoidalar doirasida harakat qilib,
o‘zaro qoniqtiruvchi va hamma tomonga ma‘qul yechim ustida ish olib boradilar.
Aynan shu umumiy
faoliyatning mavjudligi manfaat va maqsadlarni
muvofiqlashtirish imkoniyatini tug‘diradi. Shuning uchun ham, muzokara orqali
maqsadga erishishni hohlovchi rahbar bu jarayonga xos tomonlarni, qolaversa,
xususiyatlarni bilishi va kezi kelganda ularni boshqara olishi lozim.


2.Rahbar faoliyatida muzokara. 
Muzokara olib borish ko‘lami juda keng bo‘lib, bu soha tashkilotdagi ayrim 
ziddiyatli holatni ijobiy yo‘nalishda hal etishdan boshlab, toki sarmoya jalb
etishdagi qulay pozisiyani qo‘lga kiritishga va hatto ziddiyatdagi tomonlarni 
yarashtirish yo‘lida vositachilik vazifasini bajarish maqsadida ham qo‘llaniladi.


Shu bois, rahbar muzokara olib borishga oid asosiy qonun va qoidalarni bilishi,
ulardan amaliy tarzda foydalana olishi lozim. Muzokara bu, nafaqat biron masala
yuzasidan fikr almashish, balki muzokara ishtirokchisi bo‘lmish rahbar orqali
uning tashkiloti haqida xulosa chiqarish manbai hamdir. Demak, muzokara olib
borish mahoratiga ega rahbar hatto o‘rtame‘yona tashkilotni ham boshqa
raqobatdosh tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham
ega. Ushbu jumlalarni o‘qigan o‘quvchida muzokara bu, yo‘q narsani bor qilib
ko‘rsatish mahorati emasmikan, degan fikr tug‘ilishining mutlaqo tarafdori
emasmiz.
Rahbar o‘z tashkiloti imkoniyatlari, uning kuchli tomonlarini yaxshi
tasavvur qila olishi va bu xususiyatlarni yanada ijobiy tarzda taqdim eta b ilishi
lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o‘ziga, balki, tashkilot xodimlariga ishonchni,
kelajakka katta umid bilan qarashni va shaxsning muvaffaqiyatga yo‘nalishini
ifodalaydi.
Muzokaralar turli sharoit va tomonlar ishtirokida o‘tadi. Bu esa,
muzokaraning oson kechmasligini, bu jarayon davomida turli-tuman kutilmagan
omillar ta‘siri mavjudligini asoslaydi. Odatda muzokara har qanday murakkab
tuzilma singari bir necha asosiy bo‘laklardan iborat: muzokara mazmuni, muloqot,
munosabatlar, tadbirlar (qoidalar, muhokama tartibi, protokol). Muzokaraning
jarayon sifatida murakkabligi shundaki, ushbu sanab o‘tilgan har bir qism dolzarb
ahamiyat kasb etadi va muzokara natijasining hal etishga o‘z ulushini qo‘shadi.
Masalan, muzokaraga oldindan tayyorlanish, hamma hujjatlarni batafsil o‘rganib,
mulozamat qoidalarini o‘rniga qo‘yib ijro etish mumkin, lekin hamsuhbatimiz
milliy xususiyatiga oid ba‘zi jihatlarga e‘tiborsizligimiz butun urinishimizni zoye
ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning tashqi tomoni, po‘stlog‘i deb atash
mumkin. Lekin bu jarayonning ichki tomoni ham borki, unda muzokaraga
tayyorlangan tomondan qator vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu
vazifalara qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
ü o‘zga tomonda qiziqish uyg‘otish;
ü masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri tushuntirishga erishish va shu
bilan birga o‘zganing qarashi haqida to‘la-to‘kis tasavvurga ega bo‘lish;
ü o‘zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg‘otish;
ü birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o‘zgada mas‘uliyat uyg‘otish.
Ushbu
vazifalarni
amalga
oshirish
muzokaraning
muvaffaqiyatini
ta‘minlovchi asosdir.
Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,
tashkilot rahbari olib boradigan muzokaralar ichki yoki tashqi turlarga bo‘linishi
mumkin. Ichki muzokaralar – tashkilot ichidagi muammoga yo‘nalgan bo‘lib,
ushbu muzokarani qo‘llash zarurati mazkur sharoitda boshqaruvning odatiy
uslublari o‘z kuchini yo‘qotganligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari tashqi
muzokara ham mavjud va u o‘z navbatida bir necha darajaga bo‘linishi mumkin:
mamlakat doirasidagi sohada, sohalararo va xalqaro muzokaralar. qayd etilgan
pog‘onalarga qanchalik yuqori ko‘tarilsak, bunda amalga oshuvchi muzokaraning
ahamiyati ham shunchalik oshib boraveradi. Xo‘sh, qanday holda muzokaraga
murojaat etiladi va qay sharoitda muzokarasiz ham ish ko‘rish mumkin.


Muzokaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama harakat natija
bermaydi; masalaning yechimi qonun bilan belgilanmagan; masalani sudgacha hal
etish samaraliroq bo‘lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda.
Odatda muzokaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari farqlanadi va
ular muzokara shakliga ko‘ra turlicha mazmunga ega. Masalan, xalqaro
munosabatlar sohasidagi muzokaralar aniq qayd etilgan qoida va me‘yoriy
tomonlariga ega bo‘lsa, xo‘jaliklararo uchrashuvlar doirasidagi ko‘pgina
uchrashuvlar tomonlarning qo‘l siqishi orqali ham tasdiqlanib ketaveradi. Lekin
muzokara qay darajada amalga oshirilmasin uning natijasi kelishuvdan va ushbu
kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə