1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo‟ginni aniqlay olish tamoyili



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə45/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo‟ginni aniqlay olish tamoyili. 
Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko‘p va har xil masalalarga (muammolarga) 
duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o‘zi hal qilmoqchi bo‘lsa, uning
kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. Shuning uchun boshliq 
korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, ya‘ni birinchi navbatda
yechilishi zarur bo‘lganlarini ko‘ra bilish va ajratish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart, 
ya‘ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy bo‘g‘inni aniqlay bilishi kerak.
Buning uchun boshliq adabiyot va axborot vositalarida e‘lon qilingan
korxona yo‘nalishiga oid bo‘lgan materiallarni tahlil qilishi va o‘zida to‘g‘ri xulosa
chiqarishi, fan va texnika yutuqlarini o‘rganib, ularni o‘z korxonasida qo‘llash 
yoilarini qidirishi, korxonaning sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or
(raqobatdosh) korxonalarning ishlash usullarini o‘rganishi va iloji boricha 
korxonasida o‘rgangan usul va vositalarni qo‘llash va nihoyatda o‘z korxonasining
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, boshqa raqobatdosh korxonalarning faoliyati 
bilan solishtirib chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.
Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ilg‘or 
(raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko‘tarish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida 
birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni
(korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi. 


Qabul qilinadigan qarorlarning ob‟yektivligi va ilmiyligi tamoyili. Ish
faoliyatida rahbar odamda ko‘p masalalar bo‘yicha har xil qarorlar qabul qilishga 
to‘g‘ri keladi. Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan foydadan
kimlar manfaatdor bo‘lishiga qarab, ular ob‘yektiv va sub‘yektiv bo‘lishlari 
mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni ko‘zda tutsa
ob‘yektiv, sub‘yektiv, ya‘ni qaror qabul qiluvchi shaxsning manfaatlarini ko‘zda 
tutsa sub‘yektiv qarorlar bo‘ladi. Ko‘pincha qabul qilingan qarorlard.





Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə