1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Mavzu yuzasidan o‟z-o‟zini nazorat va muhokama qilish uchun



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə46/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Mavzu yuzasidan o‟z-o‟zini nazorat va muhokama qilish uchun

savollar: 

1.Boshqaruv uslubi ta’rifi? 

2.Rahbarlik uslubiga yondoshuvlar? 

3.Partisipativlik uslubi? 

4.Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari? 

5.Boshqarish tamoyillari? 
6-MAVZU: BOSHQARUV MULOQOTINING ILMIY-AMALIY

ASOSLARI 

Reja: 

1.Rahbarlik muloqotining xususiyati. 

2.Rahbarlik muloqoti bosqichlari tavsifi. 

3.Muloqotda idrok jarayoni. 

4.Muloqot – tarbiya vositasi sifatida. 

1.Rahbarlik muloqotining xususiyati.
Rahbar faoliyatining asosiy qismini muloqot jarayoni tashkil etadi. Qabul 
qilingan qarorning ijrosini ta‘minlash, xodimlar va tashkilot faoliyatini tashkil
etish, nazorat va xodimlar faoliyatini rag‘batlantirish jarayonlari ham muloqot 
orqali amalga oshadi. Psixologiya fanida shaxsiy va ish yuzasidan muloqot turlari
farq qiladi. Ushbu matnda asosan ish yuzasidan bo‘ladigan muloqot tabiati va uni 
shakllantirish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Boshqaruv muloqoti –
xodimlarni ma‘lum tomonga yo‘naltirish maqsadidagi o‘zaro ma‘lumot 
almashinuvi jarayonidir. Boshqaruv muloqoti quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berish; 
2.Vazifa, topshiriq qanday ado etilganligi haqida «qayta aloqa», ya‘ni
hisobotni qabul qilish; 
3.Itoatdagi xodimlarga vazifa qanday bajarilganligi haqida baho berish.
Muloqotni mohirona olib boruvchi rahbarda o‘z vazifalarini samarali tarzda 
tashkil etish imkoniyati oshadi. Xodimlarga ta‘sir etish, ularga g‘ayrat bag‘ishlash,
tashkilot maqsadi sari yetaklash kabi tashkiliy vazifalar ham malakali muloqot 
orqali ta‘minlanadi.
Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot 
sohasidagi faolligi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo‘nalganligi,
anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonning muloqot jarayonini qanchalik 
mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir. Rahbar muloqot
jarayonining ichki qonunlarini bilishi juda muhimdir. Muloqot jarayonini 
boshqarishga oid vosita va uslublar muloqot texnologiyalari iborasi orqali


ifodalanadi. Aynan shunday texnologiyalarni o‘zlashtirish va vaziyatga oid


ravishda qo‘llash muloqotning erkinligini ta‘minlaydi.
Muloqotning ichki qonunlariga oid quyidagi fikrlar ish yuzasidan bo‘ladigan
o‘zaro munosabatlar doirasini yanada kengaytirish va o‘zgalarga samarali ta‘sir 
etish imkonini yaratadi. Shu munosabat bilan, muloqot jarayonini boshqarish
imkonini beruvchi shartlardan biri uni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir.
Rahbar boshqaruvi jarayonida muloqot tadbirini tashkil etar ekan bu
jarayonni rahbarlik muloqoti deb atash mumkin. To‘la-to‘kis va me‘yorida tashkil 
etilgan rahbarlik muloqoti quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.Aloqa kontakt o‘rnatish. 
2.Masalani muhokama qilish.
3.Yechim variantlarini izlash. 
4.Qaror qabul qilish.
Ijobiy natijaga olib keluvchi rahbarlik muloqoti ta‘kidlangan bosqichlarning 
aynan shunday ketma-ketligida amalga oshadi. Aniqrog‘i, muloqot jarayonining
samarali o‘tishi, ko‘p jihatdan, shu bosqichlarni navbatma-navbat amalga oshirish 
bilan bog‘liq. Bu shartni ta‘minlash esa, avvalambor, rahbar zimmasiga yuklatiladi,
chunki boshqaruv muloqotini yo‘naltirish asosan uning imkoniyati doirasidadir.
Endi, yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Rahbarlik muloqotini shakllantirishdan asosiy maqsad - rahbar bu jarayon orqali 
o‘z xodimlari bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan muammolarni hal etadi.
Masalan, yangi yil kechasi oldidan biron-bir xodimni ishxonada navbatchilikda 
qoldirish va umuman, korxona miqyosida xodimni bevosita mas‘uliyati doirasiga
kirmaydigan biron-bir ishga jalb etish kabi muammoli vaziyatlarni ko‘plab qayd 
etishimiz mumkin. Albatta, bunday tashkilotchilik vaziyatlarini hal etishning eng
oddiy usuli mavjud.
Jumladan, oddiygina bir buyruq bilan xodimni deyarli har
qanday ishni zimmasiga olishga majbur etish mumkin. Ammo, ishning natijasi 
qanday bo‘lishi, vazifani bajarishga xodimning qanchalik sidqidildan munosabatda
bo‘lishi, topshiriq sifatini hal etadigan asosiy omildir.
Shuning uchun taklif etilayotgan boshqaruv muloqoti modelida xodimning
vazifaga mas‘uliyatini oshirish, unda topshiriq natijasi ijobiy bo‘lishiga 
kuyunchaklik hissini kuchaytirish nazarda tutiladi.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə