1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə77/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

Moliyaviy faoliyatdan daromadlar:
- royalti ko`rinishidagi daromadlar;
- O`zR hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo`lgan aksiyalar bo`yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlardan daromadlar;
- valuta kurslari farqidan daromadlar;
- qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan daromadlar;
- moliyaviy faoliyatining boshqa daromadlari.
Yuqoridan ko`rsatilgan daromadlar hisobot davrida 9500 “Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schetlar” kreditida hisobga olinib, hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natija scheti bilan yopiladi.
MISOL. Korxona hisobot davrida moliyaviy faoliyatidan quyidagi daromadlarni oldi:
- sho`’ba korxonasiga qo`yilgan investitsiyalardan dividendlar hisoblandi 50 ming so`m
Dt _____ “Olinadigan dividendlar”
Kt _____ “Dividendlar qo`rnishidagi daromadlar” 50 ming so`m
- berilgan qarzga foiz hisoblandi 40 ming so`m
Dt ______ “Olinadigan foizlar”
Kt _____ “Foizlar ko`rinishidagi daromadlar” 40 ming so`m
- debitorlik qarz bo`yicha ijobiy valuta kurs farqi 70 ming so`m
Dt _____ “Xaridorlardan olinadigan schetlar”
Kt_____ “Valuta kursi farqidan daromadlar” 70 ming so`m
- uzoq muddatga ijaraga berilgan ob’ektlar bo`yicha foizlar 100 ming so`m.
Dt _______ “Olinadigan foizlar”
Kt _____ “Moliyaviy ijaradan daromadlar” 100 ming so`m
- hisobot davr oxirida:
Dt _____ “Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar” 50 ming so`m
Dt _____“Foizlar ko`rinishidagi daromadlar” 40 ming so`m
Dt _____“Valutalar kurslari farqidan daromadlari” 70 ming so`m
Dt ______“Moliyaviy ijaradan daromadlar” 100 ming so`m
Kt_____ “Yakuniy moliyaviy natija” 260 ming so`m

Daromadlar tarkibiga shuningdek favqulodda foyda ham kiradi. Korxonaning odatiy xo`jalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi hodisalar (tasodifiy, kutilmagan va odatiy bo`lmagan) natijada vujudga keladigan foyda.


Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar” 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” scheti bilan bog`langan holda yopiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə