1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish



Yüklə 295,67 Kb.
səhifə23/54
tarix30.12.2023
ölçüsü295,67 Kb.
#164964
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi-fayllar.org

2.3. Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish
Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z vaqtida tuzatish zarur. Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki yoppasiga tekshirish usullari qo‘llaniladi. Yozuvlardagi xatolar har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki summa noto‘g‘ri yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l quyilishi, xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan bo‘lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim.
Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: korrektura, qizil storno va qo‘shimcha yozuv.
Korrektura usuli ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib quyiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada, maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l quyilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib quyiladi).

Yüklə 295,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə