Somoniylar davridagi kumush inqirozi nimalardan iborat bo'lgan



Yüklə 1,21 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#147741
Somoniylar davridagi kumush inqirozi nimalardan iborat bo\'lgan.


Mustaqil ish
Mavzu:
301- guruh talabasi
Inomjonova Nafosatoy
Somoniylar davridagi kumush inqirozi nimalardan iborat bo'lgan.
Somoniylar xukmronligi o’rnatilgandan keyin Ismoil ibn Axmad davrida kumush tangalar ko’plab ishlab chiqariladi. Keyinchalik oltin tangalar paydo bo’la boshlaydi. Oltin tangalarga nisbatan a`lo sifatli kumushdan ko’plab zarb qilingan tangalar mamlakat tashqarisiga xam chiqib ketgan. Somoniylar tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar xuddi xalifalik davrida zarb qilingan tangalardek edi. Mis yoki kumush tangalarning bir tomonida bir yoki ikki qator axyon-axyonda uch qator yozuvlar uchraydi. Dirxamlarda faqat Somoniylar noibining ismi yozilibgina qolmay, xalifalarni ismlari xam yozilgan.
Somoniylar davridagi kumush inqirozi .
Somoniylar davrida zarb qilingan mis tangalar tashqi ko’rinishi bilan xam diqqatga sazovordir. Mis tanga ko’proq tarqalgan., ko’p muomalada bo’lishiga qaramay u dirxam va dinorlar singari puxta ishlangan. Ulardagi yozuvlar xam chiroyli. Ayrim mis tangalar, ayniqsa buxoroda zarb qilingan mis tangalar shunchalik chiroyli va puxta ishlanganki kishini xayratga solgan. O’sha davrlarda 30dan ortiq zarbxonalar bo’lgan. Lekin ular vaqti – vaqti bilan qisqa muddat ishlab keyinchalik yopilgan.
Somoniy dinorlari nisbatan kichik ko’lamda asosan Turkistondan tashqarida zarb qilingan, ko’plab Xuroson, ayniqsa Morvarounnaxrda Buxoro, Samarqand va SHoshda zarb etilgan. Mis tangalar deyarli movarounnaxrda, Buxoro va Samarqandda ikki xil qiymatda – adli va pashiz tarzida chiqarildi. Somoniylar davridagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki. Tangashunoslik soxasida xam shu davrlardan boshlab qalbakilashtirish masalasi bu davrda xam tangalarni xar vaqt qo’lbola uskuna shtampelda zarb etishavergan. Zarbxona uskunasi ular qo’liga tushib qolgan.Tangalarni qalbakilashtirish asrlar davomida mo’may daromad keltirgan, shuning uchun ular o’limdan xam qo’rqmay faoliyatini davom ettirganlar. Bu esa tanga chaqalarning qadri yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Somoniylar vaqtidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tangashunoslik so'zida ham shu davrlardan qalbakilashtirish masalasi. Bu davrda ham, tangalarni har vakt qul-bola qurilmalar stampeda zarbavermagan, zarbxona yetishtirish qurilmalari ular quliga tushib kolgan. Bu hol tanga chakalarni kalbakilashtirishasrlar yordam bergan, shuning uchun ular o'limdan ham qo'rqmay, davom ettirilgan. Bu esa tanga chakalarni kadri yukori ekanligdan dalolat beradi.
XI asr O’rtalariga kelib Ettisuv va Farg’onada tarkibida umuman kumush bo’lmagan dirxam tangalar zarb qilingan va ok tangaga "dirxam" - ya`ni kumush tanga deb yozilgan.
Fanda "kumush inqirozi" deb atalgan bu xodisa XI asrda butun musulmon sharqida kayd qilingan. Qoraxoniylar davlatida "kumush inqirozi"ni sodir bo’lishiga o’zaro kurashlar sabab bo’lgan. undagi ko’plab xarajatlar sifatsiz dirxamlarni chiqarishga sabab bo’lgan, tanga 46 zarb qilishdagi bunday firibgarlik, axolini kumush va mis tangalarga bo’lgan ishonchini yo’qotgan.
SHuning uchun, X1 asr oxiri va XII asrda Qoraxoniylar davlatining shimoliy viloyatlarida tanga umuman zarb qilinmadi. Movorounnaxrda tanga zarb qilish ozayib ketdi. Savdo bitimlarida boshqa sulolalardan keltirilgan dinorlar - oltin tangalardan foydalanganlar. Movorounnaxrda zarb qilingan tangalarda faqat Qoraxoniylar nomi yozilibgina qolmay, saljuqiylar sulolasiga mansub bo’lgan sultonlarning nomlari xam bitilgan. Tangalar asosan Samarqand, Buxoro, O’zgan zarbxonalarida chiqarilgan.
XII asrning 60-yillariga kelib, tanga zarb etish ishlari butunlay o’zgardi. O’zgan va Samarqandda kumush suvi yugurtirilgan dirxamlarni ko’plab zarb kila boshlashiga yo’l qo’yiladi. By bilan bir qatorda Samarqand va Buxoroda oltin dinorlar zarb etila boshlandi. Kumush suvi yugurtirilgan dirxamlar kundalik savdoga bo’lgan talabni kondiradigan bo’lsa, oltin tangalardan savdo bitimida xalqaro savdoda xam foydalanilgan. Xaqiqiy kumush tangalar bo’lmaganligi oltin tangalar. yirik pul xisoblanganligi uchun ularni mayda-mayda bo’laklarga bo’lib savdo qilishgan
XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asrdagi Qoraxoniylar sulolasi tomonidan zarb qilingan tangalar, X asr oxiri va XI asrda zarb kidingan tangalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan bu tangalar vaqt o’tishi bilan yiriklashib borgan. Agar XXI asr tangalarining diametri 2 - 2,5 sm. bo’lsa.XII asrning 60-70 yillarida kumush suvi yuritib zarb qilingan dirxamlarning diametri Zsm.. XI asr boshlarida esa 4 sm. bo’lgan. Tangalardagi yozuvlarning joylashtirilishi, o’rni va ularning ma`nosi xam o’zgardi
O’zbekiston xududida XI-XII asrlarda muomalada bo’lgan tangalarni asosiy qismi Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalarni tashkil qiladi. 47 Lekin O’zbekistonning ba`zi janubiy tumanlari, ya`ni Termiz g’aznaviylar, keyinchalik Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. bu erlarda g’aznaviylar va Temuriylar tomonidan zarb qilingan tangalar muomalada bo’lgan.
Xorazmda anushteginiylar sulolasi vakili Muxammad ibn Tekesh davridan muntazam ravishda tangalar zarb qilingan. Sulton faqat Xorazmda tanga zarb qilmay, balki Samarqand, Buxoro, O’zgan va Marv shaxarlarida, shuningdek Movorounnaxrdan tashqarida xam mis kumush suvi yugurtirilgan kumush va oltin tangalar zarb qildirgan.
Jaxon tarixidan ma`lumki, XIII asr boshlarida Turkiston mo’g’ullar tomonidan istilo qilindi. keyinchalik bu imperiya aloxida davlatlarga, uluslarga parchalanib ketdi. Jumladan Turkiston bu davrda CHig’atoy ulusi tarkibiga kirdi. Xorazm Jo’jilarga. Janubiy Turkiston Xulagularga bo’yinsundi. Mo’g’ullar O’rta Osiyoni zabt etgach. uzaro savdo muomalasida oldingi sulolalar davrida zarb qilingan tangalar ishlatiddi. Ammo tez orada CHingizxon xamda xalifa Nosirning ismidan boshqa xech qanday xokimning ismi yozilmagan tangalar Samarqand va Buxoroda zarb qilina boshlagan. Xar ikki shaxarda xam kumush va kumush suvi yuritilgan dirxamlar, Samarqandda vaqti - vaqti bilan dinorlar zarb qilingan, Agar dinorlar keng muomala uchun zarb qilingan bulsa. dirxamlar esa usha tanga chiqarilgan viloyat axolisi uchun mo’ljallangan edi. Bu xol usha tangalarga bitilgan yozuvlardan ayon bo’ladi.
XIII asr oxirlarida CHig’atoylar davlatida yuqori probali kumush tangalar muntazam chiqarila boshlandi, bu bilan kumush inqiroziga chek qo’yildi. XIV asr boshlarida CHig’atoy tanga turkumi shakllanib, u mo’g’ullar istilosi arafasida tangalardan tubdan farq qilgan. Tanganing old tomoniga islomiy e`tiqod ramzining ikkala qismi yozilgan va xalifalar; Abu Bakr. Umar. Usmon va Alining nomlari yozilgan. Tanganing orqa 48 tomonida podshox nomi, zarbxonalar nomi va sanasi, odatda rakamlar bilan tushirilgan. XIII-XIV asrdagi tanga yozuvlarida avvalgidek arab tili xukmronlik qilgan, ba`zan uygur yozuvidagi mugul matnlari berilgan.
E’tiboringgiz uchun raxmat.
Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə