1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


I.“Uzoq muddatli aktivlar”;II. “Joriy aktivlar”



Yüklə 295,67 Kb.
səhifə33/54
tarix30.12.2023
ölçüsü295,67 Kb.
#164964
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi-fayllar.org

I.“Uzoq muddatli aktivlar”;II. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa yuqoridagi bo‘limlar qarshisida mos ravishda quyidagi bo‘limlar; joylashgan:
I. “O‘z mablag‘lari manbalari”;II. “Majburiyatlar”.
Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligini 3.1-rasmda ko‘rsatish mumkin.

I bo‘lim.


Uzoq muddatli
aktivlar


I bo‘lim.


O‘z mablag‘lari
manbalari






II bo‘lim.


Joriy aktivlar


II bo‘lim.


Majburiyatlar


3.1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro aloqadorligi
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy aktivlar ham korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar (qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin (3.1-jadval).
3.1-jadval
Buxgalteriya balansi

Aktiv

Satr kodi

Hisobot davri boshiga


Hisobot davri oxiriga


Aktiv

Satr kodi

Hisobot davri boshiga


Hisobot davri oxiriga






I. Uzoq muddatli aktivlar








I O‘z mablag‘lari manbalari






Asosiy vositalar


012

1900

2100

Ustav kapitali

410

2700

2700

Nomoddiy aktivlar

022

760

870

Qo‘shilgan kapital

420

150

180









Rezyerv kapital


430

657

690









Taqsimlanmagan foyda


450

241

779

I bo‘lim bo‘yicha jami

X

2660

2970

I bo‘lim bo‘yicha jami

X

3748

4346



II Joriy aktivlar








II Majburiyatlar






Ishlab chiqarish zaxiralari


150

245

293

Uzoq muddatli majburiyatlar

490

601

938

Tugallanmagan ishlab chiqarish

160

833

1031

Debitorlar

210

976

1089

Pul mablag‘lari

320

486

1717

Joriy majburiyatlar

600

851

813

II bo‘lim bo‘yicha jami

X

2540

3130

II bo‘lim bo‘yicha jami

X

1452

1751



Balans aktivi bo‘yicha jami


X


5200


6100


Balans passivi bo‘yicha jami


X


5200


6100

Balans aktivining I «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar va sh.o‘. aks ettiriladi.

Aktivning II “Joriy aktivlar” bo‘limida yuqori likvidli, ya'ni pulga aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga asosan, Materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi.
Balansning passivida (o‘ng tomoni) o‘z mablag‘larining manbasi va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I “O‘z mablag‘lari manbasi” bo‘limida xususiy kapital asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni 14-moddasiga muvofiq xususiy kapital ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Balans passivining II «Majburiyatlar» bo‘limida korxona majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansining ushbu tuzulmasi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun umumiy bo‘lib, ularning xususiyatlariga qarab balans moddalari farq qilishi mumkin. Masalan, savdo korxonalari uchun «Tovarlar», qishloq xo‘jalik korxonalari uchun «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari» kabi moddalar xosdir.
Shunday qilib, bayon qilingan talablarga muvofiq tuzilgan buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanaga bo‘lgan moliyaviy ahvolini aks ettirishi lozim.


3.2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan
o‘zgarishlar va ularning tavsifi

Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar ta’sirida korxona mablag‘larining tarkibida va ularning tashkil topish manbalarida, ayrim hollarda ularning ikkalasida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridagi ro‘y bergan o‘zgarishlar balansda ham tegishli o‘zgarishlarga olib keladi. Mablag‘lar qiymati o‘zgarmagan holda doiraviy aylanish jarayonida ularning buyum shakli o‘zgaradi, mablag‘lar tashkil topish manbalarining ham shakli o‘zgaradi, xo‘jalik mablag‘lari ko‘payadi yoki kamayadi. Lekin balansning asosiy xususiyati- xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ta’sirida balans moddalari summasi o‘zgarganda aktiv va passiv tengliginiig o‘zgarmasligi doimo saqlanadi Buni misolda tasdiqlashimiz uchun qishloq xo‘jalik korxonasining yil boshiga tuzilgan balansni keltiramiz (3.2-jadval) va uning xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 295,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə