Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 182,21 Kb.
səhifə1/12
tarix22.03.2024
ölçüsü182,21 Kb.
#181798
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
imomberdiyev doston


Mavzu: Dielektriklarda elektr maydon
Reja:
I. KIRISH……………………………………………………………………. ...3
II. ASOSIY QISM……………………………………………………………...5
1. Dielektrikning fizik xossalari. Izolyasiyani namlikdan himoya qilish. Dielektrikning issiqlik xossasi. Dielektriklarda elektr maydonning xususiyati. Dielektrik qutblanishining asosiy turlari…………………………………….…..5
2. Gazsimon, suyuq va qattiq dielektriklar. Suyuq dielektriklar. ………….......14
3. Organik dielektriklar. Dielektriklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi. Suyuq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi……………………………….20
4. Qattiq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi. Dielektrik isroflar………...23
III. XULOSA…………………………………………………………………..29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………....30


KIRISH
Dielektriklar elektrotexnikada muhim o‘rin egallaydi. Tok o‘tkazuvchi qismlarni bir - biridan izolyasiyalash maqsadida ajratishda (turli potensiallarni bir-biridan) foydalaniladi. Bundan tashqari elektr izolyasion materiallar elektr kondensatorlarida tegishli sig‘im hosil qilishda ba’zi omil va haroratda turli paytda ham sig‘imni ta’minlashda foydalaniladi. Dielektrik materiallarga o‘zining xossalarini boshqarish asosida o‘zgartirish mumkin bo‘lgan guruhi faol dielektriklar (segneto elektriklar) deb yuritiladi. Dielektrik materiallar gazsimon, suyuq va qattiq ko‘rinishga ega, yana bir guruhi mavjudki qotuvchi materiallar tayyorlashda suyuq ekspluatasiya paytida qattiq (lak, kompaund) holatda bo‘ladi. Kimyoviy tabiatiga ko‘ra organik va noorganik bo‘ladi.Organik dielektriklarga uglerod birikmalari tarkibida asosan kislorod, vodorod, azot, galogen va boshqa elementlar bo‘lgan moddalar kiradi. Qolganlari esa noorganik hisoblanib, tarkibida kremniy, alyuminiy aralashmalari bo‘lgan jismlardan tashkil topadi. Ko‘pgina organik materiallar egiluvchan, elastik bo‘lib ulardan tolali plenkalar tayyorlanadi. Shuning uchun ular keng qo‘llaniladi, lekin issiqlikka chidamligi juda kichik bo‘lganligi uchun yuqori haroratli izolyasiyalovchi qismlarda ishlatilmaydi. Noorganik materiallarning ko‘pchiligi egiluvchan va elastik bo‘lmay, mo‘rt bo‘lib, lekin issiqlikka juda chidamli hisoblanadi. Shuning uchun yuqori haroratli izolyasiya ishlarida ulardan keng foydalaniladi.
Izolyasion materiallardan ishlab chikarilgan konstruksiyalar mexanik kuch ta’siri ostida buzilishi sababli ularning mexanik mustahkamligi va deformasiyasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Statik cho‘zilish, siqilish va egilishning oddiy ko‘rinishlari amaliy mexanikaning asosiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi va bundagi mustahkamlik chegaralarining qiymatlari (4, s, e) si Paskalda o‘lchanadi. (1Pa=1N/m2). Cho‘zilishdagi mustahkamlik yupqa tasma shaklidagi dielektriklarga xos bo‘lib, bu materiallar o‘tkazgich yuzasiga, masalan, kabel o‘zagiga qoplanayotganda hisobga olinadi. Uzish mashinasida materialning yemirilishga bo‘lgan mustahkamligi aniqlash bilan birga, jismning uzilish paytidagi nisbiy cho‘zilishi ham aniqlanadi.
Nisbiy cho‘zilishning kichik qiymatlari mo‘rt va qattiq jismlar (chinni, shisha, getinaks) uchun tegishli bo‘lib, qayishqoq materiallar (rezina, elastomer) da esa 1 ko‘rsatkichi, nisbatan katta qiymatlarga ega bo‘ladi. Chunki qayishqoq materialning mexanik mustahkamligi kichik qiymatlarga ega. Ba’zi plastik materiallarda 1 qiymati qattiq va qayishqoq materiallarning tavsiflari oralig‘ida bo‘ladi. Materiallardan tayyorlanadigan namunalarning shakli, ularga qo‘yiladigan kuch yo‘nalishini hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. Materiallarning siqilishga bo‘lgan vaqtincha qarshiligi bo‘lgani sababli, ularda siqilishdagi kuchlanishni aniqlash shart emas. Dielektriklarda esa mexanik mustahkamlik ikkala yunalishda alohida-alohida aniqlanadi. Tolali va qatlamli dielektriklarni sinash uchun namunalar tayyorlashda ulardagi tola yo‘nalishi e’tiborga olinadi. Ko‘pchilik dielektriklarning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligidan ancha yuqoriligi sababli ularni, asosan, siqilish yo‘nalishi bo‘yicha ishlatish maqsadga muvofiqdir.


  1. Yüklə 182,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə