1-Mavzu: falsafa va uning j



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə13/13
tarix21.10.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#129819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu

Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog’liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo’l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o’rnatiladigan me’yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o’zaro aloqalari, ularning munosabatlari va o’zaro til to’ish darajasida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo’ladi va Shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so’z yuritish o’rinli bo’ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o’z-o’zini anglab etishga yo’naltirilgan falsafaga muhtojdir. 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan XX jahon falsafa kongressi “‘aydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o’tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo’lmish Koreya Respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo’lib o’tdi. Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o’zining hayotdagi o’rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir.
Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo’ljal oladi. Ayni Shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo’lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to’tirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtayi nazardan anglab etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli o’laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko’proq erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo’yilishi, mushohadaga asoslangan ta’riflar berish, sub’ektiv baholash huquqi va Shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha katta ahamiyatga ega emasdek bo’lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.
Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo’qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo’lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko’rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o’ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, Shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko’maklashadi. Zero, aniq ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o’z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo’l qo’ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o’zining betakrorligini yo’qotadi.



1 Al –Fоrоbiy. Fоzil оdamlar shahri. -T.: SHarq, 1999 –B.93-94.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə