1-mavzu: Farmatsevtik ishlab chiqarishda dori vositalari va farmatsevtik faoliyati. Farmatsevtika tarmog’ini boshqarish tizimi. Maqsad



Yüklə 81,38 Kb.
səhifə2/13
tarix03.06.2023
ölçüsü81,38 Kb.
#115365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 - AMALIY MASHGULOTLAR

dori vositalarikasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari; dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo’lgan yoxud tashxis qo’yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot
amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar; dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-o’ralgan, qo’llanilish uchun tayyor
dori vositalari; dorivor o’simlik xom ashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo’lgan o’simliklar yoki ularning qismlari; retsept — shifokorning farmatsevtik ma‘lumotga ega bo’lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo’llanilish usuli to’g’risidagi yozma ko’rsatmasi; sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o’tgan dori vositasi va tibbiy buyum; tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar; tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar; farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan
farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo’lgan, klinik tadqiqot ob‘ektlari bo’lgan modda yoki moddalar aralashmasi;
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo’yicha ilmiytadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

Yüklə 81,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə