1-mavzu: Farmatsevtik ishlab chiqarishda dori vositalari va farmatsevtik faoliyati. Farmatsevtika tarmog’ini boshqarish tizimi. Maqsad


KEYS: ―Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati. Farmatsevtika tarmog’ini boshqarish tizimi‖



Yüklə 81,38 Kb.
səhifə8/13
tarix03.06.2023
ölçüsü81,38 Kb.
#115365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 - AMALIY MASHGULOTLAR

KEYS: ―Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati. Farmatsevtika tarmog’ini boshqarish tizimi
Kirish. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi aholisini yuqori samarador, turg’un va arzon dori-darmon bilan ta‘minlash, farmatsevtik texnologiyaning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon, aholi extiyojini 10%ni qondira oladi xolos. Bundan ko’rinadiki, aholi uchun zarur bo’lgan dori vositalarining asosiy qismi horijiy davlatlardan valyuta hisobiga keltirilmoqda. Bu esa, dorining tannarhiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda, shuningdek undan foydalanish imkoniyatini cheklab qo’ymoqda. Markaziy Osiyo Respublikalarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologik muvozanatning buzila boshlashi, qolaversa Orol fojeasi, qishloq xo’jaligining turli sohalarida, uzoq yillar davomida zaharli, kimyoviy moddalarni nazoratsiz foydalanish ayrim kasalliklarni keskin ko’payishiga olib keldi. Xususan qandli diabet, allergiya, bo’qoq, jigar, buyrak va kamqonlik kabi kasalliklar bilan kasallangan bemorlarning soni ko’payib, dori darmonga bo’lgan ehtiyoj yil sayin oshib ketdi. Respublikada dori ta‘minotini yaxshilash usullaridan biri, shu sohadagi mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ularni aniq maqsad sari yo’naltirish, dorishunos, farmakolog va kimyogarlarning o’zaro hamkorligini kengaytirishdir. Bu muammoni xal qilishning yana bir yo’li, maxalliy xom ashyolardan oqilona foydalanib, yangi dori turlarini yaratish va amaliyotga tatbiq etishdir. O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida dorivor giyoxlarga boy mintaqa hisoblanadi. Bu giyoxlar zaxirasini asrab avaylagan xolda foydalanish, ulardan biofaol moddalarni ajratib olib o’rganish va amaliyotga tatbiq qilish mutaxassislar oldida turgan jiddiy masalalardan hisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan xolda maxalliy dorivor o’simlik xom ashyolaridan olingan quruq ekstraktlar va sun‘iy usulda olingan biofaol moddalardan tabletka dori turini yaratish, tayyor maxsulotning miqdoriy taxlil usulini ishlab chiqish, ularni biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholash farmatsevtik texnologiyaning ustuvor yo’nalishlaridandir.
Respublika rahbariyati va xukumati tomonidan, aholining dori ta‘minoti sifatini oshirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilashga alohida e‘tibor berib kelinmoqda. Bular – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 25-aprelda ―Dori vositalari va farmatsevtik faoliyat to’g’risida‖gi va 1996 yil 29-avgustda ―Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida‖gi qonunlarni qabul qilinishi va bu qonunlar ijrosini ta‘minlash maqsadida chiqarilgan qator qonunosti xujjatlarini amaliyotga joriy etilishida o’z aksini topgan.
O’zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan shuningdek, chet el zamonaviy texnologiyalari asosida olinadigan dori turlarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni mamlakatimizning ichki va tashqi farmatsevtika bozoriga chiqarilishini ta‘minlash bilan davlat salohiyatini ko’tarishga hissa qo’shish muhim vazifalardan biridir.
Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog’liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta‘minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Farmatsevtika tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229sonFarmonigamuvofiq, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi (keyingi o’rinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etildi.

Yüklə 81,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə