1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə20/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonidapaydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).

Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.

Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:

a) o’z qarashlariga ega bo’lish;

b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;

v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.

Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etishi ham sodir bo’ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:

- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish.

- muomala - muloqoqt doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish;

- anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə