Mavzu: Ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligi bo'lajak o'qituvchi shaxsini shakllantirish omili sifatida



Yüklə 22,77 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü22,77 Kb.
#163228
  1   2
Mavzu Ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligi bo\'lajak o\'qituv-fayllar.org


Mavzu: Ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligi bo'lajak o'qituvchi shaxsini shakllantirish omili sifatida


Mavzu: Ilmiy tadqiqot olib borish kompetentligi bo'lajak o'qituvchi shaxsini shakllantirish omili sifatida

  • talaba - yoshlarning ilmiy tadqiqot ishlariga oid faoliyatini shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi nazariy-amaliy jihatdan asosladi;


  • muammoning mohiyatini ochib beruvchi tayanch tuShunchalarni sharhladi;


  • talabalarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish jarayonining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, mazmuni, shakli, usul va metodlari belgilab berdi;


  • talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini ta‟minlovchi pedagogik omillar aniqladi;


  • talaba - yoshlarning ilmiy-ijodiy faoliyati darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqdi;


  • talabalarning mustaqil ilmiy faoliyat yuritishida “ilm orqali bilim olish” tamoyilining ahamiyati belgilandi va ilmiy asosladi;


  • oliy o’quv yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish jamiyat rivojlanishining muhim omillaridan biri ekanligi asoslab berdi;


  • talaba-yoshlarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqdi.


o’z tadqiqotlarida ta‟lim jarayonlari samaradorligini baholash mezonlarini shakllantirishda: intellektual qobiliyatli, intellektual tashabbus, intellektual ijod va intellektual o’z-o’zini boshqarishni hisobga olgan.


Tadqiqotda talabalarning ijodiy o’z-o’zini rivojlantirish darajalari to’ldirildi va tadbiq qilindi
1) passiv talaba o’zining imkoniyatlariga ishonmaydi, shu bilan birga, berilgan ma‟lum ijodiy topshiriqlarni bajara olmaydi va hohlamaydi; 2) sust, bo’sh talaba o’z kuchi va imkoniyatlarida ikkilanadi, ijodiy topshiriqlarni faqatgina o’qituvchi boshchiligida reproduktiv usul yordamida bajara oladi; 3) o’rtacha talabaga ijodiy topshiriqlarni bajarishda qo’shimcha omillar zarur va u o’ylaganini amalga oshirish uchun yangi elementlar kiritadi. Bunda talaba individual ijodiy faoliyatga intilmasdan, kichik guruhlarda afzal ko’rishi muhim; 4) kuchli talaba o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonadi, ba‟zida ularga ortiqcha baho beradi.
Tadqiqot doirasida talabalarning ijodiy rivojlanishining keng tarqalgan ko’rinishlari tavsiflangan:
  • passiv-tanishtiruv (ijodiy faoliyatga qiziqish va ichki ehtiyoj);


  • ijodiy-reproduktiv (talabalarning ijodiy faoliyatga intilishi bilan mos kelishi va uning reproduktiv xarakteri);


  • qisman ijodiy (talabaning faolligi tizimli istak va xohishlarni talab qiladi, uning ijodiy faoliyati izlanuvchi xarakterga ega);


  • xususiy ijodiy (talabaning o’z faolligini boshqarishda uning bilishga oid faoliyati ijodga aylanadi).


Olima G.N.Ibragimova interfaol o’qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z tadqiqotlarida yoritib berganlar. Tadqiqot jarayonida quyidagi natijalarga erishildi[4, 8]:


  • talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning umumkasbiy va soxaga yunaltirilgan kognitiv, ijtimoiy kompetensiyalarga yunaltirilgan faoliyati tuzilmasi komponentlari aniqlashtirdi;


  • interfaol ta‟lim muhitida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning integrallashgan metodik tizimi, reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni, shuningdek jarayon samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi ishlab chiqdi;


  • oliy ta‟lim muassasalari «Pedagogika» ta‟lim sohasi bo’yicha pedagog kadrlarini kreativ kompetentligiga qo’yiladigan umumiy malaka talablari takomillashtirdi;


  • tashkiliy-ijodiy damda integratsion yondashuv asosida o’quv va tarbiyaviy faoliyatni loyihalashtirish, interfaol o’qitish metodlari va texnologiyalari vositasida talabalarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar shakllantirdi.


Rossiyalik pedagog-olim A.A.Gubaydulin o’z tadqiqotlarida talabalarning tadqiqot olib borish kompetentligini loyihaviy ta‟lim asosida shakllantirish texnologiyalarni ochib berdi[5].


Albatta, ilmiy nazariyani ishlab chiquvchi mutaxassis, tajriba ishi yoki boshqa tadqiqotchilar tajribasi sharoitida o’z faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil qiluvchi talaba tomonidan tadqiqot olib borishning yondashuvlari va uslublarida alohida xususiyat mavjud. Ammo erishilgan natijalarning ahamiyatini tahlil qilish va asoslash tajribali olim va universitet bitiruvchisi uchun ham natijalarni xolisona baholash uchun birdek muhim ahamiyatga ega.

Respondent sifatida Farg’ona davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” hamda “Boshlang’ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishlarining 1-4-kurs talabalaridan 112 nafari tanlab olindi. Ularning «Sizningcha, talabalar bilan tadqiqot ishlarini olib boruvchi pedagog qanday bilim, ko’nikma, malaka va shaxsiy sifatlarga ega bo’lishi kerak?» degan savolga bergan javoblari umumlashtirilgan holda quyidagilardan iborat bo’ldi:


  • Xayrixohlik – 46%


  • Tadqiqot mantig’ini bilish-42%


  • Tadqiqot mavzusining materialini bilish-34%


  • Vakolatli nutq – 30%


  • Talabalar yoshiga mos ravishda yukni aniqlash qobiliyati-12%


  • Vazifalarni belgilash va ularni hal qilish uchun talabalar uchun mavjud bo’lgan yo’llarni aniqlash-10%


  • Kuzatish qobiliyati – 8%


  • Tadqiqot mavzusiga qiziqish – 5%


  • Sabr-toqatlilik – 5%


  • Diqqatlilik – 3%


Shunday qilib, talabalar bilan loyiha va tadqiqot faoliyatini tashkil etish asoslari, bo’lajak pedagoglarning fikricha, tadqiqot materialini o’rganish va bilish mantig’ini egallashgina emas, balki talabalar bilan o’zaro hamkorlik jarayonida do’stona yondashishga ham xizmat qilishi kerak.


Ma‟lumki, asosiy tadqiqotchilik kompetentliklarini o’zlashtirish umuman pedagogning tadqiqotchilik kompetentligining mavjudligiga olib keladi. Tadqiqot olib borish kompetensiyasi talabalarda o’quv jarayoni va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda va turli faoliyat turlarida shakllanadi. Universitet talabalari o’rtasida ushbu kompetentlikni shakllantirishning asosiy yo’llari, usullari va texnologiyalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • ma‟ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar;


  • munozaralar, ishbilarmonlik o’yinlari, suhbatlar, treninglar;


  • yozma ishlar(referatlar, hisobot va ma‟ruzalar, tahliliy va reflektor insholar)ni bajarish;


  • kasbiy vazifalarni hal etish;


  • auditoriyada turli xil loyihalar ustida ishlash, natijalarni taqdim etish;


  • o’quv tadqiqot va tadqiqot topshiriqlari;


  • o’quv amaliyotlarida bajariladigan vazifalar tizimi;


*auditoriyadan tashqari tadbirlarda turli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok


etish;
* kursning bajarilishi va yakuniy malaka (diplom) ishlari.

Tajriba-sinov ishlarining boshida talabalarning ilmiy ish olib borishga

tayyorgarligini aniqlash uchun 1-4-kurs talabalari o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi (112 ta) unda quyidagi savollar berildi:


  1. Maktabda qanday tadqiqot ishlarini olib borgansiz? Qanday natijalarga erishgansiz? Misollar keltiring?


  2. Universitetda ilmiy to’garaklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni xoxlarmidingiz yoki olib bormoqdamisiz ?


  3. «Tadqiqot faoliyati»ga ta‟rif bering.


  4. «Loyiha faoliyati»ga ta‟rif bering.


  5. Tadqiqot va loyiha faoliyati o’rtasidagi farq nimadan iborat?


  6. Nima deb o’ylaysiz, tadqiqot va loyiha ishlarining qaysi mavzulari hozirgi kunda eng dolzarb va qiziqarli?


  7. Marhamat, gapni tugating: «Talabalar bilan ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari agar muvaffaqiyatli bo’ladi».


  8. Universitetni tugatgandan so’ng loyiha va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib brishni istaysizmi (yoki doktoranturada o’qishni)?


  9. Siz o’zingizni shaxsiy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorgarligingizni 1 dan 5 ballgacha nyecha ball bilan baholagan bo’lardingiz?



  1. Siz o’zingizni shaxsiy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish kompetentligingizni 1 dan 5 ballgacha nyecha ball bilan baholagan bo’lardingiz?


So’rovnomada ishtirok etgan talabalarning faqat 14% so’rovnomaning birinchi savoliga «ha» deb javob berdi va faqat 7% universitetga kirishdan oldin ro’znomalarda maqolalar chop etishgan.


Talabalarning faqat 30% fan bilan shug’ullanishni istaydi (yoki ilmiy doiralarda tadqiqot ishlarini olib boradi), 20% «yo’q» deb javob berdi va 50% – javob berishga qiynaldilar.
Respondentlarning faqat 30% tadqiqot va loyiha faoliyati tushunchalarining maqbul ta‟rifini bera oldilar (hech kim aniq ta‟rif bermadi) va loyiha faoliyati bilan bog’liq aniq ta‟riflar va bu faoliyatlar o’rtasidagi asosiy farq faqat 2% bilan ko’rsatildi.
Hozirgi kunda talabalar tadqiqotlarning quyidagi yo’nalishlarini dolzarb deb hisoblaydilar: ekologik, ma‟naviy-axloqiy, bo’sh vaqt muammolari, ijtimoiylashuv va har tomonlama shaxsiy rivojlanish va boshqalar, 2% talabalar bu haqida
«bilmayman» deb javob berdilar.
Deyarli barcha talabalar ilmiy tadqiqot va loyiha faoliyatiga talabalarda qiziqish bo’lsa ish muvaffaqiyatli bo’ladi (98%), deb javob berganlar. Biroq, taxminan 2% talabalar ilmiy tadqiqot ishi oddiyroq bo’lishi kerak, deb javob qaytarganlar.
Talabalarning 50% ga yaqini oliy ta‟limni tamomlagandan so’ng yoki doktoranturaga kirgandan so’ng loyiha va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni rejalashtiradi, bu borada 40% talabalar salbiy, 10% esa «bilmadim» deb javob berganlar.
Talabalar shaxsiy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorgarliklarini taxminan 3 ballga baholashdi. Shuningdek, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish kompetentligiga egaliklarini esa 3 ballga yaqin baholashdi.
Shunday qilib, shuni ta‟kidlash lozimki:
  • maktabda juda kam talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar va ularning uchdan bir qismi ilmiy doiralar asosida universitetda Shug’ullanadi;


  • talabalar tadqiqot tuShunchalarni yetarlicha to’g’ri talqin eta olmaydilar;


  • ko’pchilik talabalar zamonamizning dolzarb muammolarini ko’ra oladilar;


  • ularning aksariyati ilmiy-tadqiqot ishlariga bo’lgan qiziqishlarini unga asos deb hisoblaydilar;


*talabalarning taxminan yarmi ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirmoqchilar.


Tadqiqot natijasida qilingan tahlillar talabaning ilmiy tadqiqot ko’nikmalarini emas, balki tadqiqotchilik kompetentligini ilmiy yondashuvni birlashtiradigan kasbiy fundamental bilimlarni innovatsion fikrlash va muayyan ta‟lim muammolarini hal qilish uchun amaliyotga yo’naltirilgan ajralmas tizim sifatida shakllantirish zarurligini ko’rsatadi. Tanlangan mezonlar va ko’rsatilgan tadqiqot usullari asosida oliy ta‟lim muassasasi talabalarining tadqiqot kompetentligini rivojlantirishning to’rtta darajasi (past, o’rta, o’rtachadan yuqori va yuqori) belgilandi.

Oliy ta‟lim muassasasi amaliyotida talabalarning tadqiqot kompetentligini rivojlantirish darajalarining o’rtacha ko’rsatkichlari qanday? Farg’ona davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” hamda “Boshlang’ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish” yo’nalishlari 112 nafar 1-4 kurs talabalari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalari 1-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 22,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə