1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə23/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Inklyuziv majmua

Imkoniyati cheklangan bolalarni sog’lom tengdoshlarn bilan tengligini tushuntirish yo’llari

  • Pedagoglar o’z sinflari guruhlarida nogiron iisonlari teng huquqlarini nogiron katta odamning yoki bolani taklif etib va u bolalar bilan nogironlikning ijtimoiy holatlari haqida suhbatlashish natijasida tushuntirib berishlari mumkin. Sinfda nogiroilik imkoniyatlarning chegaralanganligi tushuntirib hamda kimlar nogiron hisoblanishini aytib to’g’ri tushuncha bera olish lozim.

  • Kasal bo’lgan yoki qisqa muddatga biror joyini jarohatlagan inson bilan nogiron inson orasidagi farqni tu­shuntirib bering. Ko’pgina bolalar kasallik yoki jaroxatlanishi tajribasiga egalar. Ular bilan shu haqida va ularning tanalarida yuz bergan o’zgarishlar haqida suhbatlashing. Ulardan bunday vaqtda o’zlarini qanday his qilganliklarini so’rang. Ularga nogironlik bu batamom tuzalib ketmaslik yoki sog’ayish uchun yillar kerak bo’ladigan holatda tana bilan yuz beradigan hodisa ekan- ligini tushuntiring. Nogironlikning ko’rish, eshitish, ruxiy va boshqa jarayonlarning zaifligi, kamligi kabi oddiy tushuncha ekanligini o’quvchilar ongiga singdiring.

  • Nogiron insondan o’z hayoti xaqida gapirib berishni iltimos qiling, bu bolalarda katta taassurot qildiradi. O’z hayotlarida kechirgan qiyinchiliklar, muammolar, boshqalarning munosabatlari, nima sababdan kasitishlarga uchraganligi va xokazolar. Bu o’quvchilarga o’z xatti-harakatlarini nazorat qilishga yordam beradi.

  • Sinflar guruh kishilar ustidan, uning ko’rinish, gaplashishi, qanday rivojlanganliklari (o’qishda qiynaluvchi bolalar) yoki o’zini qandai tutishiga qarab barcha masalalarni muhokama qilishlari lozim. Xattoki, juda kichik bolalar ham bunday hikoyalarga qiziqadilar, chunki ularda haqiqat hissi jo’sh urgan bo’ladi. Asablariga tekkanlarida nogiron bolalar o’zlarini qanday his qilganliklarni aytib berganlarida, ularning himoyalarini quvvatlab turish kerak. Barcha nogironlar sinfda o’zlarini erkin sezishlari va bemalol gaplashishlari kerak.







  • Pedagog so’zga chiqqan nogiron bolalarning yoki sinfdagi istalgan nogiron bolaning erishgan yutuqlarni yoki qobiliyatlarini qayd etib o’tishi mumkin. SHuningdek quyidagilarga ham e’tibor qarating.

  • Farqlar mavzusini ko’rib chiqish uchun rasm chizish, o’yin, spektakl’, musiqa, ashula, hikoyalardan foydalaning.

  • Laqab to’qimang. Butun sinf, guruh bilan birga doskada yoki guruhchalar bilan flipchatlarda ishlayotib, ular nogironlik haqida eshitgan barcha so’zlarini aytishni surang. Ushbu suzlarni bir rangda oq kog’ozga yoki doskaga yozing. Endi sinfdan yoki guruhdan salbiy deb hisoblangan so’zlarni ajratishni so’rang. Bo­lalar bilan o’zlarini mana shu so’zlar bilan atashganda qanday his qilishlarini muhokama qiling. O’zingizda mana shu so’zlarning ayrimlarini kelib chiqishi yozilgan kartochkalar bo’lsin.

  • Maktabdagi atrof-muhit. Maktab atrofida imkoniyati che­klangan o’quvchilarning erkin va muammosiz harakatlanishiga ham pedagog eng birinchi galda e’tibor qaratishi talab etiladi. SHuning uchun ham siz aravachada o’tiradigan o’quvchi bilan maktab atrofini aylanib chiqing. Natijalarni muhokama qiling va yozma tarzda maktab raxbariyatiga taqdim eting.

  • Tashqi olam. Sinf, guruh bilan sizning mahaliy do’konigiz atrofini barcha hudud va aloxida sigmentlarini tasvirlang, xarita bilan sayr diling. Oldin ayrim turlari yoki xizmat qilish binolarini belgilash uchun belgilarini kelishib olinglar. Oziq-ovqat do’konlarini, sartarosh xonalari, banklar, restoran, dorixonalar va boshqa ko’rishi va eshitishida nuqsonga ega, ara­vachada harakatlanuvchi va o’qishda qiynaladigan insonlar uchun to’siq bo’la oladigan narsalarni belgilab borishni taklif eting. Ulardan nogironlarga hurmat ko’rsatish sohalarida foydalanish uchun qo’llanishi mumkin bo’lgan istalgan moslama haqida sinfga qaytgach, xarita chizmasiga natijalarni belgilang va munozara uyushtiring. Munozara natijasida guruhlar sinfda quyidagi topshiriqlarni ayrimlarini asta-sekinlik bilan bajarishlari mumkin.

A). Tashkilot rahbariga uning nogironlarga noqulaylik jihatlari aniqlanganini haqida yozib, tushuntirish ishlarni olib borish;
). qulaylik barchaga kerakligini va nima uchunligini aks ettirgan plakat yarating yoki chizing;
V). Xizmat ko’rsatish sohalarida qulaylik mavjud bo’lmaganida nogironlarda yuz beruvchi muammolarni aks etiruvchi voqea saxnapashtiring;
G). Umumiy majlis uyushtiring va u yerda sinf o’quvchilar butun maktabda amalga oshirilgan ishlari haqida ma’lumot bersinlar.
Inklyuziv ta’limga jalb etiladigan bolalar

  • Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;

  • Harakat muvozanati buzilgan:

  • o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va o’smirlar:

  • Nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar:

  • Zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar:

  • Zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin) kar bo’lgan bolalar:

  • Ko’zi ojiz (Brayl’ yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar:

  • Zaif ko’ruvchi ko’rish qobiliyati (04 darajagacha) bo’lgan bolalar:

  • Eshitishda muammosi bor (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishni egallagan) bolalar va o’smirlar.

  • Nogiron kishilar o’zlarining huquqlari va imkoniyatlari uchun faol kurashadilar.

Birodarlashgan maktablar
Birodarlashgan umumta’lim maktablar jarayoniga imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiya qilish va o’qitishni amalga oshirishda bolalarni nuqson turi va yoshiga ko’ra sinflarga biriktirish tavsiya etiladi. Masalan: eshitishida muammosi bo’lgan bolalar umumta’lim maktablariga ikki sinf past sinflarga qabul qilinadi, ya’ni eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktab-internatining 3-sinf o’quvchisi umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinadi; ko’zi ojiz bolalar maktab-internatining 2-sinf o’quvchisi umumta’lim maktabining 1 -sinfiga; aqli zaif o’quvchilar (yordamchi maktab o’quvchilari) 2-3 sinf bolalari 1-sinfga; ruxiy rivojlanishi sustlashgan, tayanch- harakat a’zolari va nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar maktab va maktab-internatlarnning ikkinchi sinf o’quvchilari umumta’lim maktabining 1- sinfiga qabul qilinadi.
Birodarlashgan maktablarda imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitishda o’ziga xosligi shundaki bunda maxsus maktab yoki maktab-internat o’quvchilari o’zlari o’qib turgan joyda yashab turib, shu maktabga yaqin bo’lgan umumta’lim maktabiga 2-3 soatga o’z tengdoshlari bilan birgalikda ijtimoiy fanlardan saboq olish uchun boradilar. SHuningdek ular umumta’lim maktablarining sinfdan tashqari turli (bayramlarda, sport musobaqalarida, san’at, musiqa) tadbirlarida ishtirok etadilar. Bunday tadbirlar bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga, sog’lom tengdoshlari bilan erkin muloqotda bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus korrektsion fanlar: eshitish qobiliyatini rivojlantirish, talaffuzga o’rgatish, ko’zi ojiz bolalarni ko’rish qobiliyatini rivojlantirish, tevarak-atrofni tasavvur qilish, davolovchi gimnastika mashtulotlarini, yordamchi maktab o’quvchilari bilan mehnat ta’limi, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar logopedik mashg’ulotlardan, ijtimoiy maishiy yo’nalish kabi darslarda o’z maktablarida mutaxassislar tomonidan korrektsion-pedagogik yordam oladilar. Umumta’lim jarayoniga integratsiya qilingan o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishlari qiyin bo’lgan fanlardan, maxsus ta’lim dastur va darsliklaridan foydalanish mumkin.
Birodarlashgan maktablarga bolalar savodini chiqargan holda o’qish, yozishni ma’lum darajada so’zlashuv muloqotini egallab bo’lib borishlari kerak. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim bolalari bilan o’zaro muloqotda bo’lishi ulardagi ta’limiy bilim olish imkoniyatlarini rivojlantirishga turtki bo’ladi. Nogiron bola bilan sog’lom bola orasida do’stona munosabat shakllanadi, kamsitishlar, tafovutlar barham topib, sog’lom bolada nogiron bolaga nisbatan mehr-oqibat, xayrihohlik kabi tuyg’ular paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan nogiron bolada o’z sinfdoshlarining fanlar bo’yicha erishgan yututslariga havas qilish, qiziqish natijasida o’zida ham shunday yutuqlarga intilish, erishish hissi paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish jarayonida mutaxassislar yordamida maxsus yordamchi vositalarni qo’llagan holda kompleks yondashuv olib borilsa, yaxshi natijaga erishiladi.
Inklyuziv ta’limni joriy qilish uchun zaruriy chora tadbirlar

  • Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini yaratish;

  • Erta tashhisni yo’lga qo’yish;

  • Maxsus ehtiyojli bolalarga nisbaan jamiyatda ijobiy munosabat uyg’otish;

  • Inklyuziv ta’lim borasida targ’ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish;

  • Ota-onalar va ham jamiyatning ishtirokini kuchaytirish;

-O’qitish uchun zarur vosita va asbob uskunalarning mavjudligi;
-Ta’lim muassasalarini alohida ehtiyojli bolalar imkoni yatlarini e’tiborga olgan holda moslashtirish;
-Ta’lim berish uslublarining alohida ehtiyojli bolalarga moslashuvchanligi;

  • Kadrlar tayyorlash jarayonida islohotlarni amalga oshi­rish.

-Inklyuziv ta’limni joriy qilish, xalqaro va milliy tajribalarga asoslangan holda mul’timediya kutubxonalarini tashkil etish va ularni ommaga targ’ibot qilish.

  • har bir inklyuziv ta’lim muassasalar tasarrufida inklyu­ziv ta’limni targ’ibot qilish, o’quv-metodik majmualar, dasturlar bilan ta’minlash va joylardagi mahalliy xalq ta’limi organlari bilan o’zaro aloqa tuzish, axborotlarni yetkazish vazifasini bajaruvchi pedagoglar, ota-onalar ishtirokidagi jamoaviy kengash tuzish.

  • Inklyuziv ta’lim resurs markazining vazifalari:





Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə