Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar ruhiy rivojlanishining oʻziga xosligi ikromova Farangis Muzaffar qizi



Yüklə 26,89 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#148311
Eshitishida maqola


ESHITISHIDA NUQSONI BOʻLGAN BOLALAR RUHIY RIVOJLANISHINING OʻZIGA XOSLIGI
Ikromova Farangis Muzaffar qizi
CHDPU, Maxsus pedagogika:logopediya yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada eshitish nuqsoni to‘g‘risida va olimlarning qilgan ishlari haqida ma`lumotlar berilgan. Eshitishida buzilishi bo‘lgan shaxslar bilan korreksion ishlar olib borish, hamda ularni so‘zlashuv nutqiga o‘rgatish bo‘yicha qilingan ishlar yoritib berilgan.


Аннотация: В данной статье представлена ​​информация о нарушениях слуха и работах ученых. Освещена проделанная работа по проведению коррекционной работы с лицами с нарушением слуха и обучению их речи.


Annotation: This article provides information about hearing impairment and the work of scientists. The work done on conducting correctional work with hearing impaired persons and training them in conversational speech has been highlighted.



Kalit so‘zi: Eshitish buzilishlari, virusli kasalliklar, karlik, so‘zlashuv nutqi, normal eshituvchi, mutaxassis, maxsus maktablar, pedagogik yordam.


Ключевые слова: Нарушения слуха, вирусные заболевания, глухота, речь, нормальный слух, специалист, специальные школы, педагогическая поддержка.


Keywords: Hearing disorders, viral diseases, deafness, speech, normal hearing, specialist, special schools, pedagogical support.
Eshitishning buzilishi bolalarda turli infeksion kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Meninggit, skormotika, otit, gripp kasalliklarini infeksion - yuqumli kasalliklar qatoriga kiritish mumkin. Eshitish buzilishlari ichki, oʻrta, tashqi quloqlar shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Ichki quloq va quloq nervi shikastlangan boʻlsa, koʻp hollarda karlik,agar oʻrta quloq shikastlangan boʻlsa, eshitish pasayishi kuzatiladi. Maktab davrida ovoz taassurotlarini yuqori chastotasi ham eshitishning yuqori chastotasi ham eshitish qobiliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bolada eshitish nuqsoni yuzaga kelishiga homiladorlikni noqulay davom etishi, onaning virusli kasalliklari ham muhim roʻl oʻynaydi (qizamiq,gripp). Eshitish buzilishi sabablari eshitish sezgilarini tugʻma deformatsiyasi, eshitish nervining atrofi, ximik zaharlanish, tugʻish davridagi travmalar, mexanik travmalar, kuchli ovoz taassurotlarining akustik ta'siroti boʻlishi mumkin.
Eshitishning buzilishi oʻrta quloqni oʻtkir shamollash oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Eshitishning qatʼiy buzilishi burun va halqum (adenoid, xronik shamollash) kasalliklari natijasida ham kuzatiladi. Bu kasalliklar chaqaloqlik chogʻida jiddiy xavf soladi. Eshitish pasayishiga taʼsir qiluvchi omillar orasida ototopsik preparatlar asosan antibiotiklar muhim oʻringa egadir. Eshitish funksiyasi asosan chaqaloqlik davrida koʻp uchraydi L.V.Neyman (1959) eshitish buzilishlarini 70 foizini bolaning ikki uch yoshlarida kuzatilishini eʼtirof etadi. Bola hayotining keyingi yillarida eshitishning pasayishi kam kuzatiladi. Eshitishning buzilishi yuzaga kelishida kasbiy omillar ham katta ahamiyatga ega. Karlar oilasida sogʻlom oilaga qaraganda koʻp miqdorda kar bolalar tugʻiladi shuningdek,yaqin qarindoshlar nikohida va er hotin yoshi oʻrtasida katta farq ham eshitish buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan ota onalar, kensok kasalligi, turli xromosomali kasalligi mavjud oilalar (uchuvchi va suvga shoʻngʻuvchilar) ham eshitishida nuqsoni mavjud bolalar tugʻilishi kuzatiladi. Olimlarning bergan statistik maʼlumotlari koʻrsatishga, eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar soni oshmoqda. Turli mamlakatlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, yer yuzi aholisining 4-6 foizi eshitishida nuqsonga ega boʻlib, jismoniy muloqotga ehtiyoj sezadi. Ularda 2 foiz 2 tomonlama eshitish pasayishiga ega boʻlib,3 metrdan soʻzlashgan nutqini idrok etadi,4 foizi esa 1 tomonlama karlikka egadir. Eshitishda nuqsoni mavjud bolalar ruhiy rivojlanish hususiyatlarini toʻgʻri tushunish uchun ularga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish, taʼlim tarbiya muassasasini tanlash,bu jarayonni tashkil etishda bu bolalarning tasnifi muhim oʻrin tutadi. Eshitishda nuqsoni boʻlgan shaxslarning tasnifi surdopedagog va vrachlarni doim qiziqtirib kelgan. Mamlakatimizda L.V.Neyman (1961) tomonidan tashkil etilgan taklif etilgan tasnif keng tarqalgan. Agar eshitish buzilishi soʻzlashuv nutqiga taalluqli chastotalar diapazonida (500 dan 1500 Gs) tarqalsa, uni idrok etishi amalga oshmaydi. Agar eshitish buzilishi 100 dB dan ortsa, karlik yuzaga keladi, qisman eshitish buzilsa, nuqson 15 dB dan 80 dB gacha darajada namoyon boʻladi. Ushbu tasnifga koʻra zaif eshituvchilarni 3 guruhi tavsiflanadi. Eshitish qoldigʻi saqlanganligi darajasiga koʻra 4 guruhga tasniflanadi:(125 dan 250 gacha, 125 dan 1000 Gs gacha, 125 dan 500 Gs gacha,125 dan 750 Gs gacha). Pedagogik tasnif eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar taʼlimiga turli yondashuvlarni asoslaydi. Bizning mamlakatimizda R.M.Boskisning psixo-pedagogik tasnifi muhim oʻringa ega. Uning asosiga L.S.Vigotskiyning ruhiy funksiyalar taʼlimoti yotadi.
Bolani u yoki bu oʻquv muassasasiga yoʻnaltirishda uning nutqiy rivojlanishi va eshitish tuzilishi darajasi hisobga olinishi lozim. Chunonchi, zaif eshituvchi bolalar,kech kar boʻlgan bolalar, nutqiy rivojlanish mavjud, eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar zaif eshituvchi bolalar maxsus maktabida taʼlim oladilar. Eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalarni ruhiy rivojlanishi tashqi olam bilan aloqa sharoitida amalga oshuvchi rivojlanishning oʻziga xos yoʻlidir.
Koʻpincha eshituv analizatorining funksiyasi tuzilganligi eshituv bilan bogʻliq bir qator funksiyalarni toʻliq rivojlanmasligiga olib keladi. Xususiy ruhiy rivojlanishining buzilishi kar va zaif eshituvchi bolani ruhiy rivojlanishino tormozlaydi. Defitsator tipda larxik kordinatsiya va funktsional aloqalarning buzilishi kuzatiladi. Bu qisqa saqlanilgan tizimda, perseptiv tizimlarning rivojlanmaganligida namoyon boʻladi. Inson tomonidan belgilar orqali qabul qilinayotgan barcha narsalarni idrok etish diqqatsiz amalga oshmaydi. Idrok, demak, diqqatsiz yuz bersa yuzaki,fragmentar sodda tarzda amalga oshadi. Shu bois, oʻquvchilarning oʻquv fanlarini toʻla, keng oʻzlashtirishlarida, malumotlarini tushunishlarida diqqat jarayoni oʻta muhimdir.
Ogʻzaki nutq umuman nutq orqali karlar bilan muloqot qilish surdopedagoglarning bolalar bilan boʻladigan faoliyatlarida asosiy vositadir. Bu bolalarda nutqni oʻstirish orqali ular diqqatini boshqarib,tarbiyalab borish mumkin. Bu bolalar oʻqiydigan maktab, sinfdagi bolalarning 8-12 tadan oshmasligi ham ular diqqatini shakllantirishda ijobiy tomonlardan biri hisoblanadi. Ikkinchi hususiyati bolalarning nutqini oʻziga xos idrok etish jarayonlaridir. Shu narsa juda muhimki, gapirayotgan kishining lablariga butun diqqatni qaratish oson vaziyat,ish emas."Labdan oʻqish,-degan edi F.F.Rau,bu nutq aʼzolaridan chiqayotgan ogʻzaki nutqni koʻrish idrokidir". Bu narsa gapirishga oson. Ammo, uni boshdan kechirmoq kerakli, bu yerda qanchalik diqqat zarurligini anglamoq uchun. Shu bois, bu toifa bolalar normal eshituvchi bolalardan koʻra tezroq charchaydilar. Bu bolalarga yordam tarzida daktil nutqdan foydalanish tavsiya etiladiki, bu usul orqali bolalar idroki yengillashib, oʻquv materiallarini egallashlari osonlashadi.
Maktabgacha yosh davrida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolani maxsus ta`lim muassasasiga berish yoki uni oilada qoldirishni ota-onalarning o‘zlari hal qiladi. Oilada tarbiya berishni afzal ko‘rilgan taqdirda bu kabi bolalarga surdologik kabinetlar surdopedagoglari, konsultativ guruh, shuningdek, eashitish va nutqni reabilitatsiya qilish markazi mutaxassislari pedagogik yordam ko‘rsatadi. Bunday tarbiyada muvaffaqiyat qozonish to‘lig‘icha ota-onalarning mutaxassis tavsiyalarini bajarishlariga bog‘liq. Ularga yo‘nalgan ota-onalar bolaning umumiy rivojlanishiga, birlamchi nuqson oqibatlarini bartaraf qilishga ko‘maklashadigan zarur pedagogik yordamni amalga oshiradigan turli mashg‘ulotlarni olib borishlari mumkin.
Eshitmaydigan bolaga oilada ta`lim va tarbiya berish butun kun davomida, barcha rejim protseduralarini bajarish jarayonida, o‘yin vaqtida, erkin faoliyatda amalga oshiriladi. Bola turmush tarzini, uning yoshi, jismoniy va emotsional imkoniyatlariga adekvat bo‘lgan kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish favqulodda muhim. Har kuni bolalar bilan maxsus mashg‘ulotlar olib boriladi, ularning davomiyligi 20 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotlar mazmuni har xil faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi, ularni almashtirib turish bola toliqib qolishining oldini oladi. Oilada bola bilan uning barcha yaqinlari nutqiy muloqotini ko‘zda tutadigan eshitish nutq muhitini yaratish majburiy shart sanaladi. Ota -onalar tomonidan xal qilinadigan oilaviy tarbiya vazifalariga bolani madaniy-gigiyenik hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalari bilan tanishtirish va mustahkamlash, uni tartibga, orastalikka, o‘yinchoqlar,kitoblarga ehtiyotkorona munosabatga o‘rgatish; foydali faoliyatga, kuchiga yarasha mehnat jarayonlariga intilishini rivojlantirish kabilar kiradi. Biroq mutaxassislarning nutqni shakllantirish hamda nutqiy ko‘nikmalarni mustahkamlash, eshitish faoliyatini rivojlantirish, jismoniy rivojlanishdagi og‘ishlarni korreksiyalash bo‘yicha ishlarini davom ettirishga alohida e`tibor qaratish lozim bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.V.S.Raxmanova Maxsus pedagogika. T. 2004-yil
2.Maktabgacha surdopedagogika ( o‘quv qo‘llanma)
3. Ayupova M.Y. “Logopediya”.- T.: Faylasuflar jamiyati,2007.
4. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi T.o‘qituvchi 1993
5. Surdopedagogika tarixi ( O‘quv qo‘llanma) 2019 TDPU nashriyoti
6.Surdopedagogika rivojlanish tarixi (o‘quv uslubiy majmua) 2020
Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə