1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə29/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

Guruhlashtirish usuli

Iqtisodiy tahlil korxona faoliyatida ko‘p sonli voqeliklarni guruhlashtirish usuli bilan tartibga solib o‘rganadi. Bunda voqeliklarning ijtimoiy-iqtisodiy tabiati chuqur tadqiq etilib, ularning bir turdagi xususiyatlari, jihatlari va miqdorlari aniqlanib, shu mezonlar bo‘yicha guruhlar va kichik guruhlarga ajratiladi.



Ta’kidlash kerakki, voqeliklar tasodifiy belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘linmaydi. Bu holat tahlil natijalariga jiddiy ta’sir etadi.
Voqeliklarning tashkil etuvchi tarkib, tuzilish hamda tartib, ularning o‘zgarish sababi hamda o‘zgartiruvchi asosiy omillarining birgalikda yuzaga chiqishi hamda o‘zaro bog‘liqligi asosida ko‘rsatkichlarni guruhlashtirish uchun ilmiy asoslangan belgilar topiladi. Xo‘jalik jarayonlarini belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga tegishli boshqa voqeliklarni aniqlash, o‘rganish, ularning o‘ziga xos tomonlarini topish hamda guruhdagi turli voqeliklarni o‘zaro aloqalari, bog‘liqliklari va ta’sirini bilish, shu asosda guruh bo‘yicha bir necha jarayonlarning birgalikdagi rivojlanishining yo‘nalishi hamda qonuniyligi aniqlanadi.
Demak, korxona faoliyatidagi voqeliklarning tuzilishi va o‘zaro bog‘liq- liklarini o‘rganish maqsadida barcha ko‘rsatkichlarni ilmiy asoslangan belgilariga ko‘ra ajratib, ajralgan muayyan bo‘lakka tegishli voqeliklarni alohida tarzda o‘rganish usuli guruhlashtirishning mazmunini tashkil etadi. Shu joyda ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida olingan guruhlarni o‘rganish natijasida olingan xulosalar iqtisodiy tahlilda belgilab olingan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib sintez qilinadi.
Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko‘ra: tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi.
Tipologik guruhlashtirish – bir turdagi voqeliklarni umumiy belgi bo‘yicha bo‘laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalarni mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, qo‘shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo‘yicha guruhlashtirish.
Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish – ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va ularning alohida qismlari mutanosibligini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida – ishchilarning malakasi, ma’lumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruhlashtirishga misol bo‘la oladi.
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikinchisini keltirib chiqaruvchi tartibda tuziladi. Ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji ularning oylik maoshi o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomo- nidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir etadi va shu kabilar.
Ta’kidlash kerakki, har bir alohida olingan guruhdagi omil hamda natija ko‘rsatkichlari, boshqa guruhdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlardan farq qilishi mumkin. Ya’ni, birinchi guruhdagi omil ko‘rsatkichi ikkinchi guruhda natija ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Demak, omil va natijani ifodalovchi ko‘rsatkichlar guruhlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tavsif kasb etadi.

Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə