1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə27/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

Mol-mulkning tarkibi


Yil boshiga


Yil oxiriga


O‘zgarishi (+,)


Ming so‘m


%


Ming so‘m


%


Ming so‘m


%


Yil boshiga nisbatan
%

1

Uzoq muddatli
aktivlar

251184

73,7

265548

71,7

14364

–2,0

5,7

2

Joriy aktivlar


89545

26,3

104694

28,3

15149

2,0

16,9

Shu jumladan:















a

Tovar moddiy
zaxiralar

7946

2,3

12216

3,3

4270

1,0

53,7

b

Pul mabaglari va


kimmatli kogozlar

834

0,2





–0,2

0,0

d

Debitorlar

80765

23,7

92478

25,0

11713

1,3

14,5



Balans aktivining


jami

340729

100

370242

100

29513

0,0

8,7

Ushbu jadvalda «Mahsuldor» fermer xo‘jaligining mulki ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilingan.
Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi, dinamika, struktura, koor- dinatsiya, intensivlik, samaradorlik.
Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkichlarning darajasini taqqoslash
natijasida olinadi.
Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichning joriy yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi o‘rtachasi darajasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi.
Reja bajarilishi nisbiy kattaligi – ko‘rsatkichning hisobot davrining haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida ifodalanadi.
Dinamika nisbiy kattaligi ma’lum vaqt oralig‘ida ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi va joriy davr ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) darajasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur’ati, deb aytiladi va odatda foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Dinamikaning nisbiy kattaliklari bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin.
Struktura ko‘rsatkichi – bu qismning umumdagi ulushi (solishtirma salmog‘i) bo‘lib, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Misol uchun, umumiy ekin maydonida donli ekinlar solishtirma salmog‘i, korxonaning xodimlari umumiy miqdorida ishchilarning solishtirma salmog‘i, korxonaning aktivlari shakllanishida o‘z kapitalining solishtirma salmog‘i va shu kabilar.
Koordinatsiya nisbiy kattaligi qism va umumiyning o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va boshqalar.
Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutanosiblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizining oshib borishi va shu kabilar.
Samaradorlik nisbiy kattaligi – bu foydalilikni resurslar yoki xarajatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri kelishi va hokazo.


        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə